Simsiz tarmoq fanidan



Yüklə 2,76 Mb.
səhifə101/117
tarix20.11.2023
ölçüsü2,76 Mb.
#165546
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   117
Simsiz tarmoqlar.Aniq (1)

4-ilova
Mavzu: Simsiz xavfsizlik protokollari va
kriptografiya asoslari.
Reja:
1.Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari.
2.Simsiz xavfsizlik protokollari va kriptografiya asoslari.
Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari.
Har xil kompyuterlar va turli dasturlar tarmoq aloqasi jarayonida bir- birlarini tushunish uchun maxsus texnik qoidalar qo`llaniladi. Tarmoq sohasida bunday qoidalar to`plami protokol (bayonnoma) deb ataladi.
TLS (Transport Layer Security) ning protokol konfiguratsiyasi o‘zaro xavfsiz harakatlanishga mo‘ljallangan. U shifrlash programmalarinisertifikatlar formatini, raqamli imzo algoritmini va aloqa seansi jurnalidan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Konfiguratsiya yana transport darajasida qayta qabul qilish – uzatishdan aloqani himoyalash uchun TLS ni tunnellash uslubini ham aniqlaydi.
TLS spetsifikatsiyasi tarmoq sathida konfidensiallik va yaxlitlik vositalarining to‘liq to‘plamini tavsiflangan holda, mubolag`asiz fundamental ahamiyatga ega. TLS asosida yuqoriroq sath (tatbiqiy sathga qadar) protokollarini himoyalash mexanizmi hamda xavfsizlikning tugallangan vositalari, xususan virtual xususiy tarmoqlar quriladi. Albatta TLS kriptografik mexanizmlariga va kalit infratuzilmalariga tayanadi.
TLS spetsifikatsiyasi turli vazifalarni bajaruvchi ko‘pgina dasturiy maxsulotlarda ishlatiluvchi ommaviy Secure Socket Layer (SSL) protokolini rivojlantiradi va oydinlashtiradi.Tunnelning initsiatori va terminatori orasida uzatiluvchi axborotni shifrlash transport sathi TLS(Transport Layer Security) yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ekran orqali autentifikatsiyalangan o‘tishni standartlash uchun SOCKS deb ataluvchi protokol aniqlangan va hozirda
SOCKS protokolining 5-versiyasi kanal vositachilarini standart amalga
oshirilishida ishlatiladi.
1999 - yili SSL 3.0 versiyasi o‘rniga, SSL protokoliga asoslangan va hozirda Internet standarti hisoblangan TLS protokoli keldi. SSL 3.0 va
TLS protokollari orasidagi farq juda ham jiddiy emas.
SSL va TLS protokollarining kamchiligi - o‘zlarining xabarlarini tashishda tarmoq sathidagi faqat bitta — IP-protokolidan foydalanishlari va faqat IP-tarmoqlarda ishlay olishlari. Undan tashqari, SSL/TLSning amalda qo‘llanishi tatbiqiy protokollar uchun to‘la shaffof emas. SSLning yana bir salbiy tomoni shunday iboratki, agar mijoz va server ulanishni uzsalar, ular uni ma’lumotlarning minimal hajmini almashish yo‘li bilan tiklashlari va Session ID ning eski parametrlaridan foydalanishlari mumkin. G`araz niyatli shaxs oldingi sessiyalardan birini obro‘sizlantirib uni tiklash muolajasini server bilan o‘tkazishi mumkin. Natijada bu sessiyada uzatiladigan keyingi barcha ma’lumotlar obro‘sizlantiriladi. Undan tashqari, SSLda autentifikatsiyalashda va shirflashda bir xil kalitdan foydalaniladi. Bu esa ma’lum bir holatlarda zaiflikka olib kelishi mumkin. Bunday yechim turli kalitlar ishlatilganiga nisbatan ko‘p statistik ma’lumotlarni yig`ishga imkon beradi.
Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari. Himoyalangan ulanishlar protokoli — Secure Sockets Layer (SSL) Internet brauzerlarining xavfsizligi muammosini yechish uchun yaratilgan. SSL taklif etgan birinchi brauzer — Netscape Navigator tijorat tranzaksiyalari uchun Internet tarmog`ini xavfsiz qildi, natijada ma’lumotlarni uzatish uchun xavfsiz kanal paydo bo‘ldi. SSL protokoli shaffof, ya’ni ma’lumotlar tayinlangan joyga shifrlash va ras-shifrovka qilish jarayonida o‘zgarmasdan keladi. SHu sababli, SSL ko‘pgina ilovalar uchun ishlatilishi mumkin.
SSL o‘zidan keyingi TLS (Transport Layer Security - transport sathi himoyasi protokoli) bilan Internetda keng tarqalgan xavfsizlik protokolidir. Netscape kompaniyasi tomonidan 1994 yili tatbiq etilgan SSL/TLS hozirda har bir brauzerga va elektron pochtaning ko‘pgina dasturlariga o‘rnatiladi. SSL/TLS xavfsizlikning boshqa protokollari, masalan, Private Communication Technology (PCT — xususiy kommunikatsiya texnologiyasi), Secure Transport Layer Protocol (STLP-xavfsiz sathning transport protokoli) va Wireless Transport Layer Security (WTLS — simsiz muhitda transport sathini himoyalash protokoli) uchun asos vazifasini o‘tadi.
5-ilova
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR.
1.Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari.
2.Simsiz xavfsizlik protokollari va kriptografiya asoslari.
6-ilova
UYGA VAZIFA.
1.O’tilgan mavzu bo’yicha konspektni to’ldirish.
2.O’tilgan mavzudagi ma’lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
tayyorlanib kelish.
3.Nazorat savollariga tayyorlanish.

Tasdiqlayman


Ishlab chiqarish ta`limi bo`yicha
diretori o`rinbosari _____________M.Nurullayev
“_________”__________20__yil

Yüklə 2,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin