2.5.1. O‘zgarmas tok mashinalarining qo‘llanilishi
Elektr mashinalar yordamida mexanik energiyani elektr energiyasiga va aksincha elektr energiyani mexanik energiyaga shuningdek, elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirish mumkin. Mexanik energiyani elektr energiyaga o‘zgartirish maqsadida elektr generatorlardan foydalaniladi. Generatorlarni bu, gidravlik va gaz turbinalar, ichki yonar dvigatellar va boshqa dvigatellar yordamida harakatga keltiriladi. Ko‘pincha elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiya yana turli mashina va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun mexanik energiyaga aylantiriladi. Bunday maqsadlarda elektr dvigatellardan foydalaniladi.
Tokning turiga asosan elektr mashinalar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok mashinalariga bo‘inadi. Elektr mashinalar vattning juda kichik qiymatidan million kilovattgacha va undan yuqori quvvatlarda tayyorlanadi. Ko‘p qo‘ llaniladigan elektr mashinlarda energiyaning o‘zgarishi magnit maydon ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun ularni induktiv elektr mashinalar deyiladi. Shuningdek, energiyani elektr maydon ta’sirida ham o‘zgartirish mumkin, bunday elektr mashinalarini siqmli elektr mashinalar deyiladi, lekin bunday mashinalar ko‘p tarqalmagan. Magnit maydon yordamida elektr maydonga nisbatan ming martagacha katta energiya oosil qilinishi mumkin. Bir xil o‘lchamli induktiv va sqimli elektr mashinalaridan induktiv mashinalar yordamida ancha katta quvvatga erishish mumkin. Elektr mashinaning asosiy elementi bo‘lib hisoblangan ferromagnit o‘zaklar yordamida kuchli magnit maydon hosil qilish mumkin. O‘zgaruvchan magnit maydonlarda uyurma toklarini kamaytirish maqadida magnit o‘zaklar yupqa elektrotexnik po‘lat tunukalardan tayyorlanadi. Elektr mashinalarining cho‘lg‘amlari ham asosiy elementlardan hisoblanib, mis, alyuminiy va ularning qotishmalaridan iborat bo‘lgan elektrotexnik materiallardan tayyorlanadi. Cho‘lg‘amlarni himoyalash maqsadida, turli elektr himoyalash materiallardan foydalaniladi. Elektr mashinalar generator va dvigatel rejimida qo‘llanilishi mumkin. Elektr mashinalarida energiyaning o‘zgarishi quvvat isroflari bilan bog‘lıq, shuning uchun elektr mashinalarining foydali ish koeffisientlari 100% dan kichik bo‘ladi. Katta quvvatli elektr mashinalarining FIK i 9899,5% ga teng bo’lib, quvvati 10 Vt gacha bo‘lgan elektr mashinalariniki 2040 % gacha bo‘ladi.
Elektr mashinalarni quvvatlariga nisbatan quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
0,5 kVt gacha juda kichik mashinalar yoki mikromashinalar;
0,5¸20 kVt - kichik quvvatli mashinalar;
20¸250 kVt o‘rtacha quvvatli mashinalar va 250 kVt dan ortiq quvvatli mashinalarga katta quvvatli mashinalar.