Sinf Informatika va axborot texnologiyalari


PhotoShop fayllari bilan ishlash



Yüklə 425,58 Kb.
səhifə5/42
tarix22.05.2023
ölçüsü425,58 Kb.
#119872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
11-sinf informatika javob

PhotoShop fayllari bilan ishlash.


PhotoShopda fayllar bilan ishlash boshqa ilovalardagidan ko‗p farq qilmaydi. Kompyuter grafikasi ommaviy tarzda qo‗llaniladi va tasvirlami kompyuter xotirasida saqlash uchun ko‗plab formatlar ishlab chiqilgan. Ulardan ba‘zilari keng tarqalgan, ba‘zilari faqat tor sohada ishlatiladi. Bmp (ingliz tilidagi Bitmap Picture) - rastrli tasvir jumlasidan olingan. Birinchi grafik formatlardan biri, Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va qo‗llab-quwatlanadi. Keng tarqalgan. Lekin oxirgi paytda boshqa formatlarga o‗z o‗mini bo‗shatib bermoqda. Gif (Graphics Interchange Format) - tasvirlar almashish formati jumlasidan olingan. Bir faylda bir necha tasvirlarn
i saqlay oladi va soda animatsiyalar uchun juda qulay. Kam joy egallaydi. Kamchiligi shuki, ko‗pi bilan 256 ta rangni saqlay oladi. Fotusuratlami saqlaganda katta yo‗qotishlarga yo‗l qo‗yadi. Intemetda va Web dizaynda keng qo‗llaniladi. Tiff (ingliz tilidagi Tagged Image File Format) - belgilab chiqilgan tasvir fayli formati jumlasidan olingan. Birinchi tasvir formatlaridan biri. Unda bir qator o‗zgartirishlar kiritilgan. Microsoft, Adobe, Apple kabi yirik kompaniyalar tomonidan qo`llab-quvvatlanishi sababli hozirgi paytda ham ommaviyligicha qolmoqda. Skanerlar, fotoapparatlar ishlab chiqaruvchilar ham undan keng foydalanadilar.
Jpeg (Joint Photographic Experts Group) - fotografiya ekspertlarining birlashgan guruhi (Yevropa ittifoqi) tomonidan ishlab chiqilgan. Eng keng tarqalgan format. Barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Kam joy egallaydi, tasvir sifatini to`lliq saqlashi mumkin. Lekin tasvir hajmi ko‗p kamaytirilganda sifati yomonlashadi.
Pcx (PC eXchange) - shaxsiy kompyuterda ma`lumot almashish jumlasidan olingan. Birinchi grafik formatlardan biri. Bu formatda juda ko‗p tasvirlar saqlangan. Oxirgi paytda uning o‗miga png, jpeg formatlaridan foydalanilmoqda.
Raw (ingliz tilida raw) - xom, hali tayyor emas, degan ma‘noni bildiradi. Sifatli fotoapparatlarda olingan suratlami saqlash uchun ishlatiladi. Odatda, fotoapparatlar olingan suratni darhol qayta ishlab, uning hajmini kamaytiradi. Bunda fotosuratlaming sifati ba‘zan biroz, ba‘zan ko‗proq pasayadi. Bu formatda saqlangan fotosuratning kamchiliklarini va ularni bartaraf qilishni foydalanuvchining o‗zi tanlaydi. Bu esa yaxshi chiqmagan fotosuratlami ham qayta tiklash imkonini beradi. Kamchiligi fotosuratlar katta hajmda bo`lishi (25 MB gacha). Faqat qayta ishlanmagan fotosuratlami saqlash uchun ishlatiladi. Oxirgi paytda ommaviylashib bormoqda. Png (Portable Network Graphics) - tarmoq uchun portativ (ixcham) grafika jumlasidan olingan. Intemetda keng qoTlaniladi. U gif formati o‗rnini egallab bormoqda.
Pdf (ingliz tilida Portable Document Format) - elektron hujjatlar formati degan jumladan olingan. Dastlab poligrafiya mahsulotlarini elektron ko‗rinishda saqlash uchun mo`lljallangan. Kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan hajmi nisbatan kattaligi, tasvirlash ko‗proq vaqt talab qilishi kabi kamchiliklari dolzarb bo`lmay qoldi. Hozirgi paytda keng tarqalgan. Unda matn bilan birga rastr va vektor turidagi tasvirlar ham saqlanadi. Undan tasvirlarni ajratib olsa bo‗ladi. Adobe kompaniyasi mahsuloti. Bu formatlar yordamida tasvirlarni nafaqat PhotoShopda, balki boshqa ilovalarda ham ochish va ular bilan ishlash mumkin. PhotoShop bu formatlardan tashqari o‗zining bir nechta maxsus formatiga ham ega. Bu formatlar orasida ko‗p ishlatiladigani .psd kengaytmalisidir. Bu formatda saqlangan tasvirda PhotoShopning barcha imkoniyatlari saqlab qo‗yiladi. Shu sababli, qayta ishlash tugallanmagan tasvirlami shu formatda saqlash va kerak bo‗lganda ulami qayta ishlashni davom ettirish mumkin.

Yüklə 425,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin