Web sahifalarga gipermurojaat WWW ning asosiy xususiyatlaridan biridir. Istalgan bir hujjatdan boshqa bir WWW hujjatga HTML ning maxsus tegi yordamida murojaat bo‘lishi mumkin. Web ga sayohat paytida siz Web sahifalarda gipermatnli murojaatlarga to‘qnashgan bo‘lsangiz kerak. Bu matn fragmentlari ko‘k shriftda va tagi chizilgan bo‘ladi. Shu tariqa tasvirlangan matnlar murojaatmatnlari deyiladi. Agar siz uni sichqoncha bilan turtsangiz u avtomat ravishda boshqa Web – sahifaga murojaat qiladi. Har qanday URL manzilida 3 qism mavjud: protokol, internet uzeli, fayl nomi (o‘nga yo‘l ko‘rsatiladi, shart bo‘lsa). Protokol – bu 2 ta kompterning bir-biri bilan aloqasining qoidasi, biz WWW ning standart protokoli http (Hyper TextTransfer protocol) haqida gaplashamiz. Yana siz internet uzeli va fayl nomini ham ko‘rsatishingiz kerak. Masalan: http://www.tersu.uz/create Buni tushuntiradigan bo‘lsak, brauzer ko‘rsatilgan tersu.uz manzilini (http) aniq bir ulanish usuli yordamida internetga ulaydi va create direktoriyasidagi Web-sahifani topadi. Har bir internetdagi hujjat va fayl alohida resurslarning universal ko‘rsatkichi deb nomlanuvchi manzilga ega (uinform resource locator - URL). URL elektron pochta manzilini eslatib turadi. Internet – kompyuterlar URL ni qanday jo‘natishni, uni qanday topishni va nima bilan ulashni o‘zlari tushunadi. Web-sahifa qaerda joylashishidan qat'iy nazar xox u Yangi Zellandiyada bo‘lsin yoki Yaponiyada bo‘lsin WWW ular bilan bir xil ishlaydi. Brauzer har bir URL ni ishga solib sizga internetdagi hujjatni topib beradi va avtomatik ravishda taqdim qiladi. Dunyo bo‘ylab Web uzellarni ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan shaxsga URL haqida va kerakli domen kalitni qanday topishni o‘ylashga zarracha ehtiyoj yo‘q. Navbatdagi oldimizda turgan vazifa yuqorida aytganimizdek "bino xaritasini" tuzishdan iborat. Buning uchun biz eng birinchi navbatda havola (silka) tushunchasining tub ma'nosiga yetishimiz lozim.