2.3. O‘ZBEKISTON ENERGETIKASINING RIVOJLANISHI
Turkiston energetika xo‘jaligini quvvati 1914- yilga kelib 20 ming o.k. dan ozgina oshgan bo‘lib, 51 elektr stansiyalardagi umumiy elektr motorlarni soni 500 tadan oshmas edi. 1917 yilgacha hozirgı O‘zbekiston hududidagi elektr stansiyalarini quvvati 3 ming kVt ni tashkil qilib, bir yilda, 3,3 mln.kVt C. elektr energiya yashlab chiqarilgan edi. Turkiston o‘lkasini elektrlashtirish rejasini tuzilishi katta axamiyatga ega bo‘ladi. 1923 yil Toshkent chekkasidagi Bo‘zsuv kanalida suv elektr stansiyasi (SES) qurilishi boshlandi. 1926 yil O‘zbekiston energetikasini birinchisi, o‘sha vaqtda O‘rta Osiyoda eng katta bo‘lgan 2 ming kVt quvvatli Bo‘zsuv SES ini birinchi navbati ishga tushdi.
Respublikada quvvat o‘sishini asosini O‘zbekiston energetika sistemasi tuzilgan paytda (1934 yil) Chirchiq-Bo‘zsuv yo‘nalishida 180 ming kVt quvvatli ketma-ket qurilgan suv elektr stansiyalari tashkil etdi.
1939 yilda Qizilqiya ko‘mir xavzasi negizida Quvasoy Davlat issiqlik elektr stansiyasi (DIES) ni 12 MVt quvvatli kondensasiyali turbina agregati va Toshkent to‘qimachilik kombinati issiqlik elektr stansiyasini MVt kuvvatli ikki turbinasi ishga tushirildi.
Elektr stansiyalarni ko‘ rilishi va sanoat korxonalarini rivojlanishi magistral elektr tarmoqlarini ko‘rish zarurligini keltirib chiqardi, Qodir SES ini ishga tushirilish bilan bir vaqtning o‘zida Respublikada birinchi bo‘lib bu SES dan Toshkentga elektr uzatuvchi 35 kV kuchlanishli ikki tizimli liniya foydalanishga toshpirildi.
1939-1940 yillarda 110 kV kuchlanishli havo liniyalari Quvasoy DIES ni Andijon shaxari bilan, Tavaksoy SES ini Chirchiq shaxari bilan bog‘ladi.
Vatan urushi yillarida Toshkent atrofini bog‘lovchi 35 kV kuchlanishli halqasimon havo liniyasi ko‘rib bitkazildi, shimoliy sanoat rayonini elektr bilan ta’minlash uchun katta quvvatli «Severnaya» podstansiya ko‘rildi.
1943 yil Sirdaryo daryosida ko‘rila boshlagan 125 ming kVt quvvatli Far-xod SES i kmiyo sanoatini rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlash imkonini berdi. 700 ming ga O‘zbekiston va qo‘shni respublikalari yerlarini uzaytirishga imkon beruvchi suv to‘g‘onlari ko‘riladi.
Angren ko‘mir xavzasini o‘zlashtirilishi ikki issiqlik elektr stansiyasi 600 ming kVt quvvatli- Angren DIES ini va Olmaliq issiqlik va elektr quvvati markazini (IEYu) ko‘rishga asos bo‘ldi. 1972 yil Sirdaryo DIES ida O‘rta Osiyda birinchı katta kritik parametrlari: par bosimi 240 ata harorati 545°S da ishlovchi 300 MVt quvvatli energetika bloki ishga tushdi. Hozirgi paytda Sirdaryo DIES ini 10 ta shunday quvvatli bloklari ishlamoqda.
O‘rnatilgan uskunalar quvvatlarini yig‘indisi 11,0 mln.kVt bo‘lgan, 37 issiqlik va suv elektr stansiyalarini o‘z ichiga olgan O‘zbekiston energetika sis-temasi asosini yirik elektr stanisiyalarnı, shu jumladan Sirdaryo DIES (3,0mln. kVt), Toshkent (1,86 mln.kVt), Yangi-Angren (1,8 mln.kVt) va Navoiy DIZ i (1,25 mln.kVt) tashkil etadi.
Ko‘rsatilgan elektr stansiyalarda yagona quvvati 150 dan 300 ming kVt bu gan 30 dan ortiq zamonaviy energetika bloklar o‘rnatilgan. Loyixa quvvati 3 mln. KVt va yagona energetika blokini quvvati 800 ming kVt li O‘rta Osiyo; eng katta bo‘lgan Tolimarjon issiqlik DIES ni ko‘rilishi davom etmoqda.
Suv energetikasi O‘zbekiston Respublıkasini energetika vazirligi sistemasidagi bir necha suv elektr stansiya kaskadlar bilan belgilangan. Bularda O‘rta-Chirchiq SES lar kaskada suv xavzasiga ega va shu sababli 600 ming k1 quvvatli Chorvoq SES i va 165 ming kVt quvvatli Xodjikent SESi quvvat rostlash tartibida ishlaydi.
O‘zbekiston energetika sistemasi O‘rta Osiyo Birlashgan energetika sistemasini tarkibiy qismi bo’lib, bunga undan tashqari Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘iston energetika sistemasi kiradi. Hozirga va tda O‘rta Osiyo birlashgan energetika sistemasi (BES) amalda mustaqil mamlakatlar hamkorligidan ajralgan holda ishlamoqda. Faqat Agadir-Olmata orasvs Shimoliy Qozog‘iston BES bilan bog‘laydigan va o‘tkazuv quvvati katta bo‘lmagan 500 kV kuchlanıshli aloqa liniyasi bor.
O‘zbekiston Respublikasidagi hamma kuchlanishli elektr tarmoqlash uzunlıgı 220 ming.km.ni tashkil etib, bunda 500 kV kuchlanishligi 1,6 ming 220 kV-4,6 ming km, 0,4-10 kV -170 ming. km.
Dostları ilə paylaş: |