Signallarni veyvlet almashtirish yordamida filtrlash va siqish jarayonlarini tahlil qilish



Yüklə 233,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix16.05.2023
ölçüsü233,35 Kb.
#114126
  1   2   3   4


International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany 
https://conferencea.org June 5
th
 2022
253 
SIGNALLARNI VEYVLET ALMASHTIRISH YORDAMIDA 
FILTRLASH VA SIQISH JARAYONLARINI TAHLIL QILISH 
М.A.Bolbekov 
Muhhamad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Samarqand filiali 
N.I.Abroqulova 
Muhhamad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Samarqand filiali 
 
Annatatsiya: filtr atamasi orqali kirish signali raqamli signal bo‘lgan va chiqish signali boshqa raqamli 
signalni olishni ta’minlovchi matematik algoritmni apparat yoki dasturiy ta’minot orqali amalga oshiruvchi 
qurilma tushuniladi. Bunda raqamli filtrning amplituda va faza xarakteristikasi maxsus shaklantirilgan bo‘ladi. 
Ko‘p hollarda raqamli filtrlardan foydalanish afzalliklarga ega, ular amplituda va faza xarakteristikalari 
qiymatlarini nisbatan aniq ta’minlash imkoniyatini beradi. 
 
Tayanch so’zlar: filtr, raqamli signal, loyihalash, Veyvlet tahlillash, signallarga raqamli ishlov berish. 
Hozirgi zamon raqamli radioelektron qurilmalari va tizimlari xalq ho‘jaligining turli sohalari (radioaloqa, 
televedeniya, kosmik uchish apparatlari, radioboshqaruvli raketalar, radiolokatsion tizimlar, tibbiyot 
qurilmalari ) da keng qo‘llaniladi. Ushbu qurilmalarni yaratish va ulardan unumli foydalanish muhandis texnik 
xodimlardan chuqur bilim talab qiladi. Signallarga raqamli ishlov berishda spektrial almashtirish 
algoritmlaridan foydalanish Radiotexnika, Mobil aloqa tizimlari, Televideniya, radioaloqa va 
teleradioeshittirish yo‘nalishlari bo‘yicha masalalarni echishga juda qulay hisoblanadi. Diskret signallarni 
spektrial almashtirish qo‘yidagilarni amalga oshiradi [2]. 
- analog signallarni raqamli signallarga aylantirish va raqamli qayta ishlash uslublarining asosiy rivojlanish 
yo‘nalishlari, signallarga raqamli ishlov berish va filtrlash. 
- turli ko‘rinishdagi signallarni shakillantirish, ularni tahlil etish va sintezlash, raqamli filtrlash va ularga ishlov 
berishning zamonaviy uslublari; 
- signallarga raqamli ishlov berishda z – almashtirish, Uolsh, Adamar, Veyvlet, Fure tez almashtirishlari, 
raqamli filtrlarni yaratish (loyihalash), impuls xarakteristikasi chekli va cheksiz filtrlarni loyihalash, turli 
tezliklarda signallarga raqamli ishlov berish, tahlil etish va adaptiv filtrlar. 
Ko‘p hollarda signalni qabul qilishda signallarni shakli avvaldan ma’lum, ammo kuzatilayotgan onda 
signallarning qaysi biri qabullash qurilmasiga ta’sir etayotganligi noma’lum. Shakli avvaldan ma’lum 
signallarga: raqamli signallar; shu jumladan IKM signallari; radiolokatsiya signallari; kodlangan signallar va 
x.k. lar misol bo‘ladi. Signallarni moslashgan filtrlar orqali qabullashdagi asosiy ko‘rsatkich filtr chiqishidagi 
S/X nisbatining kirishidagiga nisbatan kattalashishidir. Kirishdagi S/X nisbati berilganda o‘zining chiqishida 
hamma boshqa filtrlarga qaraganda eng yuqori S/X nisbatini ta’minlovchi filtr optimal (mutanosib) 
moslashgan filtr deb ataladi va Veyvlet almashtirishlari yordamida tahlil etiladi 



Yüklə 233,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin