Kompyuter belgilarning o‗zini emas, balki shu belgilarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda belgilar signalning ikkita (magnitlangan yoki magnitlanmagan; tok bor yoki tok yo‗q va h.k.) qiymati bilan ifodalanadi. Shartli ravishda bu signalning birinchisini 1 raqami bilan, ikkinchisini esa 0 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo‗lib, bunday kodlash axborotni ikkita belgi yordamidakodlash (qisqacha, ikkilikda kodlash) nomini olgan. Shuning uchun kompyuterda saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan va uzatilayotgan axborot (son, matn, rasm, tovush) 0 va 1 raqamlarining ketmaketligi ko‗rinishida kodlanishi shart. Ikkilikda kodlash orqali barcha axborot ikkita belgidan iborat, ya‘ni quvvati 2 ga teng bo‗lgan alifbo tilida xabar ko‗rinishida yoziladi. Odatda, kompyuterda tekis kodlash usuli qo‗llanadi, ya‘ni axborotning belgilari 0 va 1 raqamlarining bir xil miqdordagi ketmaketligi ko‗rinishida ifodalanadi. Kodning uzunligi kodlash uchun zarur bo‗lgan variantlarning miqdori bilan aniqlanadi. Ikkilikda kod lashda faqat 2 ta belgi qatnashgani uchun mta razryadli (xonali, uzunlikdagi) bir-biridan farqli variantlar soni N=2m formula bilan hisoblanadi. Masalan, diada kodida 22=4 ta, triada kodida 23=8 ta, tetrada kodida 24=16 ta birbiridan farqli variant borligini ko‗rgansiz. Agar ikkilik raqamidan iborat kod uzunligi 8 ta razryadli bo‗lsa, u holda 28=256 ta turli xil belgini kodlash mumkin bo‗ladi. Umuman, bizga B ta signalni yoki belgini ikkilikda kodlash kerak bo‗lsa, u holda ikkilik kodi uzunligi (razryadi) bo‗lgan m soni quyidagi tengsizlikdan aniqlanadi:
2m–1 < B ≤ 2m Masalan, 123 ta ismni kodlash uchun 2m–1 < 123 ≤ 2m tengsizlikdan ikkilik kodi uzunligi 7 ga teng ekanligini aniqlaymiz. Kompyuterda yuqori va quyi registrdagi lotin va kirill harflari, o‗nlik sanoq sistemasi raqamlari, qavslar, tinish belgilari, arifmetik amal va boshqa belgilarni kodlash uchun 8 razryadli ikkilik kodlari yetarli bo‗ladi. Shu uzunlikdagi ikkilik kodlari asosida jahon andazalaridagi quyidagi kodlash jadvali – ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali qabul qilingan.