Shzbekiston respublikasi oliy va shrta maxsus taolim vazirligi


ELEKTROMEXANIKA ASOSLARI BO



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə14/45
tarix30.09.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#151250
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Shzbekiston respublikasi oliy va shrta maxsus taolim vazirligi

2.4. ELEKTROMEXANIKA ASOSLARI BOYICHA UMUMIY TUSHUNCHALAR


2.4.1. TRANSFORMATORLAR HAQIDA ASOSIY
TUSHUNCHALAR

Xalq xojalıgining korxonalarida qollanılayotgan transformatorlar elektrotexnologik uskunalarini elektr energiyasi bilan sifatli va ishonchli ta’minlashning garovi bolib hisoblanadi. Sanoatning ayrim texnologik jarayonlarining tezligini ozgarmas tok dvigatellari yordamida keng kolamda silliq rostlash mumkin. Ozgarmas tok mashinalari ba’zi texnologik qurilmalarda, yerdagi va davo transportlarida hozirgacha keng qollanilib kelinmoqda.


Ishlab chiqarish korxonlarini, transportni, qishloq xojaligini elektrlashtirish, elektrotexnologik qurilmalarni turli korinishlardan foydalanish bilan bogliq. Elektrotexnologik qurilmalarning asosiy elementi bolib elektr mashinalar va transformatorlar hisoblanadi.
Transformatorlar elektromagnit statik apparat bolib, aylanuvchan qismlari bolmaydi, lekin ishlash prinsipi va tuzilishi elektr mashinalariga oxshash bolganligi sababli elektr mashinalar guruhiga qoshib organiladi.
Elektr stansiyalarda ishlab chiqarilgan ozgaruvchan tokni iste’molchilarga uzatish, elektr qurilmalari yordamida yetkazib berish va taqsimlash uchun uni kuchlanishini ozgartirish kerak boladi. Ozgaruvchan tokni kuchlanishini ozgartirish ya’ni transformasiyalash uchun transformatorlar qollaniladi. Elektrotexniklar uzoq masofalarga ota katta elektr energetik quvvatlarni uzatish uchun moljallangan, kuchlanishi 1150 kV bolgan transformatorlarni yaratdilar. Elektr stansiyalaridagi turbogeneratorlarning kuchlanishini kuchaytiruvchi quvvati 1000 1250 MVA ga teng bolgan transformatorlar ham elektrotexnologik qurilmalarning nodir elementlari qatoriga kiradi.
Elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish uchun ozgaruvchan tok generatorlarining 6-30 kV li kuchlanishini transformatorlar yordamida 110, 150, 220, 330, 400, 500, 750, 1150 kV gacha kuchaytirib elektr uzatish tarmoqlariga uzatiladi. Kuchlanishning kuchaytirilishi tokning proporsional kamayishiga olib keladi va uzatish tarmogıdagi quvvat isrofi tokning kvadratiga proporsional ravishda kamayadi. Shu sababli elektr stansiyalarida kuchaytiruvchi transformatorlarning qollanılıshı maqsadga muvofiq boladi.
Elektr energiyasini qabul qiluvchi, uzatuvchi yoki tarqatuvchi energetik tizimlarda ishlaniluvchi quvvati 6,3 kVA va undan ham yuqori bolgan transformatorlarni kuch transformatorlari (KT) deyiladi. Uch fazali kuch transformatorlarning quvvatlari 1250 MVA gacha, uch fazali gurux transformatorlarining quvvatlari esa (uchta bir fazali transformatorlardan hosil bolgan) 2000 MVA gacha bolib, ogirligi esa 500 t. gacha boradi.
Transformatorlarning elektr energiyani qabul qiluvchi cholgami-birlamchi, istemolchiga energiyani uzatuvchi cholgami-ikkilamchi cholgam deyiladi. Nomlariga oxshash, har bir cho’lg’amga qarashli qiymatlar (masalan, tok, kuchlanish, quvvat, qarshilik va x.k.) birlamchi va ikkilamchi qiymatlar deyiladi (birlamchi tok, ikkilamchi qarshilik va x.k.). Transformatorlarning yuqoriroq kuchlanishli tarmoqqa ulangan cholgami yuqori kuchlanishli (yuqori kuchlanish) cholgam deyiladi. Kichikroq kuchlanishli tarmoqqa ulangan cholgami quyi kuchlanishli (x.k.) cholgami, va nixoyat uch cholgamli transformatorlarning yuqori kuchlanish yoki h.k. cholgamlariga taalluqli bolmagan - cholgami orta kuchlanishli (h.k.) cholgam deyiladi. Agar ikkilamchi cholgam kuchlanishi birlamchinikidan kichikroq bolsa - transformator pasaytiruvchi, aks holda - kuchaytiruvchi deyiladi.
Bitta birlamchi va bitta ikkilamchi cholgamli transformator ikki cholgamli transformator deyiladi. Oar bir fazada uchtadan cholgami bshlgan, masalan, bitta yuqori kuchlanishli va ikkita quyi kuchlanishli, yoki teskarisi - bitta quyi kuchlanishli va ikkita yuqori kuchlanishli transformatorlar uch cholgamli deb ataladi. Bir fazali yoki uch fazali transformatorlarning bitta fazasida uchtadan koproq cholgami bolishi mumkin. Bunday transformatorlar kop cholgamli transformatorlar deyiladi.
Kuch transformatorlari tuzilishi boyicha ikki turga bolinadilar: moyli va quruq transformatorlar. Moyli transformatorlarda magnit ozak va cholgamlar yaxshi izolyator va sovutuvchi modda hisoblangan transformator moyi toldirilgan idishga joylashtiriladilar. Transformator moyi cholgam izolyasiyalarini havoning zararli ta’siridan ham saqlaydi.
Transformasiyalash koeffisientlarini ozgartirish uchun cholgam-larida maxsus ulamalari bolgan transformatorlarga ulamali transformatorlar deyiladi.
Transformator ozgaruvchan tokning kuchlanishini qiymatini ozgartirish bilan birga, ozgaruvchan tokning fazalar sonini va chastotasini qiymatini ozgartiradigan moslamalar tarkibida ham ishlatiladi. Transformatorlarning nominal rejimi deb, ishlab chiqargan korxona tayyorlagan pasportida korsatilgan rejimga aytiladi. Transformatorlarning nominal qiymatlari - quvvat, kuchlanishlar, toklar, chastota va h.k. transformatorlarning pasportida korsatilgan bolib, ular transformatorlarning nominal rejimini korsatuvchi boshqa qiymatlar, masalan, f.i.k. kabilarga ham taalluqlidir. Transformatorlarni nominal quvvati deb ikkilamchi cholgamda Volt-Amper bilan olchangan va pasportda korsatilgan quvvatga aytiladi. Transformatorlarni nominal birlamchi kuchlanishi deb, pasportda korsatilgan kuchlanishga aytiladi; agar birlamchi cholgamni shoxobchalari mavjud bolsa, u holda nominal kuchlanishi alooida taokidlanadi. Transformatorlarning nominal ikkilamchi kuchlanishi deb birlamchi cholgamidagi kuchlanishi nominal kuchlanishiga teng bolib, salt ishlagandagi ikkilamchi kuchlanishga aytiladi; agar ikkilamchi cholgamida ulamalar mavjud bolsa, uning nominal kuchlanishi aloxida ta’kidlanadi. Transformatorning birlamchi va ikkilamchi cholgamlarini nominal toklari deb, transformatorning pasportida korsatilgan va nominal quvvat va nominal kuchlanishlar bilan ma’lum bolanishda bolgan birlamchi va ikkilamchi cholgamlarning toklariga aytiladi. Bunda transformatorning f.i.k.i 100% ga yaqin deb faraz qilinib, ikkala cholgamning nominal quvvatlari teng deb qabul qilinadi.
Evropa va Osiyo davlatlaridagi kabi, Ozbekiston Respublikasida ham uchlanish chastotasi 50 Gers (Gs) ga teng deb qabul qilingan. Kuchlanish, elektr yurituvchi kuch va toklarning vaqtga bogliqligi bu parametrlarning funksiyalarini sinusoidadan farqi deb, davriy funksiyalarni garmonik qatorga ajratilib, amplitudalarining qiymatlaridan eng katta deb hisoblangan uchta yuqori garmonik tashkil etuvchilarini amplitudalarining kvadratlarini yigindisini kvadrat ildizidan chiqarilgan natijasini, birlamchi garmonika amplitudasiga nisbatan foiz hisobida olinib, aniqlangan qiymatiga aytiladi. Quvvati 1000 kVt dan katta bolgan transformatorlarda bu qiymat 5% dan katta bolmasa va 1000 kVt dan kichiklarida 10% dan katta bolmasa, kuchlanish, elektr yurituvchi kuch va tok sinusoidal shaklda deb hisoblanadi. Uch fazali kuchlanish yoki toklar tizimining simmetrik yoki nosimmetrikligini aniqlash uchun ularning vektorlari togri va teskari fazalar ketma-ketligiga ajratiladi. Agar vektorlar teskari ketma-ketligi vektorlar to‘gri ketma-ketligining 5% iga teng yoki undan kichik bolsa simmetrik va 5% idan katta bolsa tizim nosimmetrik tizim deb hisoblanadi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin