Simsiz aloqa kanallari



Yüklə 36,96 Kb.
səhifə8/8
tarix02.01.2022
ölçüsü36,96 Kb.
#37539
1   2   3   4   5   6   7   8
Simsiz aloqa kanallari

Manchester - II kodi, yoki Manchester kodi, mahalliy tarmoqlarda eng ko'p tarqalgan kod. U shuningdek o'z-o'zini sinxronlovchi kodlarga kiradi, lekin RZ kodidan farqi uchta holat emas faqat ikkita holatga egadir, bu holat to'siqlardan himoyalashga qulaylik yaratadi. Mantiqiy nolga bir o'rtasidagi musbat o'tish to'g'ri keladi. Ya'ni bitning birinchi yarmi pastgi holatga, ikkinchi yarmi yuqori holatga to'g'ri keladi (6.10-rasm). Mantiqiy birga bit markazidagi manfiy o'tish to'g'ri keladi (yoki teskarisi).Bit markazida albatta o'tish holatining mavjudligi Manchester II kodni qabul qiluvchi qurilma kelayotgan signal tarkibidan osongina sinxronlovchi signalni ajratib olish imkonini beradi. Bu esa uzatilayotgan axborotni xohlagan uzunlikdagi paketda, bitlarni yo'qotmasdan uzatishga imkon beradi. Qabul qilish va uzatish qurilmalar soatidagi farqning ruxsat etilgan qiymati 25% gacha yetishi mumkin. Xuddi RZ kodi singari aloqa yo'lini axborot uzatish imkoniyati NRZ kodidan foydalanishga qaraganda ikki hissa ko'p talab qilinadi. Masalan, 10 Mbit/s tezlikda axborot uzatish uchun 10 MGs o'tkazish oralig'i lozim. Manchestr-II kodi elektr kabellarda va shuningdek shisha tolali kabellarda ham ishlatiladi. Manchester kodining eng katta afzalligi - signalda doimiy tashkil etuvchi yo'qligidir (vaqtning yarmida signal musbat ikkinchi yarmida esa manfiy). Bu hol galvanik ajratish uchun impuls transformatorlarini qo'llash imkonini beradi. Shu bilan birga aloqa yo'liga qo'shimcha elektr manbaiga hojat qolmaydi (optronli ajratish usulini qo'llanilgandagi kabi), transformatordan o'tmaydigan past chastotali to'siqlarning ta'siri keskin kamayadi. Moslash muammosi ham oson hal bo’ladi.Manchester kodida signalning holatidan biri nol bo’lsa (masalan, Ethernet tarmog'i kabi), u holda axborot uzatish davomida signalni doimiy tashkil etuvchisining kattaligi taxminan signal amplitudasining yarmiga teng bo'ladi. Bu holat doimiy tashkil qiluvchining ruxsat etilgan kattalikdan farqi bo'yiga tarmoqda paketlarni to'qnashuvini (konflikt, kolliziya) yengil qayt etish imkonini beradi.Manchester kodlashda signal o'zining chastota spektoriga faqat ikkita chastotani o'z ichiga oladi: uzatish tezligi 10 Mbit/s bo'lganda lOMGs ni (bu faqat uzatilayotgan nollar yoki birlar ketma-ketligiga to'g'ri keladi) va 5 MGs (bir va nollarni almashib uzatilish ketma-ketligiga to'g'ri keladi: 01010101 ), shuning uchun oddiy oraliq filtrlar yordamidahamma boshqa chastotalarni oddiy filtrlash mumkin (to'siq, yo'nalishlar (navodki), shovqinlar). Xuddi RZ kodi holati kabi, manchester kodlashda ham uzatish amalga oshirilayotganini aniqlash oson, ya'ni boshqacha qilib aytilganda olib borilayotgan chastotani aniqlash. Buning uchun signalning bit oralig'ida o'zgarish bo'layotganligini nazorat qilishning o'zi kifoya. Olib borilayotgan chastotani aniqlash zarurligi, masalan, qabul qilinayotgan paketning uzatishni boshlanish va tomom bo'lish vaqtini va shuningdek tarmoq band bo'lganda qabul qilishni to'xtatish uchun (boshqa qaysidur abonent axborot uzatayotgan holda) kerak bo'ladi. Standart Manchester kodining bir necha varianti mavjud, bulardan biri 6.10-rasmda ko'rsatilgan. Bu kod, klassik koddan farqi shuki, kabelning ikki simini o'rin almashinishiga bog'liq emas. Ayniqsa, bu hol aloqa uchun o'ralgan juftli kabel ishlatganda qulay, chunki bu kabel simlarini chalkashtirib yuborishi juda osondir. Aynan shu kod eng taniqli IBM formasining Token - Ring tarmog'ida ishlatiladi.Bu kodni tamoyili oddiy: har bir bit oralig'ining boshlanishida signal holatini oldingiga nisbatan teskariga o'zgartiradi, bitning mantiqiy bir holatining oralig'i o'rtasida (faqat mantiqiy bir bo'lgan holatdagina) holat yana bir marotaba o'zgaradi. Shunday qilib, bit oralig'ining boshida har doim qator o'zgarishi ro'y beradi, bu holat o'z-o'zini sinxronlash uchun ishlatiladi. Xuddi Manchester - II klassik kodi holatidagi kabi, chastota spektorida ikkita chastota ishtirok etadi. 10 Mbit/s tezlikda bu chastota 10 MGs (faqat mantiqiy nollar ketma-ketligida: 00000000 ).Shu yerda aytib o'tish lozimki, ko'pincha noxaq ravishda bir sekundga bitda uzatish tezligi barobar deb hisoblashadi. Bu faqat NRZ kodida uzatilgan holdagina to'g'ri. Tezligi bu bir sekundda uzatilgan bitlar sonini bildirmaydi, u signalni bir sekundda necha marotaba holatini o'zgartirganini ko'rsatadi. RZ kodini yoki Manchester - II kodini ishlatganda talab etilgan bod tezligi NRZ kodiga qaraganda ikki baravar ko'p ekan, shuning uchun tarmoq orqali uzatish tezligini bodda emas bir sekundda o'tgan bitlarda (bit/s, Kbit/s, Mbit/s) hisoblash mantiqan to'g'ri bo'ladi. Ko'pincha uzatilayotgan bitlar oqimiga sinxronlash bitlarini qo'shib uzatiladi, masalan, 4,5 yoki 6 axborot bitlariga bir bit sinxronlash biti qo'shib uzatiladi yoki 8 ta axborot bitiga ikkita sinxronlash biti qo'shib uzatiladi. To'g'ri, amalda hammasi bir necha murakkabroq, kodlash uzatilayotgan axborotga faqat oddiy qo'shimcha bitlar qo'shib uzatishdan iborat emas albatta, axborot bit guruhlari tarmoq orqali uzatish uchun bitta yoki ikkita bit ko'p guruhlarga o'zgartiriladi. Tabiiyki, qabul qiluvchi qurilma teskari o'zgartirishni amalga oshiradi, ya'ni uzatishdan oldingi axborot bitlarini tiklaydi. Bu holda ancha oddiy dedektorlash amalga oshiriladi.FDDI tarmog'ida (uzatish tezligi 100 Mbit/s) 4V/5V kodi ishlatiladi, bunda 4 ta axborot bitlarini 5 ta uzatish bitlariga o'zgartiriladi. Bu holda qabul qilish qurilmasini sinxronlash 4 bitdan keyin bir marta amalga oshiriladi, Manchester - II kodi holatidagidek har bir koddan keyin emas. Talab qilingan uzatish oralig'i NRZ kodiga nisbatan ikki baravar oshmaydi, faqatgina 1,25 marotaba oshadi (ya'ni 100 MMGs tashkil etmaydi, faqat 62,5 MGs ni tashkil etadi). Xuddi shu asosda boshqa kodlar ham qo'shiladi, masalan 5V/6V kodi standart 100 VG- Any LAN tarmog'ida qo’lanadi yoki Gigabit Ethernet tarmog'ida qo'llanadigan 8V/10V kodi.Fast Ethernet tarmog'ining 100 BASE - T4 qismida (segment) boshqacha yondashilgan. Bu tarmoqda 8V/6T kodidan foydalanilgan, unda uchta o'ralgan juftlikdan parallel uchta uch holatli signalni uzatish mo'ljallangan. O'tkazish oralig'i faqatgina 16MGs bo'lgan 3 toifali o'ralgan juftli arzon kabel orqali lOOMbit/s tezlikda uzatishga erishish imkonini beradi. (6.1-jadvalga qarang). To'g'ri, bu holda kabel ko'p sarflanishi va uzatish hamda qabul qilish qurilmalar soni ham oshishi talab qilinadi. Bundan tashqari, hamma simlar bir xil uzunlikda bo'lishi juda muhim, chunki ularda signal ushlanish kattaligi bir- biridan sezilarli kattalikka farq qilmasligi kerak. Hamma keltirilgan kodlar tarmoqqa raqamli ikki yoki uch holatga ega bo'luvchi to'g'ri burchakli impulslarni uzatislini nazarda tutadi. Vaholanki, bazi hollarda tarmoqda boshqa usul ham ishlatiladi, ya'ni axborot impulslari bilan yuqori chastotali uzluksiz (analog) signalni modulatsiyalash. Bunday analog kodlash keng oraliqda (iunpOKono-jiocHyio nepe/jany) uzatishga o'tilganda aloqa kanalini o'tkazuvchanligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Shuningdek, yuqorida aytib o'tilganidek, aloqa kanalidan analog axborot o'tganda (sinusoidasimon) signal ko'rinishi o'zgarmaydi, faqat uning amplitudasi kamayadi, raqamli signal holatda esa ko'rinishi ham o'zgaradi (6.5- rasmga qarang).Analog kodlashning eng oddiy turlariga quyidagilar kiradi (6.14-rasm): amplitudali modulatsiyalash (AM), bunda mantiqiy bir holatga signal mavjudligi, mantiqiy nol holatiga signalning yo'qligi to'g'ri keladi. Signal chastotasi doimiy qoladi; chastotali modulatsiyalash (CHM), bunda mantiqiy nol holatiga pastroq chastota mos keladi (yoki teskarisi). Signal amplitudasi doimiy qoladi; faza modulatsiyalash (FM), bunda mantiqiy birni mantiqiy nolga o'zgarishi va mantiqiy nolni mantiqiy birga o'zgarishi, sinusoidal signalni keskin fazasini o'zgarishiga mos keladi (bir xil chastota va amplitudali signal). Ko'pincha analog kodlashtirish axborot uzatish kanalini tor o'tkazish oralig'ida ishlatiladi, masalan, global tarmoqlarda telefon simi orqali. Mahalliy hisoblash tarmoqlarda bu kodlashtirish usuli kam qo'llaniladi, sababi kodlashtirish va dekoderlash qurilmalarining murakkabligi hamda qimmatligi uchun.
Yüklə 36,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin