1.4.2. UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMI VA TURLARI
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim umumiy o‘rta ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi oliy ta’lim oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash maktabdan tashqari ta’lim Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘qqiz yillik umumiy o‘rta xamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o‘tilishini ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar), umumiy o‘rta ta’lim (V-VX sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi. Kasb-hunar ta’limi dasturlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy (bakalavriat, magistratura) ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi.
MAKTABGACHA TA’LIM. Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda maxallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
UMUMIY O‘RTA TA’LIM. To‘qqiz yillik (I-IX sinflar) o‘qishdan iborat umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlang‘ich ta’limni (I-IV sinflar) qamrab oladi hamda o‘quvchilarning fondlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish extiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mexnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muxitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o‘rta ta’lim tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular bo‘yicha olingan baxolar ko‘rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.
Dostları ilə paylaş: |