Щзбекистон республикаси


MAVZU-6. HUJAYRA YADROSI. YADROCHA, XROMASOMALAR



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#57074
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
sitologiya

MAVZU-6. HUJAYRA YADROSI. YADROCHA, XROMASOMALAR. 

Reja: 

1.  Yadroning tuzilishi, tarkibi, funksiyasi. 

2.  Yadrocha. 

3.  Xromasomalar, uning xillari, tuzilishi. 

 

Yadroning tuzilishi 

Yadrolarning 

shakli 

yumaloqa, 

ovalsimon, 

cho’zinchok, 

tayokchasimon, 

loviyasimon  va  x  k  bo’lib,  ko’pmncha  hujayraning  akliga  mos  keladi.  o’simliklarda  turli 

xilda bo’lib. Yirikrok bo’ladi. Yuksak o’simliklarda  yadroning kattaligi urta xisobda 20-30 

mkm bo’ladi. 

Yadro  barcha  eukariot  tirik  organizmlarda  bo’ladi.  Fakat  floema  va  etuk 

eritrositlardagina bo’lmaydi.  

    Yoruglik mikroskopida birinchi bo’lib, kuzga tashlanadigan organellalardir, chunki u eng 

yirik  organellaladir.  Birinchi  bo’lib  1833  yili  ingliz  olimi  R.Braum  bu  organoidni  topgan 

edi.  

   Aksariyat hujayralarda billa bo’ladi. Lekin ayrimlarida 2ta va undan ortik bo’ladi. M: Ikki 



yadroli hujayralar zamburuglarda, buyrakda, jigarda, togayda uchraydi.  

   Ayrim  o’simlik  tukimalari  chanoglanadigan  kobik  hujayralarida  ikkita  yadro  uchraydi. 

Kundalang  targil  muskul  tolalari  va  spiralsimon  suv  utlari  talomida  bir  necha  yuzlab 

yadrolar  uchraydi.  Yadroning  yirik  maydaligi  hujayraning  shakliga  bo’liq.  Yadrolarining 

ulchami shakli tashki muxit tasiriga, fiziologik xolatlariga karab uzgaradi. 

  Yadro  hujayra  xayotida  muxim  rol’  uynaydi.  Barcha  xayotiy  prosesslarni  boshqaradi. 

Nasldan  –  naslga  utishni  ta’minlaydi,  aktivligini,  genetik    informasiyalarni,  DNK  ni 

boshqaradi. DNK replikasiyasi yadroda amalga oshadi.  

   Yadro  pusti  yoki  kobigi  (karioteka).  Yadro  shirasi  (kariolimfa)  yarim  suyuk  rangsiz 

modda,  xromasomalar  asosiy  (ishkoriy)  buyoklarda  buyaladigan  xromatin  ipchalar, 




xromosintlar  –  xromatin  bo’lakchalari,  yadrocha  (nuklea)  yadroning  asosiy  morfologik 

elementlari bo’lib xisoblanadi.                                

    Yadroning  fizik  –  ximiyaviy  xossalari  hujayraning  yadrosi  matriks  suyukligi  – 

nukleoplazma  yoki  yadro  shirasi  bo’lib.  Unda  xromatin  va  yadrocha  joylashgan.  Buni 

tekshirish uchun ul’trasentrafugalash natijasida  yadroning sof fraksiyasi ajratib olinadi va u 

ximiyaviy  analiz  qilinadi.  Hujayra  membranasi  bo’zilsa  u  kaytadan  tiklanish  kobiliyatiga 

ega  bo’ladi.  Yadro  membranasi  bo’zilsa  barcha  suyuklik  sitoplazmaga  tarkab  kayta 

tiklanmaydi. Yadroning muxiti RN sitoplazma RN idan yukori (7.6-7.8) bo’ladi. 

    Yadro ko’rik moddasining eng ko’p kismi oqsil (70-96%) va nuklein kislotadir. Yadroda 

oqsillar,  nuklein  kislotalar,  lipidlar.  Fermentlar  va  anorganik  moddalar  (R,  K,  Sa,  Md)  va 

boshqalar uchraydi. Yadro tarkibida oddiy va murakkab oqsillar kiradi.  

   Oddiy oqsillar 2 tipga asosiy (gistonlar va potatminlar) va kislotali (globo’lyar va va oqsil 

qoldiklar)ga bo’linadi.  

   Murakab  oqsillarga  oddiy  oqsillarning  nuklein  kislota  bilan  birikmasi  (nukleoprotoid  va 

nukleogistonlar) kiradi. Yadro tarkibiga nukleoproteinlardan tashqari lipidlar kiradi. Mineral 

moddalardan R, K, Sa, Md uchraydi.  

    Asosli  oqsillar  ichida  eng  ko’p  tarkalganlari  kislotalardir.  M:  kushlar  eritrositlarida 

yadroning salkam 40% ni gistonlar tashkil qiladi. Gistonlarning molekulyar ogirligi 120000 

gacha  ekanligi  aniqlangan.  DNK  yadroning  asosiy  ximiyaviy  komponenti  xisoblanadi.  U 

xromasoma  tarkibida  uchraydi.  DNK  tufayli  genetik  informasiya  nasldan  –  naslga  utadi. 

Asosiy  oqsillar  yadro  xromatidlari  tarkibiga  kiradi,  kislotali  oqsillar  esa  yadro  kobigida, 

yadrochada va karioplazmada  tuplanadi.  

    Fermentlar  hujayra  yadrosida  xazm  funksiyasini  bajaradi.  Protolitik  fermentlar  tasirida 

(pepsin,  tripsin)  oqsili  iviydi  va  strukturasi  uzgaradi.  Nukleaza  fermenti  tasirida  nuklein 

kislota eriydi, oqsillar erimaydi.  

  Lipidlar  yadroda  kam  mikdorda  bo’lib.  Asosan  yadro  kobigida  tuplanadi.  Yadro  kobigi 

yadroni  sitoplazmadan  ajratib  turadi.    U  yadro  bilan  sitoplazmada  modda  almashinuvi 

kelgan axborotlarni utkazib turish va ularni bir  - biri bilan boglab turish vazifasini bajaradi. 

Yadro  kobigi  2,  ichki  va  tashki  qavatdan  iborat.  Yadroning  tashki  tashki  membranasi 

endoplazmatik tur kanallarini davomi bo’lib, ular bilan boglangan. 

  Yadro kobigida diametri  200-300  A  bo’lgan son –  sanoksiz  teshielar  bo’lib,  ular  ichki  va 

tashki  membranalarni  bir  –  biri  bilan  boglab  turadi.  Ularning  soni  12  minga  etadi.  Yadro 

teshiklari  orkali  sitoplazma  va  yadro  oraligida  moddalar  almashib  turadi.  Teshiklarni  soni 

hujayra tipiga ko’ra xilma xil. Yadro kobigi sitoplazma bilan yadroni va endoplazmatik turni 

morfologik  va    endoplazmatik, morfologik va funksional jixiatdan boglab turadi.  

    Yadro  strukturasi  xromatin  tur  gamogen  yadro  shirasi  orasida  yakqol  ajraladi.  Yadroni 

tursimon moddasi xromalardan    (xromobuyok)   rang deb nom  olgan.  Xromatik DNK,DNP 

va gistonlardan tashkil topgan. Uning tarkibida kam mikdorda asosiy bo’lmagan oqsillar va 

RNK  xam  uchraydi.  Xromatindan  xromasomalar  vujudga  keladixromatin  yadrocha  bilan 

bo’liq  xolda  xromatin  tanachalari  (geteroxromatin)  va  xromatin  ipchalar  (euxromatin) 

shaklida uchredi.  

    Yadrocha  mayda,  ko’pincha  sharsimon,  yoki  elipsimon  to’zilma.  Unda  rRNK  sintezi 

amalga  oshadi.  U  interfaza  yadrosining  doimiy  kompanentidir.  Uning  soni  1-3  ta  bo’lishi 

mumkin. Yadrocha moddalari submikroskopik ipchalardan iborat.  

    Nukleonemalarning  qalinligi  80-100  a  unda  joylashgan  granlarning  diametri  150-200  A 

dir.  Fibrillar  40-80  A,  rRNK  dan  tashqari  ribosoma  hosil  qiladigan  manbadir.  Yadrocha 

yadroga nisbatan kuyukdir. Yadrochani ximiyaviy tarkibi oqsillar, fosfolipidlar va RNK dan 

iborat. Yadrocha 3-7% RNK, 80-85% oqsil bor. Uning tarkibida boglangan fosfatlar va Sa, 

K, Ge, Md kabilar uchredi. Yadrocha 1 ta va 2ta bo’lib, xromasomalar bilan boglangan va 

bo’lar yadrocha hosil qiluvchi xromasomalar deyiladi. Tirik hujayralarning kuzatish asosida 




moddalarnin 

gyadrochadan 

sitoplazmaga 

migrasiyasi 

kuzatilgan. 

el 


mikroskop 

tadqiqotlardan  yadrochada  telofaza  oxirida  paydo  bo’lib,  xromasomalarning  maxsus 

uchastkalarida vujudga keladji. Mitoz davrida yadrochalar yuqolib ketadi.  

    Kariotip  –  xromasomalar  yigindisi  kariotip  deyiladi.  Ular  bir  –  biridan  morfofiziologik 

xususiyatlari jixatdan xar xil tuzilishga ega.  

    Xromasomalarninn gtuzilishi va funksiyasi. 

    Xromasomalarning  ulchamlarini,  morfologiyasini    vaqtinchalik    va  doimiy  prosesslarda 

maxsus buyoklar bilan o’rganish mumkin. Xromasomalar  yadroning doimiy komponentlari 

bo’lib. Yadro bo’linishida irsiy belgilarni avloddan – avlodga utkazishda aktiv ishtirok etadi. 

Xromasomalarni hujayradagi umumiy yigindisiga xromasomalar yigindisi deyiladi. Aloxida 

xromasomalarning  mitoz  prosessidagi  shakli,  ulchami.  Soni  va  ichki  tuzilishini  uganish, 

ularni  indentifirlash  uchun  juda  muximdir.  Gaploid  (tok)  tuplamli  xromasoidlar  diploidga 

nisbatan  kam  bo’lib  jinsiy  hujayralarga  va  gametofitli  o’simlik  hujayralariga  xos  bo’lib  p 

xarfi  bilan  belgilanadi.  Diploid  juft  tuplam  2ta  gaploiddan,  ya’ni  otalik  va  onalik 

gametalardan tashkil topgan bo’lib, o’simlik va xaysvon tana hujayralarida bo’ladi. 2p bilan 

belgilanadi.  Xromasomalar  soni  turning  doimiy  sistematik  belgisi  xisoblanadi.  evolyusiya 

prosessida turlardan (turchalar) kichiq turlar va formalar vujudga kelishi mumkin. O’simlik 

va xayvon turlarida  xromasomlar soni  xar xil. Ularning  soni  2p dan  bir  necha  yuzga  etishi 

mumkin.  

    Optik mikroskoplarda xam xromasoma atrukturasi va uning xususiyatlarini tulik o’rganish 

mumkin.  

    Xar xil tur organizm hujayralarida xromasomalar uzunligi 0.2-50 mkm, yugonligi 0.2-20 

mikrongacha bo’lishi mumkin. 


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin