Simsiz tarmoq fanidan



Yüklə 2,76 Mb.
səhifə48/117
tarix20.11.2023
ölçüsü2,76 Mb.
#165546
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117
Simsiz tarmoqlar.Aniq (1)

3-ilova
«FSMU» metodi
Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg‘ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:

  • Qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi;

  • Har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi:


ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.


FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.
Namuna.
Fikr: Polimarfizim obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy tamoyillaridan biridir”.
Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling
4-ilova
Mavzu(nomi): Mavzu(nomi): IEEE 802.11 standartidagi tarmoq
qurilmalarini apparat ta'minoti.
Reja:

1. IEEE 802.x standartlarining tuzilishi va tarkibi

2. IEEE 802.x standartlarining tuzilishi.


IEEE 802.x standartlarining tuzilishi va tarkibi 1980 yili IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers) – elektrotexnika va radioelektronika injenerlari instituti tarkibida lokal kompyuter tarmoqlarini standartlashtirish bo„yicha 802 komitet tashkil qilingan bo„lib, uning faoliyati natijasida IEEE 802.x standartlari to„plamlari qabul qilingan edi. Bu lokal kompyuter tarmoqlarini quyi sathlarini loyixalash bo„yicha tavsiyalardan iborat standartlar to„plamidir. Keyinchalik 802 komitetning ish natijalari asosida ISO 8802-1…5 halqaro standartlar kompleksi ishlab chiqildi. Bu standartlarga o„sha paytda keng tarqalgan Ethernet, ArcNet va Token Ring kabi tarmoq standartlarining ko„rsatgichlari asos bo„lgan edi. IEEE 802.x standartlarining tuzilishi 2.8-rasmda keltirilgan. IEEE 802.x standarti ettita sathli OSI modelining ikki quyi sathlari – fizik va kanal sathlariga tegishli bo„lgan standartlar to„plamlaridan iboratdir. Bunga sabab lokal kompyuter tarmoqlarining o„ziga xos jihatlarini, aynan shu sathlarning ifodalashidir. Yuqori sathlar, ya‟ni tarmoq sathi va undan yuqorida joylashgan sathlar esa, lokal hamda global kompyuter tarmoqlari uchun umumiy bo„lgan xususiyatlarni kasb etar ekan.
IEEE 802.x standartlarining tuzilishi. Bu standartlarga asosan lokal kompyuter tarmoqlarining kanal sathi ikkita sath osti sathlariga bo„linadi: 1. LLC (Logical Link Control) - ma‟lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish sath osti sathi. 2. MAC (Media Access Control) - ma‟lumotlarni uzatish muhitiga bog„lanishni boshqarish sath osti sathi. LLC sathi – kompyuterlar o„rtasida ma‟lumotlarni har-xil darajadagi ishonchlilik bilan uzatishni amalga oshirish uchun javob beradi, hamda tarmoq sathi bilan ulanuvchi interfeys vazifasini bajaradi. Tarmoq sathi, LLC sathi orqali, kanal sathidan o„ziga kerak bo„lgan ma‟lumotlarni uzatish amaliyotini, ya‟ni transport hizmatini unga kerak bo„lgan sifatda bajarib berishni so„raydi. MAC sathi esa – kompyuterlar birgalikda foydalanadigan umumiy shina yoki halqa topologiyali muhit vaqtini, ma‟lum bir algoritm asosida taqsimlab, tarmoqni to„g„ri ishlashini ta‟minlab beradi. MAC sathi yordamida uzatish muhitiga murojaat qilishga ruxsat olingandan so„ng, LLC sathi tomonidan ma‟lumotlarni mantiqiy birliklarini, axborot kadrlarini, har-xil darajadagi sifat bilan uzatish, ya‟ni transport hizmati amalga oshiriladi.
barcha texnologiyalarning kanal sathlari uchun umumiy hisoblangan yagona LLC protokoli tasvirlangan. Bu, IEEE institutidan boshqa joyda ishlab chiqilgan lokal tarmoq standartlari ham, 802.2 bo„lim tomonidan ishlab chiqilgan LLC sathi protokoliga moslangan bo‘lishi kerakligini anglatadi. MAC sathining yagona protokoliga esa, o„sha texnologiyaga mansub fizik sath protokollarining bir-nechta variantlari to„g„ri keladi. Lokal kompyuter tarmoqlarining har-bir texnologiyasi tavsifi ikki qismga bo„lingan bo„ladi: MAC va fizik sathlarining tavsiflari. 802 komitet tarkibiga quyidagi bo„limlar kiradi: 802.1 - Internetworking, tarmoqlarni birlashtirish, ya‟ni bir-nechta tarmoqlarni birgalikda ishlashini ta‟minlovchi standartlarni ishlab chiqish bo„limi; 802.2 - Logical Link Control (LLC), ma‟lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish standartlarini ishlab chiqish bo„limi; 802.3 - Ethernet, ma‟lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning CSMA/CD usuli bo„yicha ishlaydigan LKT standartlarini ishlab chiqish bo„limi; 802.4 - Token Bus LAN, ma‟lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning Token Bus usuli bo„yicha ishlaydigan LKT standartlarini ishlab chiqish bo„limi; 802.5 - Token Ring LAN, ma‟lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning Token Ring usuli bo„yicha ishlaydigan LKT standartlarini ishlab chiqish bo„limi; 802.6 - Metropolitan Area Network (MAN), megapolislar tarmog„i yoki shahar tarmog„i standartlarini ishlab chiqish bo„limi; 802.7 - Broadband Technical Advisory Group, har-xil ko„rinishdagi axborotlarni uzatish standartlarini ishlab chiqish guruhi; 802.8 - Fiber Optic Technical Advisory Group, optik tolali tarmoqlar bo„yicha texnik maslahat guruhi; 802.9 - Integrated Voice and data Networks, tovush va ma’lumotlarni uzatuvchi integratsiyalangan tarmoqlar standartlarini ishlab chiqish bo’limi; 802.10 - Network Security, tarmoq xavfsizligi standartlarini ishlab chiqish bo’limi; 802.11 - Wireless Networks, simsiz tarmoqlar standartlarini ishlab chiqish bo’limi;
5-ilova
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR.
Reja:

Yüklə 2,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin