Asosi o‗n bo‗lmagan pozitsiyali sanoq sistemasidagi manfiymas butun sonni o‗nlik sanoq sistemasiga o‗tkazish uchun uni ixcham ko‗rinishidan yoyiq ko‗rinishga o‗tkazish va yig‗indi natijasini hisoblash kifoya.
Masalan:
1. 1011012 = 1 . 25 + 0 . 24 + 1 . 23 + 1 . 22 + 0 . 21 + 1 . 20 = 32 + 8 ++ 4 + 1 = 4510.
2. 11012 = 1 . 23 + 1 . 22 + 0 . 21 + 1 . 20 = 8 + 4 + 1 = 1310.
O‗nlik sanoq sistemasidagi manfiymas butun sonni p asosli sanoq sistemasiga o‗tkazish uchun berilgan sonning p ga qoldiqli bo‗linmalaridan biri p dan kichik bo‗lguncha p ga ketmaket qoldiqli bo‗linadi va qoldiqlar o‗ngdan chapga qarab yozib olinadi. Sonlarni ixtiyoriy pasosli sanoq sistemasidan q asosli sanoq sistemasiga o‗tkazish uchun, son avval p asosli sanoq sistemasidan o‗nlik sanoq sistemasiga o‗tkaziladi, so‗ng o‗nlik sanoq sistemasidan q asosli sanoq sistemasiga yuqoridagi usullarda o‗tkaziladi.
Demak, o‗nlik sanoq sistemasi ixtiyoriy pozitsiyali sanoq sistemalari orasida «ko‗prik» vazifasini o‗taydi. Sonlarni o‗tkazishda 2,4,8,16lik sanoq sistemalarida yuqoridagi usullardan farqli kodlashni diada, triada va tetrada usullaridan foydalanish qulay. Sonlarni bunday o‗tkazish (kodlash)da butun son oldiga yozilgan 0 raqamlari son qiymatiga ta‘sir etmasligi hisobga olinadi. Diada, triada va tetrada usullarida «ko‗prik» vazifasini ikkilik sanoq sistemasi o‗taydi.