Sinf…5 Sana “ ” 201 yil. Mavzu



Yüklə 485 Kb.
səhifə37/105
tarix18.03.2022
ölçüsü485 Kb.
#53933
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105
5-sinf Vatan tuyg\'us konspekti(2)

Samarqandning noni

Aytishlaricha, bir zamonlar Bag'dod podsholaridan biri Samarqandning noniga havas qilib, o'z poytaxtida ham shunday mazali non yoptirmoqchi bo'libdi. Shu maqsadda Samarqanddan eng mashhur novvoyni chaqiribdi. «Bag'dod zaminida ham Samarqanddagidek shirin non yopish uchun nima zarur bo'lsa, barchasini muhayyo qilinglar», debdi podsho o'z vazirlariga. Samarqandlik usta o'z shahridan tuproq olib kelib, loy qorib, tandiryasash lozimligini aytibdi. Uning aytgani ado etilibdi. UstaSamarqanddan o'tin olib kelishlari zarurligini bildiribdi. Bu istak ham bajarilibdi. Samarqand suvi va unidan olib kelinib, xamirqorilibdi. Xullas, hamma narsa taxt qilinibdi. Bularning barchasidanI podshoni xabardor qilibdilar. Podsho novvoyni huzuriga chorlab,
«Xo'sh, kerakli narsalarning hammasi tayyormi, bo'lmasa, ishniboshla!» debdi. Shunda novvoy uzr so'rab, «Hazratim, hali hammanarsa taxt bo'lgani yo'q», debdi. Podshoning jahli chiqib, «Senga yana nima kerak, hamma narsa taxt-ku?» debdi.Novvoy avval-boshdanoq podshoning istagini amalga oshirib bo'lmasligini yaxshi bilar ekan. Ammo bu haqiqatni unga ochiqaytib bo'lmasligini ham tushunar ekan. «Bu ishning imkoni yo'q»,desa, uning boshi tanidan judo qilinishi hech gap emas edi.Shuning uchun podshoning o'zi bu ishning imkonsiz ekanigaishonch hosil qilsin, degan niyatda novvoy oxirgi shartni aytib,shunday debdi: «Hazratim, endi yana Samarqandning havosi bilan Samarqandning quyoshi bo'lsa, bas, boshqa hech narsakerak emas. Ana shundan keyin non yopishni boshlasam bo'ladi».Shunday deb, novvoy ham jazodan, ham imkonsiz ishni amalga oshirish azobidan qutulib qolibdi.Odamzod qadim-qadim zamonlardan buyon turli millat va elatlarga, davlat va xalqlarga bo'Unib yashab keladi. Bunday xilmaxillik orqali har bir xalq o'z milliy an'analarini saqlab, ota-bobolarining rasm-rusum va qadriyatlarini davom ettiradi. Bu rasm-rusumva qadriyatlar har bir xalq yoki millat makon tutgan joy bilan bog'liqholda shakllanadi. Ya'ni, ular aynan o'troq hayot mahsuli, qadrdono'lkaga mehr qo'yib yashash natijasidir. Masalan, daryo va dengizbo'ylarida yashagan xalqlarning urf-odat va an'analari cho'l va sahrohududlarida yashaydigan xalqlarniJcidan mutlaqo farq qiladi. Chunkiinson qayerda yashasa, uning tabiati, fe'1-atvori o'sha joyning tabiiyshart-sharoiti, iqlimi, hatto tuproq va suvining xususiyatlariga moslashib qoladi. Unda ana shu shart-sharoitga xos ko'nikmalar paydo bo'Iadi. Bu ko'nikmalar yillar, asrlar o'tishi bilan odat, an'ana varasm-rusumga aylanadi. Shu tariqa inson yashagan joy, ya'ni vatangaxos xususiyatlar uning farzandlari vujudiga singib ketadi.

Prezident Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch»kitobida bu haqda alohida to'xtalib, quyidagilarni ta'kidlaydi: «Masalan,Sharq olamida, jumladan, o'zimizning O'rta Osiyo sharoitida jamoabo'Jib yashash tuyg'usi g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi vaodamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-birini qo'Hab-quvvatlabhayot kechirishga zamin tug'diradi. Shu ma'noda, xalqimizningturmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan bo'lsak, boshqalargahech o'xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan, nafaqato'zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyonbo'Iadigan bir qator o'ziga xos xususiyatlarni ko'ramiz.Misol uchun, tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma'no-mazmun bilanboyitadigan va to'ldiradigan iboralarni olaylik. Qanchalik g'alatituyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynan tarjima qilishning
o'zi mushkul bir muammo»1.Vatanning o'ziga xos xususiyatlari hatto insonning yuz tuzilishi, chehrasida ham aks etib turadi. Masalan, o'zbekni yapondan, arabniturkdan, lotin amerikalikni yevropalikdan yuzi va ko'ziga qarabfarqlash mumkin. Qisqasi, Vatan barcha xususiyatlari bilan o'zfarzandlarining rahi va vujudiga singib ketadi. Shuning uchun hamo'z yurtini chin dildan sevgan insonlar «Vatan — mening jon-ujahonim» deya xitob qiladi. Vatan bunday insonlarning o'zligi, or-nomusi, sha'n-u sharafi ramziga aylanadi


Yüklə 485 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin