Sinf: 6-b sinf



Yüklə 20,91 Kb.
tarix28.04.2023
ölçüsü20,91 Kb.
#104453
biosfera


Sana: 25-fevral 2023-yil
Tabiiy fani
Sinf: 6-B sinf


Mavzu: Biosfera
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar.
VI. Texnik jihoz: Kompyuter
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholasah: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash

X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:


Biosfera (yunoncha bios – “hayot”, sphaira – “shar”) – sayyoramizning tirik organizmlar yashaydigan qobig‘i. Unga atmosferaning quyi qismi, litosferaning yuqori qismi va butun gidrosfera kiradi. Qalinligi 30–40 km atrofida.
Biosferaning boshqa qobiqlardan eng asosiy farqi – bu muhitda tirik organizmlarning (o‘simliklar, mikroorganizmlar, hayvonot dunyosi) mavjudligi hisoblanadi. Jumladan, odam ham mana shu qobiqda hayot kechiradi. Yer yuzida organizmlar notekis taqsimlangan. Olimlar tomonidan tirik organizmlarning tarqalishi tahlil qilinganda, eng ko‘p miqdor ekvatorial kengliklarga (sernam ekvatorial o‘rmonlarga) to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Organizmlar quruqlik yuzasi va 150 m balandlikkacha bo‘lgan havoda, tuproqda, okean va dengizlar suvining yuzasi hamda 150 m chuqurlikkacha bo‘lgan qismlarida eng ko‘p tarqalgan. Tabiat zonalari – iqlimi, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi quruqlikning yirik tabiiy komplekslari. Tabiat zonalari, asosan namlik va issiqlikning notekis taqsimlanishi natijasida ekvatordan
qutblar tomon almashinib keladi. Ayrim tabiat zonalari bilan tanishib chiqamiz. Sernam ekvatorial o‘rmonlar zonasi. Mazkur tabiat zonasiga ekvatorning har ikki tomonidagi yondosh hududlar kiradi. Bu tabiat zonasida o‘rtacha oylik harorati yil bo‘yi deyarli bir xil – +25⁰C atrofida bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 2000 mm dan oshadi, yil bo‘yi bir xilda taqsimlanadi. Mazkur zona o‘simliklarining asosiy xususiyati doimiy yashilligi, ko‘p yarusliligi va juda qalinligidir. Bu yerlarda fasllar almashinmaydi, yil bo‘yi faqat bitta fasl – yoz bo‘ladi.
Mavsumiy nam tropik o‘rmonlar zonasi. Bu zona sernam ekvatorial o‘rmonlar zonasini shimol va janub tomonlardan o‘rab turadi. Bu zonaga ikki fasl xos: sernam issiq yoz va quruq issiq qish. Sernam yozda tabiat ekvatorial o‘rmonlardan farq qilmaydi. Qurg‘oqchil davrda esa daraxtlar bargini to‘kadi.
Savannalar va siyrak o‘rmonlar zonasi. Bu zona mavsumiy o‘rmonlar zonasiga tutashib turadi. O‘rtacha oylik harorat +15⁰C – +32⁰C atrofida. Lekin yog‘in kam, asosan yoz oylarida yog‘adi. Sernam fasl 8-9 oy davom etadigan joylarda baland o‘tloqli savannalar, 6 oy davom etadigan joylarda tipik savannalar va quruq fasl uzoq davom etadigan joylar (asosan cho‘llarga yondosh hududlar) da cho‘llashgan savannalar tarqalgan. Bu zona yirik hayvonlarning ko‘pligi bilan ajralib turadi.
Chala cho‘l va cho‘llar zonasi. Subtropik, tropik va mo‘tadil mintaqalarda, ayniqsa, Afrika va Osiyo qit’alarida cho‘llar juda katta maydonni egallagan.
Iqlimi quruq va issiq (o‘rtacha oylik harorat +30⁰C dan yuqori), yillik yog‘in miqdori juda kam (100–200 mm, asosan yoz oylarida yog‘adi), oqar suvlarga boy bo‘lmagan zona hisoblanadi. O‘simliklar siyrak bo‘lib, quruq iqlim sharoitiga moslashgan.
O‘rmon-dasht va dashtlar zonasi. Bu zona Shimoliy yarimsharda keng maydonlarni egallagan. Janubiy yarimsharning bu kengliklari asosan dengiz va okeanlar bilan qoplanganligi uchun dashtlar kam. Dasht zonasi tuproqlari unumdor bo‘lganligi uchun hozirgi vaqtda bu zona deyarli to‘liq dehqonchilik maqsadlarida foydalaniladigan yerlarga aylantirilgan.
Aralash va keng bargli o‘rmonlar zonasida yog‘in nisbatan ko‘proq (400–1000 mm atrofida). Qish ancha sovuq, yoz iliq bo‘ladi. Bu zonaning ko‘p yerlari keng bargli va ignabargli o‘rmonlar bilan qoplangan.
Tundra va o‘rmon – tundra zonalari asosan Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy hududlarida keng tarqalgan. Yoz salqin va qisqa, qish esa qattiq va uzoq davom etadi (7–9 oy). Yillik yog‘in miqdori 200–400 mm atrofida. O‘rtacha oylik harorat iyulda +10⁰C +13⁰C atrofida, yanvarda esa –10⁰C dan –40⁰C gacha pasayib ketadi.
Arktika cho‘llari zonasi Shimoliy Muz okeanidagi ko‘plab orollarni va Antarktidani o‘z ichiga oladi. Asosan qor va muzlar bilan qoplangan. Bu zonada havo juda sovuq va past haroratli davr juda uzoq davom etadi. Yog‘in asosan qor shaklida yog‘adi.
Tabiat zonalari nafaqat ekvatordan qutblarga tomon, balki tog‘ etagidan cho‘qqisiga qarab ham almashinib boradi. Bu balandlik mintaqalanishi deyiladi.

XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:


1. Global iqlim o’zgarishi tabiat zonalarining chegaralariga qanday ta’sir ko’rsatadi?
2. Balandlik mintaqalanishining vujudga kelishining asosiy sabablari nimalar?


XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.Mavzuga doir savollar tuzib kelish.
Yüklə 20,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin