Andijon Mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakulteti MSMSM yo’nalishi k 72-21-guruh talabasi Ikromiddinov Abdulaziz Mahsulot sifati va sifatni boshqarish fanidan MUSTAQIL ISHI
Sifat boshqaruvining tamoyillari
Reja :
Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi.
Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash.
Belgilangan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash, bu ko‘rsatkichlarining qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo‘luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o‘z ichiga oluvchi ishlarning yig‘indisi mahsulot sifatining darajasini baholash deb ataladi. Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo‘linadi:
mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini;
sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan asosiy talablarni.
Tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va uskunalarni ta’mirlash; materiallar, komplektlanuvchi buyumlar, jihozlanishi, asboblarni texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta’minlanganligi, ishlab chiqarish madaniyati; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; ovqatlanish va ish vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy omillarga mehnatga pul to‘lash shakllari, oylik maoshning miqdori; yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy rag‘batlantirish; mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qolish; uning sifat darajasi; tannarxi; mahsulotning bahosi va shunga o‘xshashlar kiradi