Sifat so’z turkumi. Sifatning ma’no turlari. Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari



Yüklə 23,18 Kb.
səhifə3/4
tarix20.09.2023
ölçüsü23,18 Kb.
#145596
1   2   3   4
Mohunur

Ozaytirma daraja ko‘proq rang-tus belgilariga xos bo‘lib, belgining oddiy darajadan kamligi, pastligini ifodalaydi. Ozaytirma darajadagi sifatlar quyidagicha usullar yordamida hosil qilinadi:
1.Leksik usul. Belgining kuchsizlik darajasi sifat oldidan yarim, nim, och, xiyol, xiyla, sal, aytarli, u qadar kabi maxsus yordamchi so‘zlarni keltirish yordamida hosil qilinadi: sal durust, xiyol ochiq, bir oz yaxshi, yarim qorong‘u, nim pushti, xila shum, u qadar shirin emas. Bunda ba’zan–roq affiksi ishtirok etishi ham mumkin: sal g‘o‘rroq, xiyol kichikroq, bir oz torroq kabi.
2.Morfologik usul. Bunda darajaning kuchsizligi oddiy darajadagi sifatga quyidagi affikslarni qo‘shish orqali shakllanadi:
a)–ish affiksi orqali: qizg‘ish, sarg‘ish, ko‘kish, oqish;
v)–mitir\-imtir affiksi orqali: qoramtir, ko‘kimtir, oqimtir;
g)–gina\-kina\-qina affiksi orqali: kattagina, shiringina, oppoqqina, kichikkina.
d)–roq affiksi qiyosiy daraja hosil qilish bilan bir qatorda, belgining kuchsizlik darajasini shakllantirishda ham ishlatiladi.

  • .Sifatning otlashishi. Sifatning otlashuvi substantizatsiya deb yuritiladi. Sifatlar otlashganda belgini emas, otlar singari narsa yoki shaxs tushunchasini anglatadi. Sifat nutqda sifatlanmish tushirilib, uning vazifasida sifatlovchi ishlatilganda otlashadi: ko‘r (odam) tutganini qo‘ymaydi, kar (odam) eshitganini. Otlashgan sifat otlar singari kelishik, egalik, ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qilgan holda quyidagi vazifalar bajaradi: a) ega: Yaxshi topib gapiradiyomon qopib gapiradi; b) to‘ldiruvchi: Mardni maydonda sina;  v) qaratqich aniqlovchi: Yaxshining so‘zi qaymoq, yomonning so‘zi to‘qmoq; 

  • .Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari: Sifat tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy shakllarga ega bo‘ladi.

1.Sodda sifatlar tarkiban bitta o‘zak morfemadan iborat bo‘lgan tub va yasama so‘zlardan tashkil topadi. Shunga ko‘ra ular sodda tub va sodda yasama kabi turlarga bo‘linadi.
Mazmunan doimiy belgi anglatuvchi bir o‘zakdan tarkib topgan asliy sifat soddatub sifat deyiladi. Masalan: shirin, baland, oq, uzun, chaqqon, zukko, dono. Bunday sifatlar daraja affikslari bilan qo‘llanganda ham tub sifat sanaladi: kattaroq, qoramtir, shiringina, oqish, balandroq kabi. Sifat yasovchi qo‘shimchalar vositasida turli so‘z turkumlaridan yasalgan sifat sodda yasama sifat deyiladi. Masalan: bilimli, suvsiz, kechki, ishchan, oilaviy, tirishqoq, ag‘darma.

Yüklə 23,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin