Lokal tarmoqlaribir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni boglaydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot osha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bolishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan boglangan boladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bolishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yoruglik otkazgich inson soch tolasi qalinligida yasalgan. Bu ota tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki xisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Tarmoqning dasturiy taminoti.
Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga korsatadigan xizmati bilan olchanadi. Tarmoqning xar bir xizmat turi xamda unga kirish uchun dasturiy taminot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda koplab foydalanuvchilar uchun moljallangan bolishi kerak. Xozirda shunday dasturiy taminot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchitamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan taminoti kopgina foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bolgan bosh kompyuter resurslarini taqdim etishga muljallangan. U fayl-server deb yuritiladi. Kompyuterning asosiy resursi fayllar bolgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki malumotlarga ega fayllar bolishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Shunisi qiziqki, fayl-serverini disk xajmi odatdagi kompyuterdagidan kop bolishi kerak, chunki undan kopgina kompyuterlarda foydalaniladi.
Tarmoqda bir qancha fayl - serverlar bolishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini sanab otish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va kopgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq taminoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi.
Ushbu tamoyil doirasida ishlashga moljallangan dastur tizimlari foydalanuvchiga fayl-serverdan foydalanish imkonini beradi. Qoida boyicha ushbu dasturli tizimlar fayl-serverda saqlanishi va barcha foydalanuvchilar tomonidan bir vaqtda foydalanilishi mumkin. Lekin bu dasturlarning modullarini bajarish uchun zarur bolganda foydalanuvchi kompyuteriga yani ishchistantsiyasiga otkaziladi va kerakli ishni bajaradi. Bunda barcha malumotlarni qayta ishlash (agar ular umumiy resurs bolsa va faylli serverda saqlanayotgan bolsa xam) foydalanuvchining kompyuterida amalga oshiriladi. Shubxasiz buning uchun malumotlar saqlangan fayllar foydalanuvchining kompyuteriga kochirilishi kerak.