Simsiz aloqa kanallari



Yüklə 36,96 Kb.
səhifə2/8
tarix02.01.2022
ölçüsü36,96 Kb.
#37539
1   2   3   4   5   6   7   8
Simsiz aloqa kanallari

Infraqizil kanal ham simlarsiz axborot uzatishni ta'minlaydi, chunki aloqa uchun infraqizil nurlanish ishlatiladi (televizorlarning masofadan boshqarish qurilmasi kabi). Radio kanalga qaraganda ularning asosiy afzalligi elektromagnit to'siqlarga sezgir emas, bu xususiyati sanoat korxonalarda ishlatish imkonini beradi. Bu holatda haqiqatan uzatish quvvati katta bo'lishi talab qilinadi, sababi boshqa hech qanday issiqlik nurlanish (infraqizil) manbalari ta'sir qilmasligi uchun. Infraqizil aloqa havoda chang miqdori ko'p bo'lgan sharoitda ham yomon ishlaydi.

Infraqizil kanal bo'ylab axborot uzatishning chegara qiymati 5-10 Mbit/s dan oshmaydi. Axborotni sir tutish imkoniyati ham radiokanal holatidek, yo'q. Radiokanal kabi uzatish va qabul qilish qurilmalari nisbatan qimmat. Bu sanab o'tilgan kamchiliklar tufayli infraqizil kanalidan kam foydalanadilar. Infraqizil kanal ikki guruhga bo'linadi:



  • ko'rish masofasidagi kanallar, bularda aloqa nur orqali amalga oshiriladi. Nur uzatish qurilmasidan to'g'ri qabul qilish qurilmasiga yo'naltiriladi. Bu holda aloqa tarmoq kompyuterlari o'rtasida to'siq bo'lmagan holdagina amalga oshadi. Ko'rish masofasidagi kanalning axborot uzatish masofasi bir necha kilometrga yetadi;

  • tarqalgan nurlanishdagi kanallar, bu turdagi kanal pol, shift, devor va boshqa to'siqdan qaytgan signallarda ishlaydi. To'siqlar bu holda qo'rqinchli emas, lekin aloqa faqat bir bino chegarasida amalga oshadi.

Tabiiyki mayjud simsiz aloqa kanallari «shina» topologiyasiga to'g'ri keladi, sababi axborot hamma abonentlarga bir vaqtnang o'zida uzatiladi. Lekin tor yo'naltirilgan axborot uzatishni tashkil qilingan taqdirda xohlangan topologiya (halqa, yulduz va boshqa) uchun radiokanalni va xuddi shuningdek, infraqizl kanalini tatbiq qilish mumkin.


Yüklə 36,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin