Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog‗liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi.
Axborotli jarayonlarga quyidagilar kiradi: hosil qilish, to‗plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o‗lchash, ishlatish, qaytaishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko‗rinishgao‗tkazish, tarqatish, bo‗laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formatlashtirish, kodlash, buzish.
Axborotni saqlash: ―save‖ va ―save as‖ buyruqlari yordamida amalga oshiriladi Axborotni axborot tashuvchi vositalar orqali boshqa bir insonga yetkazish, axborot uzatish deyiladi.
Axborotni qayta ishlash, axborotning turiga qarab amalga oshiriladi.
PhotoShop rastrli grafik muharriri va uning interfeysi.
PhotoShop yordamida quyidagi amallarni bajarish mumkin.Fotosurataing chekka qismlarini va undagi keraksiz obyektlami olib tashlash, rasm o'lchamini va undagi piksellar zichligini o'zgartirish, rasmning saqlash formatini o'zgartirish, rasmni yoki uning bir qismini boshqa tekisllik yoki sirtda ko‗rinadigan qilib transformatsiyalash, fotosuratai olish paytida yo‗l qo'yilgan kamchiliklami bartaraf qilish, masalan, uni olish paytida ko‗p ushlab qolingan, oq rangning balansini o‗zgarib ketishi, yorqinlik yoki kontrastlik ko‗payib yoki kamayib ketishi oqibatida vujudga kelgan kamchiliklami bartaraf qilish va yana ko‗plab amallami bajarishni PhotoShop yordamida oson
amalga oshiriladi.
PhotoShop asosan, tayyor fotosuratlarni qayta ishlash uchun mo‗ljallangan bo‗lishiga qaramay, unda hayotda va tabiatda uchramaydigan yangi fantastik suratlami yaratishning ham keng imkoniyatlari mavjud. Yangi tasvir yaratish amali tayyor fotosuratlar asosida yangisini yaratish paytida ham kerak bo‗ladi. Bunda turli suratlarning bo‗laklari yangidan yaratilgan suratgajoylab chiqiladi.
PhotoShop dasturining interfeysi quyidagi qismlardan iborat: 1) sarlavha satri va asosiy menyu;
2) parametrlar paneli; 3) uskunalar paneli; 4) palitralar sohasi; 5) ishchi soha; 6) holat satri.