Sana: 17.03.2023 Sinf:6-“B’ Dars mavzusi : Aylana uzunligi va doira yuzi. Darsning maqsadi: a)Ta’limiy: Aylana uzunligi va doira yuzini mustahkamlash. Uchrashma harakat va qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatga doir masalalarni yechishga tayyorlash.TK 1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK 2:axborotlarni statistik ma’lumotlar ko’rinishlarning bir turidan boshqa ko’rinishga o’tkaza olish ; FK 1: vaqt , tezlik , tekis harakatda bosib o’tilgan yo’l kabi kattaliklar orasidagi bog’lanishlarga oid masalalarni yecha olish ; bir-biriga nisbatan hamohang hamda qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatga doir 2-4 amalli masalalar , proporsional bo’lishga doir masalalarni yecha olish ;
b)Tarbiyaviy:tabiatni sevishga chaqirish , uni asrashga undash , o’quvchilarni kasbga yo’naltirish . TK 4: atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash ;
d)Rivojlantiruvchi : o’quvchilarning mustaqil fikrlashini , atamalarni to’g’ri o’qish malakalarini rivojlantirish . FK 2: o’rganilgan matematik tushunchalar , faktlar va algoritmlarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish .
Darsning borishi : 1 . Tashkiliy qism . O’quvchilar bilan salomlashiladi . Navbatchining axboroti tinglanadi . O’quvchilarning darsga tayyorgarligi ko’zdan kechiriladi. Dars noan’anaviy tarzda o’tilishi aytib o’tiladi . Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linishadi .
1-guruh Ibn Sino 2-guruh Al-Xorazmiy 3-guruh Beruniy O’quvchilarni guruh sardorlari baholab borishlari aytib o’tiladi .
Dars shiori: Biz o’qiymiz hozirda 4-son maktabda A’lo o’qib albatta Olim bo’lish niyatda A’lo o’qish uchun . olim bo’lish uchun bo’sh vaqtingizni mazmunli tashkil eting . Bunda O’zbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich raisligida 2019 yil 19-martda yoshlarga e’tiborni kuchaytirish , ularning san’at , sport , axborot texnologiyalari va kitobga qiziqishini oshirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi . Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus qabul qilindi. Biz darsimiz davomida bu tashabbusning har biri bilan tanishib , o’rganib chiqamiz .
II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash