Sifat boshqaruvining asosiy jihatlari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə2/2
tarix19.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#116843
1   2
Sifat boshqaruvining tamoyillari

Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish; malaka oshirishni tashkil qilish; ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, turmush sharoitlari, o‘zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi.

  • Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish; malaka oshirishni tashkil qilish; ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, turmush sharoitlari, o‘zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi.
  • Mahsulot sifatining tashkil topishi, uning hamma hayotiy bosqichlarida: tadqiqot va loyihalash ishlarida; ishlab chiqarishda; muomalada; iste’molda yoki ishlatishida namoyon bo‘ladi.
  • Tadqiqot va loyihalash ishlari mahsulotning sifatini oshirilishida belgilovchi o‘rinni egallaydi. Bu bosqich sifatni tashkil topishining boshlanishi hisoblanib, bunga ilmiy-texnika taraqqiyotining qo‘llanishi natijasida hamda meyoriy hujjatlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun uni muomalada, iste’molga yoki ishlatilishiga belgilangan iqtisodiy ko‘rsatkichlariga rioya qilgan holda tayyorlash natijasida erishiladi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
  • Mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ishlab chiqish bosqichida texnikaviy darajani rivojlanishini doimo yuqori sur’atlarda bo‘lishini ta’minlaydi.
  • Murakkab va mas’uliyatli buyumlar uchun ishlab chiqishda sifatni boshqarish jarayonida maxsus ish rejalari tuziladi. Maxsus konstruktorlik ilmiy-tadqiqot yoki loyihalash institutlarida, sanoat korxonalarida konstruktorlik texnologik bo‘lim (byuro) larda yangi mahsulot namunalarini ishlab chiqish mumkin. Bunda asosiy e’tibor ushbu buyum namunasi haqiqatdan yangi bo‘lishligiga yoki ishlab chiqarishdagi buyumlarni takomillashganligiga qaratiladi.
  • Mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichida optimal texnologik jarayonlarni tanlash qiyin va u ma’suliyatli vazifa, chunki bu bosqichda doimiy texnologiyaning qiyinlashishi hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash zaruriyati bo‘ladi. Tayyorlash bosqichida mahsulot sifatini oshirish korxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
  • Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida esa quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi mo‘ljallanadi:
  • mahsulotni bevosita tayyorlash;
  • Shtrix-kodlardan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g‘oyasi ilk bora 30-yillarda AQSH ning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo‘lib, undan amalda foydalanish bir necha o‘n yillardan so‘nggina, ya’ni, 60-yillardan boshlangan. Shtrix-kodlarni dastlabki qo‘llovchilar temir yo‘lchilar bo‘lib, shu usul orqali temir yo‘l vagonlarini identifikatsiyalashtirilgan. Mikroprotsessor texnikasining gurkirab rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQShda Mahsulotning Universal Kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi YEAN (European Article Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanilmoqda.
  • Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo‘lib, bu chiziqlarning o‘lchamlari standartlashtirilgan. Shtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida o‘qishga mo‘ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi.
  • Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlatimizda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarni shtrixli kodlash kiritilmoqda. “GS1 International” (YEAN Uzbekistan) (Belgiya, Bryussel) xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan bizning mamlakatimizga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berildi.
  • U bo‘yicha bu tovar qayerda ishlab chiqarilganligini aniqlash mumkin. Mamlakat kodidan keyingi raqamlar tovarni ishlab chiqarayotgan yoki realizatsiya qilayotgan korxonani belgilaydi. Keyingi beshta raqamlar bilan mahsulotning iste’molchilik xossalari o‘lchami, massasi, tarkibi, shakli, o‘ramining ko‘rinishi va boshqa ma’lumotlar shifrlab qo‘yilgan.
  • Bu raqamlar qatoriga muvofiq kompyuter yordamida shtrixli kod shakllantiriladi. Oxirgi 13-raqam tekshirish uchun va barcha kiritilgan axborotning shtrixli kodini skaner bilan o‘qilishi to‘g‘riligini tekshirish uchun ishlatiladi. Shtrixli kodga o‘zgarib turuvchi, masalan, sifati va bahosi haqidagi ko‘rsatkichlar kiritilmaydi.
  • Dunyoning ko‘pchilik mamlakati foydalanadigan bu tizimning qulayligi shundan iborat-ki, u sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlarni avtomatlashtirilgan hisobini yuritishga imkon beradi. Zamonaviy texnika bilan jihozlangan magazinlardagi kassa apparati bu barcha tovarlarni va ularning narxlari xotirasiga kiritilgan kompyuterdir. Ularni savdo korxonasi o‘zi belgilaydi, buyumlarda bir xil shtrixli kod bo‘lsa ham turli savdo joylarida ular farq qilishi mumkin. Magazin raxbarlari ixtiyoriy paytda qancha so‘mga va qanday buyumlar sotilganligi, qaysilariga talab borligi yoki ularni turib qolishini bilib olishlari mumkin.
  • Tizim ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori haqida doimo tezkor to‘planadigan ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ham, ulgurji va chakana savdo uchun ham qulaydir. Barcha jarayonlar ustidan nazorat kuchayadi, buxgalteriya hisobi, tovar-transport va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish avtomatlashtiriladi.
  • Shtrixli kodlash texnologiyasini joriy etishning iqtisodiy samarasi aylanma mablag‘lar harakatini tezlashtirish, tovar zahiralarini boshqarish tezkorligini ta’minlash, omborxonalarda saqlash xarajatlarini kamaytirishdan tashkil topadi.
  • Shtrixli kodni borligi psixologik ahamiyatga ham ega xaridor albatta "zebra" belgili tovarni tanlaydi. Lekin shtrixli kod shaxsan iste’molchi uchun axborotga ega emasligini ta’kidlash kerak. Ammo o‘z hurmatini bilgan ishlab chiqaruvchi o‘zining obro‘si uchun yagona ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar berib, albatta tovarlar va o‘zi haqida umumiy ma’lumotlarini bildiradi. Bu ma’lumotlarni soxtalashtirish mumkin emas. Garchi ayrimlar intilsa ham, natijada ular bozorda aks reklamaga ega bo‘ladilar, bu esa chiqimlarga olib keladi.
  • Grafik tasvirni va raqamli qatorni loyiqligini taqqoslashini buyum xaqidagi axborotni to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘lgan ixtiyoriy YEAN milliy yoki xalqaro ma’lumotlar bankida o‘tkazish mumkin. Bu tizimdan ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va savdoda muvaffaqiyatli foydalaniladi. Savdo sheriklari barcha zanjir bo‘ylab identifikatlashtirish raqamiga havola qilishadi bu qulaydir, chalkashlik va har xil tushunishni bartaraf qiladi.

Xulosa

Xullas, O‘zbekiston tovarlarining raqobat qila olish imkonini oshirish, ularning tovarlarni raqamlash xalqaro tizimiga kirishi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, “O‘zbekistonda tayyorlangan” nomli markali mahsulot ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini ta’minlash uchun maqsadga qaratilgan ish olib borilmoqda.

Ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda mahsulotning o‘ramida (upakovkasida) shtrix-kodning bo‘lishi majburiy sanaladi. Aks holda savdo tashkilotlari mahsulotdan voz kechishlari mumkin. Bu xalqaro savdoga ham tegishlidir. Ushbu tizimning iqtisodiy jihatdan samaraliligi mahsulotning 85 foizidan ko‘pi kodlashtirilganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, mahsulotga nisbatan bo‘lgan talab va ehtiyojlarni shakllantirish, jamlash, hisobga olish, mahsulotni kelish-ketishini hisob qilib borish, muxosiblik hisoblarida va hujjatlarni rasmiylashtirishda hamda mahsulotlarni saqlash va sotuvidagi nazoratlarni amalga oshirishda alohida o‘rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.А. Баҳромов Товаршунослик асослари ТДИУ, I-қисм Т.: 1976
  • 2.Н.Г. Прохорова Озиқ-овқат моллари товарпшунослик Ўрта ҳунар-техника билим юртлари учун дарслик, Т.: Ўқитувчи 1991
  • 3.А. Баҳромов Товаршунослик асослари ТДИУ, II-қисм Т.: 1976
  • 4.Ш.З. Убайдуллаев Озиқ-овқат товарлари товаршунослиги. Нашрда
  • М.И. Дмитриченко Экспертиза качества и обраружения фалсификации продовольственных товаров. Москва, 2003
  • 6.И.П. Чепурной Идентификация и фалсификация продовольственных товаров. Учебник. Москва, 2002

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin