Shzbekiston respublikasi oliy va shrta maxsus taolim vazirligi
OLIY TA’LIM. Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi ‘amda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik - shartnomaviy asosida amalga oshiriladi. Bakalavriat - mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir. Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat attestasiyasi yakunlariga binoan kasb bo‘yicha «bakalavr» darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. Magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. «Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestasiyasi magistrlik dasturining intixosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
1.5. KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi. Ta’limni uzluksizligini ta’minlash pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish ma’naviy - axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar ta’lim tizimini boshqarish kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish ta’lim tizimini moliyalash moddiy-texnika ta’minoti ta’lim tizimining yaxlit axborot maqomini vujudga keltirish ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’mirlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integrasiyalashuvini rivojlantirish ta’lim va kadrlar tayyorlash soxasidagi xalqaro hamkorlik.