Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi siyosiy-iqtisodiy yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1.O`zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatni kim amalga oshiradi?
2. Vazirlar Mahkamasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
3. Vazirlar Mahkamasi qay tartibda tuziladi?
4.Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari nimalardan iborat?
5.Hukumatsiz mamlakatni tasvvur qilib ko`ring. Bunda qanday ahvol ro`y berishi mumkin?