SIFAT TIZIMI “O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq, O’zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga, eksport qiluvchi korxonalarda va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashda mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy etish vazifasi yuklangan bo‘lib, uning doirasida Agentlik:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda korxonalarda zamonaviy sifat menejmenti tizimlarini joriy etish jadvallarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha nazoratni amalga oshiradi;
eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga muvofiq, shu jumladan, xalqaro darajada e’tirof etilgan muvofiqlikni baholash organlarini jalb etgan holda sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;
xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejmenti tizimlarini joriy etishning afzalliklarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borishni amalga oshiradi;
sifat menejmenti tizimini joriy qilgan korxonalar ro‘yxatiini yuritadi.
Menejment tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish korxonalar tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli malakaga ega bo‘lgan maslahatchini jalb etish orqali amalga oshiriladi. Bunda maslahatchini jalb etish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish “O’zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan boshqaruv tizimlarini sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Menejment tizimlari bo‘yicha mavjud akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari ro‘yxati bilan “O’zbekiston akkreditatsiya markazi” DUKning rasmiy veb-saytida (akkred.uz) tanishish mumkin.
Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organlar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 16-yanvardagi 2754-son bilan ro‘yxatga olingan «Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq xizmatlar ko‘rsatadi.
Davlat reestriga kiritilgan sifat tizimi joriy etilgan korxonalar ro‘yxati bilan O’zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining saytida tanishish mumkin
XULOSA "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan metrologik ta'minot, sohaga ISO 9000:2000 standartlari asosida sifat menejmenti tizimini joriy qilish, standartlashtirish ishlari va sertifikatlashtirish muolajalari bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me'yoriy-texnik hujjatlar va soha standartlari bilan ishlash borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilishdir. Asosiy vazifasi esa talabalarga uzluksiz ta'lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" asoslari bo‘yicha mukammal bilim berishdir.
Ushbu fan namunaviy o‘quv rejasining umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib, bakalavriatning barcha ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan. Fanni o‘rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘yicha asosiy qoidalarni, talablar va me'yorlarni, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha me'yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa, xalqaro standartlarning talablariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va uning raqobatbardoshliligini ta'minlashda dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy maqsad mahsulotlar va xizmatlar sifati, havfsizligi va raqobatbardoshliligini ta'minlashdir.