O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini 30 yilligiga bag'ishlangan
“ Yangi O zbekistonda erkin va farovon yashaylik! ”
shiori ostida tayyorlagan bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Mavzu: Vatan uchun yashaylik
Shior: Yangi O(zbekistonda erkin vafarovon yashaylik!
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad-o'quvchilarga istiqlol bu- ajdodlarimiz ko'p yillar orzu qilgan erkinlik, hurlik ekanligini, yurtimiz kelajagining nechoglik porloq bo'lishi yosh avlodga bog'liqligi hamda zamon bilan hamnafas yashash bugunning talabi ekanligini tushuntirish;
tarbiyaviy maqsad- dunyoqarashi keng va chuqur bilimlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, shukronalik hissini uyg'otish, boy tariximizni ko'z qorachig'idek asrash, davlat ramzlariga hurmat, yurtga sadoqat hissini tarbiyalash. rivojlantiruvchi maqsad- o ‘quvchilar faolligi, iqtidor va salohiyatini rivojlantirish,
2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili, shuningdek, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili ” davlat dasturi, “Obod qishloq ”, “Obod mahalla”, “Har bir oila - tadbirkor”, “Yoshlar - kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma’no-mazmuni va ruhi mujassam etganligini o ’quvchilar ongiga singdirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Dars turi: aralash
Dars metodi: suhbat, savol- javob, “Tarmoqlash” metodi, “Bilarjonni kim yengadi?” talimiy o 'yini.
Darsning jihozi:
didaktik jihoz: Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning“Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz ” asari, davlat ramzlari, Harakatlar strategiyasiga oid video va audio yozuvlar, mustaqillik yillari rasmlari. texnik jihoz: televizor, noutbuk, slaydlar.
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
a) salomlashish hamda navbatchi axborotini tinglash; b) davomatni aniqlash hamda tozalik nazorati;
Ish boshidir intizom. Ustozlarga chin dildan, Deymiz, salom, assalom! o'quvchi: Mustaqil yurtimizning, Kelajagi bizlarmiz.
Ona Vatan bag'rida,
Baxtin topgan bizlarmiz. o'quvchi: Ona yurtga muhabbat, Yosh avlodning dilida. Madhiyamiz yangraydi,
Bolajonlar tilida.
O'qituvchi: - Assalomu alaykum, bilimga chanqoq o'quvchilar, aziz mehmonlar, Istiqlolning 30yilligiga bag'ishlangan darsimizni boshlaymiz. o'quvchi: Mustaqillik qutlayman seni,
Bor san 'atim, bayotim bilan.
Mustaqillik asrayman seni,
Kerak bo 'lsa hayotim bilan. O'tilgan mavzuni mustahkamlash:
Ta’til topshiriqlari asosida suhbat o’tkaziladi.Suhbat mavzusi bevosita tinchlik mavzusi bilan bog'lanib ketadi.Tinchlik tushunchasini barcha o'quvchilar o'zlaridan kelib chiqqan holda tushuntiradilar.Mustaqillik bayrami haqida o'quvchilar tushunchasi tinglanadi. o'quvchi: 1991- yil 31- avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e'lon qilindi.
o'quvchi: Tarix sahifasiga 1- sentabr - Mustaqillik kuni sifatida zarhal harflar bilan bitildi.
o'quvchi: Yurtimizda o'tgan 30 yil mobaynida ko'plab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa keyingi yillarda bunyodkorlik ishlarini aytib adog'igayetolmaymiz.
o'quvchi: Turkistonli shonimiz,
Turonli unvonimiz.
Vatan bizning shonimiz Fido bo'lsinjonimiz. Yangi mavzu bayoni.
Tarixda hech bir xalq yoki millat o’z ozodligi va mustaqilligini osonlik bilan qo’lga kiritmagan. Buni jahon tarixi, jumladan, yurtimiz tarixi ham isbotlaydi. Bizning ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz qadim tariximiz davomida necha bor yovuz bosqinchilar hujumiga duch kelib, Vatanimiz ozodligi uchun kurash olib borganlar. Masalan, To’maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Mahmud Torobiy, Amir Temur singari mard va bahodir sarkardalarimiz boshchiligida yovlarga qarshi qilingan jangu jadallar, so’nggi 130 yildan ortiqroq davom etgan istibdod davridagi ozodlik kurashlari, jadid bobolarimizning xalqimizni jaholat va mustamlakachilik domidan xalos etish yo’lidagi ma’rifiy harakatlari bu fikrning tasdig’idir.
2016-yil 4-dekabrda marhum prezidentimiz bilan yelkama-yelka yurgan, doimo xalq manfaatlari uchun jon kuydurgan O’zbekiston o’g’loni Shavkat Mirziyayev Miromonovich prezidentlik saylovida g’olib chiqdi va O’zbekiston Respublikasi prezidenti deb e’lon qilindi.
Bu yil 2021 yil davlatimiz prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan “2021 yil — Yoshiarni qo'llab- quvvatiash va ahoii saiomatiigini mustahkamlash yiii” deb e’lon qilindi.
So'ngra o'quvchilar e’tiboriga slaydlarda rasmlar havola etiladi va ular haqidagi tushunchalari so'raladi.
Yangi O'zbekiston
YANGI O'ZBEKISTON -
YANGICHA DUNYOQARASH
Prezidentimiz raisligida 2019-yil 19-mart kuni o ’tkazilgan yoshlarni ma ’naviyatini yuksaltirish va ularni bo ’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda 5 ta muhim tashabbusni belgilab berdi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodiniyuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyish qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.