«So’zsiz qo’shiqlar»
Mendelsonning boy va xilma-xil merosi orasida «So’zsiz qo’shiqlar» markaziy o’rinni egallaydi. Ular musiqiy lahza va ekspromt kabi cholg’u miniatyuralarining bir turidir. Bu fortepiano pesalarida romantik kompozitorlarga hos bo’lgan intilish—yani cholg’u musiqasiga qo’shiq ruhini singdirish g’oyasi aniq seziladi. Ifodaning aniq va lo’ndaligi, lirik kayfiyatlarning xilma-xilligi bu asarlarga ajoyib, o’ziga hos xususiyatlarni beradi. Ularda qo’shiqqa xos bo’lgan barcha xususiyatlar mujassamlashgan. Chunki Mendelson bu janrdagi kuychanlik, tasirchanlik, tushunarlilik va ommaboplik hislatlarini fortepiano musiqasiga olib o’tdi.
«So’zsiz qo’shiqlar» soni 48 ta. Ularni kompozitor butun ijodiy yo’li davomida yaratgan. Qo’shiqlarning har birida bir musiqiy obraz ifodalangan. Qolgan jo’rnavoz ovozlar kuydagi manoni boyituvchi fonni hosil qiladi.
Bazi pesalarga programmalilik (dasturlilik) hususiyatlari hos. Buni kompozitor qo’ygan «Ovchilar qo’shig’i», «Bahor qo’shig’i», «Xalq qo’shig’i», «Venetsiyalik qayiqchi qo’shig’i», «Motam marshi», «Charx yonidagi qo’shiq» kabi nomlar tasdiqlaydi. «So’zsiz qo’shiq»larning ko’pchiligiga nom berilmagan. Ularda ikki turdagi lirik obrazlar aks ettirilgan. Birinchi turdagi obrazlar o’ychan, g’amgin, yoqimli bo’lsa, ikkinchi turdagi obrazlar hayajonli, shiddatli va intiluvchan obrazlardir.
«So’zsiz qo’shiqlar» X!X asrning birinchi yarmida fortepiano ijrochiligi sanatining rivojlanishiga munosib hissa qo’shdilar. Ular musiqa sanati tarixida lirik sanatning ajoyib yodgorliklaridan biri sifatida qoldi.
Nazorat savollari.
1. Mendelsonning fortepiano ijodi haqida gapirib bering.
2. Mendelson fortepiano uchun qanday asarlar yozgan?
3.«So’zsiz qo’shiqlar» haqida gapirib bering.
Topshiriqlar.
1. Maruza matni asosida konspekt yozing.
2.12 va 27 sonli «So’zsiz qo’shiqlar»dan musiqiy mavzular yodlang.
Adabiyotlar.
Konen.V. Istoriya zarubejnoy muziki. Vip.3. M.1984.
Galackaya.V. Muzikalnaya literatura zarubejnix stran. Vip.3. M.1989.
Dostları ilə paylaş: |