Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/8
tarix18.09.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#145076
1   2   3   4   5   6   7   8
Abdumahmud

SOHA TARIXI
Mustaqillikka erishgunimizga qadar Oʻzbekiston Respublikasida, xususan Oʻrta Osiyoda “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” mutaxassisliklari boʻyicha muhandis-texnik kadrlar tayyorlanmas edi. Bu sohalar boʻyicha muhandis-texnik kadrlar sobiq ittifoqning markaziy shaharlari boʻlmish Moskva, Leningrad, Kiyev, Novosibirsklarda joylashgan oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanar edi. Oʻzbekistonda faqat Butunittifoq malaka oshirish institutining Sharq filiali mavjud boʻlib, institutda muhandis-texnik xodimlarning malakasi oshirilar edi. Bu esa Respublikamizda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali milliy kadrlar tayyorlashda qoʻshimcha qiyinchiliklar tugʻdirar edi. Mamlakatimizda mustaqillikka erishilgach, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratildi. Oʻtgan davrda Oʻzbekiston Respublikasida standartlashtirish, metrologiya va oʻlchashlar yagonaligini taminlash va mahsulotlarni sertifikatlashtirish boʻyicha milliy tizimlar yaratildi. Bu tizimlarni yaratishda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qarori, Oliy majlis tomonidan qabul qilingan “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunlar muhim rol oʻynadi. Ushbu jarayonda mazkur sohalarda muhandis kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta e’tibor qaratildi.

1 – rasm. "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institute" davlat muassasasi (Standartlar instituti)

Manzil: 100059, Toshkent sh., Cho'pon Ota ko'chasi, 9 «V»

“Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi 1992-yil Toshkent davlat texnikasi universiteti rektorining 361-son buyrugʻi bilan Energetika fakultetida “Metrologiya va oʻlchash texnikasi” nomi bilan tashkil qilindi, 2005-yilning sentabr oyidan kafedra nomi “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” deb o‘zgartirildi va 2021-yil yanvar oyidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent davlat texnika universiteti buyruqlariga asosan “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” nomi bilan atala boshlandi. Kafedra respublikada xizmat koʻrsatgan ixtirochi, texnika fanlari doktori, professor Ismatullayev Patxulla Raxmatovich tashabbusi bilan ochilgan boʻlib, uni tashkil qilishda va rivojlanishda texnika fanlari nomzodi, dotsent A’zamov Abduraxim A’zamovich, texnika fanlari doktori, professor Azimov Raxmat Karimovichlar jonbozlik koʻrsatdilar. Hozirgi kunda kafedra “Elektronika va avtomatika” fakulteti tarkibida boʻlib, u yerda oʻquv, oʻquv-uslubiy ishlar bilan bir qatorda ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ham ishlar olib borilmoqda.


1993-yilning 28-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tomonidan imzolangan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlarning kuchga kirishi kafedraning malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi masuliyatining yana ham oshishiga, professor-oʻqituvchi va xodimlarning esa ushbu masuliyatni toʻla his qilgan holda yangicha ish uslubiga oʻtishlariga sabab boʻldi. Kafedraning ochilishidan 1992-2006 yillarda dots. A.A.A’zamov, 2006-2009 yillarda prof. P.R. Ismatullayev, 2009-2010 yillarda dots. A.A.A’zamov, 2010-2011 yillarda dots.A.Turgʻunboyev, 2011-2013 yillarda f-m.f.d., prof.B.E.Egamberdiyev, 2013-yilda f.m.f.n., dots. S.S.Nasriddinovlar rahbarlik qildilar. 18.02.2013 yildan hozirgi kungacha t.f.d., prof. P.M.Matyakubova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
2011-yilgacha kafedrada 5521600 – “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish (tarmoqlar boʻyicha)” va 5524300 – “Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot turlari boʻyicha)” ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar va 5A521602 – “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlangan. 1992-yildan 2021-yilgacha boʻlgan davr ichida 1600 dan ortiq mutaxassislar tayyorlanib, ular “Oʻzstandart” agentligi tizimida, uning hududiy boshqarmalarida, “Standartlar” institutida (oldin SMSITI) da, hamda 15 ta korxona bilan kooperativ hamkorlik sharnomasi tuzilib va shartnoma asosida bitiruvchilarimiz shu korxonalarda, oliy oʻquv yurtlarida, kasb-hunar kollejlarida va litseylarda ishlab kelmoqdalar.
Kafedrada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” joriy qilingunga qadar metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish boʻyicha muhandislar, 1997-yildan boshlab bakalavrlar, 2000-yildan esa magistrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Kafedrada dastlab 1906 – shifri bilan muhandislar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. 1996-1999 yillarda jami 44 nafar muhandislar tayyorlangan. 1997-yildan 2011-yilgacha ikki bosqichda “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” sohalariga 5521600 – “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” shifri bilan bakalavrlar hamda 5A521602 – “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” shifri bilan magistrlar tayyorlanib kelingan. 2006-yildan boshlab esa 5524300 – “Mahsulot sifati menejmenti” yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar tayyorlana boshlandi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin