Sinf rahbarining o’quvchilar jamoasini shakllantirish metodikasi



Yüklə 18,54 Kb.
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü18,54 Kb.
#211713
  1   2   3   4   5   6   7
Sinf rahbarining o’quvchilar jamoasini shakllantirish metodikasi

Sinf rahbarining o’quvchilar jamoasini shakllantirish metodikasi

Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 705- guruh talabasi

Yangiboyeva Mashhura

Reja:

Kirish

  • Sinf rahbarining sinf jamoasi bilan tarbiyaviy ishlar mazmuni
  • Sinf rahbarining faoliyatiga qo’yiladigan pedagogik va psixologik talablar.
  • Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati
  • Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar
  • Xulosa

Kirish

Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir. Chunki tarbiyachilik talanti juda ko’p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jondildan ko’ngil qo’yish bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo’shilsa ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir.

Sinf rahbarining sinf jamoasi bilan tarbiyaviy ishlar mazmuni

  • Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir o’quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o’zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo’lga g’oyaviy-axloqiy g’oyaga mos bo’lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko’pligiga asosiy sabab o’quvchilarning oldiga qo’yilayotgan talablar tarbiyachi harakterda hamisha ham namoyon
  • bo’lavermasligidadir. Sinf rahbarining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalariga odilona baho beruvchi xolis hakam – tarbiyalanuvchilar. Avvalo, sinf rahbarining amaliy faoliyati faqat yarimi tarbiya texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak. Uning ikkinchi yarimi bu san’at. SHu tufayli sinf rahbariga qo’yiladigan dastlabki talab – unda pedagogik qobiliyat mavjud bo’lishi kerak. Sinf rahbarining qobiliyati– bu o’quvchilar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bo’lgan munosabatdan mamnun bo’lish bilan ifoda bo’ladigan shaxsning sifatlari.

Yüklə 18,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin