Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi siyosiy-iqtisodiy yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1.Huquqbuzarlik tushunchasiga ta`rif bering.
2.Huquqbuzarlikning qanday belgilari mavjud?
3.Ijtimoiy xavflilik qanday holatlarda vujudga kelishi mumkin?
4.Huquqqa zidlik atamasini qanday tushunasiz?
5.Ayblilik nima degani?
Yangi mavzunibayoni: 15 daqiqa.
Huquqiy javobgarlik – huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning huquq normalariga asoslangan, o`z qilmishi uchun javob berishi, davlat majburlov choralari ko`rinishidagi oqibatlarga duchor bo`lishi va ularni boshidan kechirishidir.