Sifatni boshqarish ilmiy maktablari shakllanishi va rivojlanishi. Reja


Maxsulot - faoliyat yoki jarayonlar natijasi. Extiyojlar



Yüklə 74,04 Kb.
səhifə2/5
tarix11.05.2023
ölçüsü74,04 Kb.
#111080
1   2   3   4   5
Sifatni boshqarish ilmiy maktablari shakllanishi va rivojlanishi

Maxsulot - faoliyat yoki jarayonlar natijasi.
Extiyojlar-odatda xossalarda yoki ushbu xossalarning miqdoriy ko`rsatgichlarida namoyon bo`ladi. Extiyojlar funksional naflilik, xavfsizlik, ekspluatatsiyaga tayyorlik, ishonchlilik, iqtisodiy omillar va atrof muxitni ximoyalash kabi belgilarni o`z ichiga olishlari mumkin.
Klass (sort, nav) - xossalar yoki ularning ko`rsatgichlariga talluqli bo`lgan va xuddi shunday funksional foydalanish uchun ko`zda tutilgan maxsulot (xizmatlar) bo`yicha extiyojlarning turli majmualarini xisobga oladigan taqoslashning nisbiy ko`rsatgichi.
Sifat xalkasi (sifat spirali) - maxsulot (xizmat) sifatiga turli bosqichlardan, ya’ni extiyojlarni aniqlashdan to ularni qondirishini baxolashgacha bo`lgan bosqichlarda ta’sir o`tkazuvchi o`zaro bog`liq faoliyat turlarining sxematik modeli.
Sifat tizimi - sifatning umumiy boshqaruvini amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy tarkib, mas’uliyat, protsedura, jarayonlarning majmuasi.
Sifatni tekshirish - sifat soxasidagi faoliyatni va natijalarni rejalashtirilgan tadbirlarga muvofiqligini aniqlash imkonini beruvchi muntazam va mustaqil taxlil.
Sifat nazorati – o`lchovlarni amalga oshirish va belgilangan talablar bilan taqqoslashga qaratilgan xarakatlar.
Ishonchlilik - maxsulotning talab qilingan funksiyalarni belgilangan sharoitda belgilangan vaqt davomida bajarish qobiliyati.
Nomuvofiqllik - belgilangan talablarning bajarilmasligi.
Nuqson - belgilangan ekspluatatsiya talablarning bajarilmasligi.
Sobiq Sovet Ittifoqi davlatlarida ham sifatni ta’minlash va boshqarish xarakati keng tarqalgan edi. Sifatni ta’minlash bo`yicha muntazam tizim Saratov viloyatida 1955 yilda vujudga keldi. Ushbu tizimning asosiy tamoyili - bu nuqsonsiz maxsulot ishlab chiqarish ("bezdefektnoe izgotovlenie produksii" BIP), ya’ni bevosita ijrochilarning ishlab chiqarilgan maxsulot uchun mas’uliyati. BIP tizimi xar bir ish joyida sifatni yuqori darajasiga erishishga qaratilgan edi va uni joriy qilish avvalo ishchilarni qiziqtirish, ish joyini va sharoitlarini takomillashtirish, xar bir ijrochining ish sifatini nazorat qilish va baxolash usullarini yaratish bilan bogliq bo`lgan. Sifatni miqdoriy ko`rsatgichlaridan biri - bu maxsulotni texnik nazorat xodimlariga birinchi taqdimdan topshirish foizidir.
Ushbu ko`rsatgich nuqsonsiz mexnat tizimiga asos solgan bo`lib, xar bir ijrochining mexnat faoliyatini maxsulot sifatiga bog`lanishiga olib keladi. Shuni qayd qilish joizni, birinchi taqdimdan topshirish ko`rsatgichning takomillashgan shakli xozir xam ko`p tashkilotlarda qo`llanib kelinmoqda, chunki uning asosiy afzalliklari -soddalik va axborotlilik - hozirgi vaqtda xam katta axamiyatga ega.
Saratov tizimining takomillashuvi Gorkiy shahri korxonalarida "Sifat, ishonchillilik, resurs birinchi maxsulotdan" (KANARSPI) tizimini vujudga keltirdi. Ushbu tizimning mazmuni maxsulot yaratish yo`lga qo`yish kunidan boshlab uning sifati, ishonchliligi va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash bo`yicha konstruktorlik, texnologik va tashkiliy tadbirlarni kompleks ravishda tadbiq qilishdadir. Ushbu tizim butun texnologik jarayonining yuqori sifatli maxsulot chiqarishga muntazam ravishda moslashtirishni maqsad qilib qo`ygan edi. BIP tizimidan asosiy farqi e’tiborni mexnat sifatiga emas, balki ishlab chiqarishni tashkiliy - texnologik sifatlariga qaratishdan iborat edi.
Sifatini boshqarishning yana bir o`ziga xos tizimi "motoresursni oshirish bo`yicha ishlarni ilmiy tashkil qilish" (NORM) deb ataladi. Ushbu tizimning asosiy elementlariga quyidagilar kiritiladi:

  • ishlab chiqarilgan materiallarning ishonchliligi maxsus tayanch nuqtalari orqali yig`ilish va qayta ishlash;

  • maxsulotni yaratish soxasidagi jaxon tajribasini o`rganish, uni ijodiy yondashuv asosida korxonaga moslashtirish imkonini maxsus tuzilgan ilmiy bo`linmalar tomonidan tadqiqot qilish;

  • motorlarning sifati va xizmat muddatini oshirish bo`yicha ilmiy izlanishlarga ishlab chiqarish faoliyatini bo`ysindirish;

  • ishchi va xizmatchilar malakasini doimiy ravishda oshirish;

  • erishilgan sifat darajasini saqlab qolishning tashkiliy - texnik choralarini doimiy ravishda amalga oshirish;

  • maxsulot attestatsiyasini joriy qilish;

  • maxsulotlarni ishlatuvchi iste’molchilar bilan birgalikda motorlar ishonchligi va xizmat muddatini oshirish choralarini ishlab chiqish:

80-yillarda "maxsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi" (KSUKP) xarakati sanoatning barcha soxalarda keng qo`llanildi.
Ushbu tizimning asosiy xususiyatiga korxona standartlarini joriy qilish va ularga qattiy rioya qilish kiradi. Mazkur tizim oldingi sifatni boshqarish tizimlarning barcha ijobiy tomonlarini o`z ichiga qamrab olgan edi.
Maxsulot sifatini boshqarish kompleks tizimida sifat darajasini oshirish asosiy maksad qilib qabul qilingan edi va bu maqsadga quyidagilar orqali erishish ko`zda tutilgan:

  • oliy sifat kategoriyali yangi maxsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilish;

  • ishlab chiqarish assortimentida oliy sifat kategoriyali maxsulot xissasini doimiy ravishda oshirib borish;

  • ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni doimiy ravishda mukammallashtirish;

  • davlat standartlariga moslashtirilgan korxona standartlarini joriy qilish;

  • maxsulot attestatsiyasini o`tkazish;

  • xodimlarni moddiy va ma’naviy qiziqtirishning barcha jabxalarini maxsulot sifatiga bog`lash;

  • sifatni nazorat qilish va baxolash usullarini takomillashtirish.

Mazkur tizim birinchi marotaba ishlab chiqarish korxonaning o`ziga xosligini va maqsadlari xususiyatlarini xisobga oladigan bo`ldi. Masalan: xar bir korxona o`z imkonidan kelib chiqqan xolda assortiment va sifat siyosatini ishlab chiqish imkoniga ega bo`ldi. Bundan tashqari korxona standartlarining soni va tarkibi mustaqil ravishda tanlanishiga asos yaratildi. O`z navbatida ushbu tizim korxonalar erkinligini va mustaqilligini oshirishga sharoit yaratib berdi.
Maxsulot sifatini oshirish kompleks tizimining ijobiy tomonlari uning sanoatda, qurilishda, transportda va savdoda joriy qilinishiga sabab bo`ldi.
Ammo, Sovet Ittifoqida xukm surayotgan ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimi sifatni boshqarish tizimlarining muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatishiga to`sqinlik qildi. Avvalambor, barcha korxona va tashkilotlar davlat tasarrufida bo`lganligini yoddan chiqarmaslik zarur. Demak davlat xo`jalik yurituvchi sub’ektlarining mustaqil bo`lishidan manfaatdor bo`lmagan. Ikkinchidan, ma’muriy boshqaruv tizimida barcha ko`rsatkichlar yuqoridan belgilangan va korxona imkoniyati xamda maqsadlari bilan umuman xisoblashilmagan.
"Erishilgandan rejalashtirish" qoralangan usuli korxonalarga bajarib bo`lmaydigan ko`rsatkichlar belgilanishiga olib keldi va korxonalarni mavjud imkoniyatlarini oxirigacha ishlatmaslikka majbur qildi.
Bundan tashqari mustabid tizimda inson erkinligining bugilishi uning tashabbuskorligi, tadbirkorligi kabi fazilatlarining keng rivojlanishiga to`sqinlik qildi.
Bozor munosabatlarning shakllanishi bunday to`siqlarni buzib tashladi. Korxona, tashkilotlar va aloxida tadbirkorlar bozor talablarini to`la qondirishi uchun sifatni boshqarish tizimlarini yaratishga manfaatlidirlar. Shu sababli yuqoridagi tizimlarning ijobiy tomonlarini takomillashtirish, zamonga moslashtirish va ommaviy qo`llash davr talabi deb ta’kidlasak mubolag`a bo`lmaydi.




  1. Yüklə 74,04 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin