Sifat so’z turkumi. Sifatning ma’no turlari. Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari



Yüklə 23,18 Kb.
səhifə4/4
tarix20.09.2023
ölçüsü23,18 Kb.
#145596
1   2   3   4
Mohunur

2.Qo‘shma sifat birdan ortiq o‘zak-negizning o‘zaro qo‘shilib, bitta belgi tushunchasini anglatadigan yasama sifatlardir. Qo‘shma sifatlar qismlarining morfologik tarkibiga ko‘ra quyidagi guruhlarni tashkil etadi:

  • ot+ot: shira kayf, sher yurak, bezbet, bedana qadam, yer osti;

  • ot+sifat: mushtumzo‘r, mirzaquruq, nonko‘r;

  • sifat+ot: uzun quloq, qiziqqon, sovuqqon, shum qadam, sofdil, ochko‘z;

  • sifat+sifat: olachipor, qora to‘riq, qora qizil;

  • ravish+ot: kamgap, hozirjavob, kamquvvat;

  • ot + -ar, -mas va -mon qo‘shimchali sifatdosh: mehnatsevar, jonkuyar, lattachaynar, nonemas, ishyoqmas, usta buzarmon, ish bilarmon;

  • ravish+sifatdosh: tezpishar, eapishar, tez oqar, cho‘rtkesar; 8) olmosh+sifat yoki ravish: o‘zbilarmon, o‘zboshimcha; 9) son+ yasama sifat: bir xonali, Besh qavatli, bir so‘zli.

  1. Juft sifatlar ikkita so‘zning teng bog‘lanishi asosida tuzilgan sifatlardir. Juft sifatlar tarkibi har ikkiala qismi lug‘aviy ma’noli yoki bir qismi lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuzilishi mumkin.

Har ikkala qismi lug‘aviy ma’noli so‘zlardan tuzilgan juft sifatlar quyidagi tarkibga ega bo‘ladi: 1) turli antonim so‘zlardan tuziladi: a) tub so‘zlardan: olis-yaqin, og‘ir-yengil, oq-qora, pastbaland\\baland-past, yaxshi-yomon\\yomon-yashi, yosh-qari, katta-kichik, o‘ng-ters; b) tub va yasama so‘zlardan: uzun-qisqa, haq-nohaq, huda-behuda; d) yasama so‘zlardan: kerakli-keraksiz, qo‘lli-oyoqli, issiq-sovuq. 2) sinonim so‘zlardan tuziladi: och-nahor, ola-chipor,soya-salqin, o‘ydim-chuqur, puxta-pishiq, uzuq-yuluq, mo‘min-qobil, xor-zor.
Bir qismi lug’aviy ma’noli, ikkinchi qismi lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuziladi: bo‘sh-bayov, xom-xatala, chala-chulpa, eski-tuski, egri-bugri, yarimta-yurimta, achchiq-tizziq. Har ikkala qismi yolg‘iz holda ma’no anglatmaydigan so‘zlardan tuziladi: uvali-juvali, dallig‘ulli, ikir-chikir, ayqash-uyqash.
Juft sifatlar chiziqcha bilan ajratilib yoziladi. Biroq ular orasida –u, -yu yuklamalari bog‘lovchi vazifasida ishlatilganda chiziqcha tushiriladi: halol-harom\ halol-u harom, issiq-sovuq\ issg‘-u sovuq, sog‘-salomat\sog‘-u salomat.

  1. Takroriy sifatlar bir xil shaklga ega bo‘lgan so‘zlarning aynan takroridan tuziladi. Masalan: baland-baland, mayin-mayin, shirin-shirin. Ba’zi takroriy sifatlarning birinchi qismida qo‘shimchalar mavjud bo‘lishi ham mumkin: poyma-poy, ko‘pdan-ko‘p, kattadan-katta, xilma-xil, limmo-lim. Bunday sifatlar ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash uchun ishlatiladi.

Yüklə 23,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin