Simsiz aloqa kanallari



Yüklə 36,96 Kb.
səhifə7/8
tarix02.01.2022
ölçüsü36,96 Kb.
#37539
1   2   3   4   5   6   7   8
Simsiz aloqa kanallari

RZ kodi (Return to Zero, s vozvratom k nolyu) nolga qaytish bilan - bu uch holatli kod, bunday nomni olish sababi, signalning natijali holatidan so'ng uzatilayotgan axborot bitining birinchi yarmi qandaydir «nol» holatiga qaytish ro'y beradi (masalan, nol potensialga). Bu holatga o'tish har bir bitning o'rtasida ro'y beradi. Shunday qilib bit oralig'ining birinchi yarmida mantiqiy nolga musbat impuls to'g'ri keladi, mantiqiy birga manfiy (yoki teskari). RZ kodini xususiyatlari shundan iboratki, bit markazida har doim bir holatdan ikkinchi holatga o'tish bor (musbat yoki manfiy), demak, bu koddan qabul qilish qurilmasi sinxronlash impulsini ajrata oladi. Bu holda vaqt bo'yicha moslash na faqat paket boshlanishida, xuddi NRZ kodidagi kabi, balki har bir alohida olingan bitga moslash mumkin. Shuning uchun paketning uzunligidan qat'i nazar sinxronlash yo'q bo’lib qolish holati bo'lmaydi. O'zida (stop) to'xtatish biti bor bu kodlarni o'zini-o'zi sinxronlovchi kodlar deb nom berilgan.RZ kodini kamchiligi shundan iboratki, uning uchun NRZ kodiga nisbatan kanalni o'tkazish oralig'i ikki hissa ko'p talab qilinadi (chunki bir bit axborotga kuchlanishning ikkita o'zgarish holat to'g'ri keladi). Masalan, 10 Mbit/s tezlikda axborot o'tkazishi uchun aloqa yo’lining talab qilinadigan o'tkazish qobiliyati 10 MGs bo'lishi kerak, NRZ kodidagi kabi 5 MGs kabi emas.RZ kodi nafaqat elektr kabel asosli tarmoqlarda, shishatolali tarmoqlarda ham ishlatiladi. Shisha tolali kabellarda manfiy va musbat signallarni bo'lmagani uchun, ularda uch holat ishlatiladi: yorug'lik yo'q holat, «o'rta» yorug'lik, «kuchli» yorug'lik. Bu juda qulay, hatto axborot uzatish yo'q bo'lgan taqdirda ham yorug'lik baribar mavjud, bu holat yordamida shishatolali aloqa yo'li qo'shimcha tadbirsiz ishga yaroqliligini oson aniqlanadi. (6.13- rasm).
Yüklə 36,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin