Щзбекистон республикаси


  Oqsillar transport tashishi vazifasini bajaradi.          Masalan:  kon oqsili – gemoglobin.  2



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#57074
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
sitologiya

1.  Oqsillar transport tashishi vazifasini bajaradi.  

       Masalan:  kon oqsili – gemoglobin. 



2.  Ximoya vazifasini bajaradi, ya’ni organizmga kirib qolgang yot organizmlar, 

keraksiz moddalar – antitelalarni urab oladi va zararsizlantiradi. 

3.  Oqsillar hujayrada energiya manbai xisoblanadi. Ular aminokislotalargacha 

parchalana oladi. Aminokislotalarning bir kismi oxirigacha parchalanib energiya 

ajraladi. 1gr  oqsil parchalanganda  

 4.2 kkal energiya hosil bo’ladi.  

4.  Oqsillar hujayrani struktura materiali xisoblanadi, ya’ni hujayraning kobigi 

– membranalar tizimida aktiv qatnashadi.  

Hujayrada  uglevodlar  muxim  sanaladi.  Ular  S.N.O  ning  uzaro  birikishidan  hosil 

bo’lgan moddalar xisoblanadi. Ko’rilish materiali bilan birga fermentlar tasirida parchalanib 

ko’p mikdorda energiya ajratadi, bu organizm tomonidan foydalaniladi. 

Eng  oddiy  uglevod  monosaxarid  xisoblanadi.  S6  N12  O6  ko’rinishida  mavjd 

hujayralarda  monosaxarid  molekulalarini  uzaro  birikishida  ancha  murakkab  xisoblangan 

disaxaridlar,  polisaxaridlar  vujudga  keladi.  Masalan,  glikogen  xayvon  kraxmali  xisoblanib 

hujayra tarkibida ko’p uchraydi. 

 

 

 



Mukopolisaxaridalar  –  ular  neytral  va  nordon  bo’lishi  mumkin.  Yukori  tur  xayvonlarda 

asosan nordon vaqillari uchraydi. Masalan, gialuron kislotasi, xondroitinsul’fat, geparin.  

 

Fermentlar  –  hujayraning  bioximiyaviy  reaksiyalarda  ishtirok  etib,  ayrim  moddalar 



bilan  vaqtincha  birikma  xolatda  elektronlar  zanjirini  hosil  qiladi.  Oksidalanish  va  tiklanish 

jarayonlarida qatnashadi, spesefik xususiyatlariga ega bo’ladi. 

 

Lipidlar  –  hujayralar  sitoplazmasida  ko’prok  uchrab  energiya  manbai  xisoblanadi, 



bujarayonda barcha organik moddalardan ustunlik qiladi. 1gr lipid parchalanganda 9.4 kkal 

energiya hosil bo’ladi.  

 

Moylar  yukori  moy  kislotalarining  3  atomli  gliserin  bilan  hosil  qilgan  murakkab 



birikmalari  xisoblanadi.  Ularning  lipidlardan  farqi  erkin  gidrofil  gruppaga  ega  bo’lmaydi. 

Ular sitoplazmada erkin tomchi xolida uchraydi. Asosiy energiya manbai xisoblanadi.  

 

Bo’lardan  tashqari  aloxida  organik  moddalarning  vaqillari  mavjud  bo’lib,  muxim 



xususiyatga  ega  bo’lgan  vazifalarni  bajaradi.  Ular  nuklein  kislotalar  bo’lib,  asosan  oqsil 

sintezida muxim xisoblanadi.  

Nukleien  kislotalar  birinchi  marta  yadrodan  ajratib  olingan  (lot.nuclus  –  yadro 

demakdir).  Ular  DNK  va  RNK  larga  bo’linadi.  DNK  yadroda,  RNK  yadrocha  va 

sitoplazmada  uchraydi.  DNK  molekulasi  biri  ikkinchisi  atrofida  uralagn  spiralsimon  2ta 

ipchadan iborat. Bunday iplar juda uzun bir necha mikron oqsilning eng katta molekulasidan 

100 marta  kattadir. DNKning ximiyaviy tuzilishi  malum  bo’lgan  ximiyaviy  birikmalarning 

birontasiga  xam  uxshamagan  o’ziga  xos  kislota  Uotson  va  Krikning  (1953y)  ta’kidlshicha, 

DNK molekulasi uzaro boglangan juda ko’p nukleinlardan tashkil topgan 2ta  

polinukleotid zanjiridan iborat. Nukleotid 3ta molekula:  



1.  azotli asos (purin yoki pirimidin).  

2.  oddiy uglevod – pentozalar. 

3.  fosfat  kislota  qoldigining  ximiyaviy  yo’l  bilan  birikishidan  hosil  bo’ladi. 

Nukleotidlar fakat azotli asoslari bilan farqlanadi.  

     Purin asoslariga – adenin va guanin, pirimidin asoslariga timin (urasil) va sitozin kiradi. 

Uz tarkibida  adenin  saqlaydigan nukleotid  adenin (A), guanin (G), timin  (T)  va sitozin  (S) 

nukleotidlari deyiladi va ularni nomi bosh xarflari bilan ko’rsatiladi.  




 

 


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin