Shzbekiston respublikasi oliy va shrta maxsus taolim vazirligi
2.4.4. TRANSFORMATORNING CHO‘LG‘AMLARI
2.3-rasm. Magnit o‘zakdagi magnit kuch chiziqlarining
o‘rtacha uzunligi
Transformatorlarning cho‘lg‘amlarini tayyorlashda asosan elektrotexnik misdan va alyuminiydan foydalaniladi. Transformatorlarning nominal kuchlanishiga asosan cho‘lg‘amlarni himoyalash materialining klassifikasiyasi tanlanadi.
Transformatorning quvvatiga, kuchlanishi va tokiga asosan cho‘lg‘amning turi tanlanadi. Cho‘lg‘amlar uzluksiz, spiral g‘altakli (katushkali), bir qatlamli va ko‘p qatlamli silindrik, bir odimli va ko‘p odimli vint ko‘rinishidagi konstruksiyalarda tayyorlanadi.
Vintsimon cho‘lg‘amlar bir necha parallel o‘tkazgichlardan iborat bshladi. Cho‘lg‘amning o‘ramlarini odimi bir yoki bir necha odimli bo‘lgan vint chiziqlari singari joylashtiriladilar. O‘ramlar orasida, hamda shoxobchalar orasida kerak bo‘lgan hollarda sovitish uchun moy o‘tar kanallari mavjud.
Vintsimon cho‘lg‘amlarni izolyasion materialdan yasalgan silindrga joylashtirilgan uzun ensiz tayoqlarga yoki muvaqqat po‘lat silindrsimon qolipga o‘raladi. Vintsimon cho‘lg‘amlar transformatorning asosan quyi kuchlanish cho‘lg‘amlarida tokning qiymati 300 A dan kattaroq bo‘lganda qo‘llaniladi.
Cho‘lg‘amlarning ko‘ndalang kesim yuzalari kattalashib ketgan taqdirda bunday o‘tkazgichlar parallel o‘tkazgichlarga bo‘linadi va bu o‘tkazgichlar o‘rtasida elektr yurituvchi kuch va tokni bir xilda taqsimlanishini ta’minlash uchun transpozisiya qilinadi, ya’ni parallel o‘tkazgichlarning o‘rinlari cho‘lg‘amning balandligi bo‘yicha almashtiriladi.
Kuchlanishi 35kV va undan yuqori bo‘lgan transformatorlarda uzluksiz spiral g‘altakli cho‘lg‘amlar qo‘llaniladi. Ular bir-biridan kanallar bilan ajratilgan yassi gardishsimon (disksimon) o‘ramlardan iborat. Agar uzluksiz spiral cho‘lg‘am transformatorning yuqori kuchlanish cho‘lg‘ami bo‘lsa, u holda transformasiyalash koeffisientini 5% atrofida o‘zgartirish maqsadida maxsus shoxobchalarga ega bo‘ladi.
Almashinuvchi cho‘lg‘amli transformatorlarda yuqori kuchlanishli va quyi kuchlanishli cho‘lg‘amlarning ayrim qismlari o‘zaro shunday almashinib joylashtiriladiki, unda quyi kuchlanish cho‘lg‘amlarining o‘ramlari magnit o‘zakka yaqinroq joylashadilar. Almashinuvchi cho‘lg‘amlar ishlab chiqarishda murakkab texnologik jarayoni, qisqa tutashuvlarga bardoshsizligi; magnit o‘zakdan va bir-biridan izolyasiyalashning qiyinligi kabi kamchiliklari bilan konsentrik cho‘lg‘amlardan ajralib turadi: