Dars jarayoni va texnologiyasi
Tashkiliy qism 5 daqiqa Yangi mavzu 15 daq Baholash 3 daq
Uyga vazifani so’rash 15 daq Mustahkamlash 5 daq Uyga vazifa 2 daq
I. Tashkiliy qism
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
II. Uyga vazifani so’rash. O’quvchilarni bilimini tekshirish va miyyasini charxlash maqsadida bir qancha savollar beriladi. Bunda o’quvchilar bilimi sinaladi va baxolanadi
III. Yangi dars bayoni:
Bu kutubxona 1870-yilda Toshkent xalq kutubxonasi degan nom bilan ish boshlagan, keyinchalik Turkiston davlat kutubxonasi, O‘rta Osiyo davlat kutubxonasi, O‘zbekiston davlat xalq
kutubxonasi degan nomlar bilan atalgan kutubxona negizida tashkil etildi.
Milliy kutubxona 2012-yili hozirgi muhtasham zamonaviy binosida ish boshladi. Bu bino go‘zal va betakror ko‘rinishi bilan har qanday odamni maftun etadi. U Ma’rifat markazi deb ataladigan, Milliy kutubxona bilan birga Simpoziumlar saroyini o‘z ichiga olgan majmua tarkibiga kiradi. Bu noyob koshona Toshkent shahrining Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan. Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston taraqqiyotning turli sohalarida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan xalqaro
konferensiyalar o‘tkaziladi. Bu anjumanlarda mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov qatnashadi va ma’ruza qiladi. Ma’rifat markazining sharq tarafida musiqali fontan, uning yonatrofida esa yashil maydon va xiyobonlar joylashgan. Milliy kutubxonaning ichkarisiga kirishingiz bilan hayratingiz
yanada ortadi. Bu yerda jami 12 ta zal bo‘lib, ularning har biri aniq vazifani bajaradi. Turli zallarda joylashgan kitob muzeyi, bolalar xonasi, kinomarkaz, bufet, dam olish zonalari, o‘quv markazi,
elektron kutubxona ham keng va yorug‘ligi, barcha qulayliklari bilan tashrif buyuradiganlarga xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Kutubxonaning kitob va axborot-resurs fondi nihoyatda boy hamda
xilma-xildir. Uning umumiy hajmi 6 million nusxadan ziyoddir. Ularning orasida Qur’oni karimning qadimiy nusxalaridan tortib, Alisher Navoiy va boshqa mumtoz shoir va adiblarimiz asarlarining
nodir qo‘lyozmalarigacha, XIX–XX asrlardagi milliy matbuotimiz namunalari, o‘zbek, jahon adabiyoti durdonalari hamda turli sohalarga oid ilmiy, ilmiy-ommabop kitoblar, ularning bosma va elektron nusxalari, internet materiallarini topish mumkin. Kutubxona bir vaqtning o‘zida 900 kishiga xizmat ko‘rsata oladi. Bu yerda 220 ta o‘quvchi o‘rni kompyuter bilan jihozlangan, bir akademik soat hajmida internetdan bepul foydalanish mumkin. Bundan tashqari, kutubxonada netbuklarni ijaraga berish yo‘lga qo‘yilgan, shuningdek, 10 ta infokiosk, brayil yozuvidagi, ya’ni ko‘zi ojizlar uchun kitoblar, brayil klaviaturasi bilan jihozlangan kompyuterlar mavjud. Bir so‘z bilan aytganda, Milliy kutubxona mamlakatimizning ma’naviy xazinasidir.
Dostları ilə paylaş: |