Hujayra membranani osmotik xususiyati.
Hujayra malum osmotik bosimni tutib turli hujayra membranasi funksiyalaridan biri
xisoblanadi. O’simliklarda osmotik bosimning kattaligi asosan kichiq molekulalar va ionlar
konsentrasiyasiga bo’liq. Osmotik bosim aloxida mexanizm yordamida tutib turiladi.
Barcha hujayralar o’zining xususiy yoki individual tuzilishini muvozanatini va osmotik
xususiyatini saqlashga intiladi. Binobarin hujayra membranasi ichkariga utgan barcha
moddalarni jamlanishi ro’y beradi. Umuman hujayra membranasidan molekulyar ogirligi
uncha katta bo’lmagan moddalar va suv bemalol uta oladi, lekin makromolekulalarning juda
katta kiyinchilik bilan hujayralarga utishi aniqlangan. Chunki sitoplazmasi va yadrosi
ko’plab ishlab chiqargan moddalar yigindisi cheksiz darajada ko’paya olmaydi. Bu
moddalarning bir qismi tashqariga chiqarib yuboriladi, lekin uni urniga tashqaridan ko’p
mikdorda ayrim moddalar hujayraga kirib joylashib oladi. Buning natijasida hujayra
tanasiga suv, kislorod, karbonat angridrid kabi past molekulali moddalar bemalol uta oladi.
Malumki o’simlik va xayvon hujayrasining ko’p kismini suv tashkil etadi. U xayvon
hujayralarida urtacha 80%, o’simlik hujayralarida esa 95% ni tashkil qiladi vi barcha tirik
hujayra sitoplazma va yadrosidagi suv mikdori urtacha 80% ni tashkil qiladi.
Hujayradagi moddalar o’zining yarim utkazish kuniga ega bo’lgan membranasi
yordamida ajralib turadi. Bu esa hujayra va uning membranasi kanday darajada utkaza
olishini ko’rsatadi.
Umuman hujayra membranalarini suv utkaza olishi hujayraning funksional xolatiga
bo’liq. Hujayra ichiga qisqa vaqt ichida ko’p mikdorda suv kirishi va undan chiqib ketishi
mumkin.
Fagositoz – hujayraning yirik va kattik zarrachalarini qamrab olishidir. Fagositoz
hujayra membranasining eng muxim yana bir funksiyasidir. Bu vazifani amalga oshirishda
xam asosan leykositlar muxim ish bajaradi. U birinchi marta buyuk rus fiziologi
M.I.Mechnikov tomonidan ilmiy ravishda asoslanib berilgan edi.
Pinositoz – bu xam hujayraning muxim funksiyasidan bo’lib plasmatik membrana orkli
suyuk moddalarning ichkariga utishiga aytiladi. Asosan 2 xil: endositoz va ekzositoz orqali
amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: |