Sinf: 8 Fan: O`zbekiston davlati va huquqi asoslari. Mavzu


Sana: _______________________ 26 Sinf



Yüklə 87,02 Kb.
səhifə73/96
tarix28.04.2022
ölçüsü87,02 Kb.
#56605
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96
8-sinf huquq Konspekt 020918094229

Sana: _______________________ 26

Sinf: 8

Fan: O`zbekiston davlati va huquqi asoslari.

Mavzu: Nazorat ishi - 3

Maqsad:

Ta`limiy:o`quchilarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish;

Tarbiyaviy: o`quvchilarning huquqiy va siyosiy tafakkurni shakllantirish;

Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni olgan bilimlarini mustahkamlash;

Ko`rgazmalilik: nazorat daftarlari,“O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, doska, bo`r.

Dars turi: ochiq test, yopiq test, aralash;

Dars uslubi: “ ko`p variantli”

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:5 daqiqa.

Salomlashish, davomatni aniqlash, nazorat daftarlarini o`quvchilarga tarqatish va ular e`tiborini nazorat ishini bajarishga qaratish.

Yangi mavzuni bayoni: 35 daqiqa.

1. O`zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni tashkil qilish masalasi bo`yicha referendum

qachon o`tkazildi?

A) 2005 – yil 20-avgust B) 2002 – yil 27-yanvar C) 2005 – yil 29-avgust D) 2002 – yil 18-yanvar

2. . O`zbekiston Respublikasida Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati necha yil?

A) to`rt yil B) besh yil C) olti yil D) uch yil

3. O`zbekiston RespublikasiKonstitutsiyasining qaysi moddasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi OliyMajlisi-

ning qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat qilib

belgilangan?

A) 75-modda B) 78-modda C) 77-modda D) 71-modda

4. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati bo`lishi uchun fuqaro necha yoshga

to`lgan bo`lishi lozim ?

A) o`ttiz yoshga B) yigirma besh yoshga

C) o`ttiz besh yoshga D) yigirma bir yoshga

5. O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi

moddasida mustahkamlab qo`yilgan?

A) 97-modda B) 98-modda C) 87-modda D) 91-modda

6. Asosiy qomusimizning qaysi moddasiga muvofiq, sud idoralari boshqa davlat hokimiyati tarmoqlarining o`zaro

aloqasi natijasi o`laroq saylash va tayinlash asosida tashkil topadi?

A) 106-modda B) 108-modda C) 107-modda D) 101-modda

7. Qaysi organ O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini sharhlash huquqiga ega?

A) Oliy sudB) Konstitutsiyaviy sud C) Oliy xo`jalik sudiD) Prokuratura

8. O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakolatlarining taqsimlanishi quyidagicha amalga oshiriladi:

A) Oliy Majlis deputatlari o`rtasida B) Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar o`rtasida

C) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o`rtasida

D) Oliy Majlisning qonunchilik palatasi va Senati o`rtasida

9. Davlat hokimiyati vakolatlari quyidagi organlar orasida taqsimlanadi:

A) prokuratura, ichki ishlar,tashqi munosabatlar, milliy xavfsizlik,mudofaa organlari

B) qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tizimi

C) huquqni muhofaza qiliuvchi davlat organlari D) sud, prokuratura, qurolli kuchlar


Yüklə 87,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin