Sinf…5 Sana “ ” 201 yil. Mavzu


Dars jarayoni va texnologiyasi



Yüklə 485 Kb.
səhifə4/105
tarix18.03.2022
ölçüsü485 Kb.
#53933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
5-sinf Vatan tuyg\'us konspekti(2)

Dars jarayoni va texnologiyasi

Tashkiliy qism 5 daqiqa Yangi mavzu 15 daq Baholash 3 daq

Uyga vazifani so’rash 15 daq Mustahkamlash 5 daq Uyga vazifa 2 daq

I. Tashkiliy qism

O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.



II. Uyga vazifani so’rash. O’quvchilarni bilimini tekshirish va miyyasini charxlash maqsadida bir qancha savollar beriladi. Bunda o’quvchilar bilimi sinaladi va baxolanadi

III. Yangi dars bayoni:

«O'zbekiston xalqini, millatidan qat'iy nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi».Shuni bilingizki, fuqaro va inson so'zlari ma'nosiga ko'ra bir-biiidan farq qiladi. Fuqaro deganda, biror-bir mamlakat hududida doimiy yashaydigan, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida to'liq ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan insonlarni tushunishimiz kerak.Inson deganda esa, qaysi davlat ruqarosi bo'lishidan qat'i nazar,insoniyat avlodiga mansub bo'lgan hamma odamlarni tushunamiz.Ya'ni, «inson» tushunchasi «fuqaro» tushunchasiga qaraganda kengroq ma'no anglatadi. Buni yaxshi tushunib olish uchun mana bun day qiyoslash o'rinli bo'ladi: O'zbekiston fuqarolarining barchasi insonlardir. Lekin dunyodagi insonlarning barchasi O'zbekiston fuqarolari emas.Bu jahonda inson degan nomga munosib bo'lib yashash eng ulug' sharaf hisoblanadi. Buning uchun avvalo ota-onaga, el-yurtga mehr va sadoqat bilan xizmat qilish, hayotdagi sinovlar, mashaqqatlardan cho'chimasdan doimo ezgulikka intilib yashash lozim bo'ladi.

Ikkinchi jahon urushi davrida O'zbekistonga evakuatsiya qilingari turli millatga mansub minglab insonlarga o'zbek xalqi o'z uyidan joy berdi. O'ta og'ir sharoit bo'lishiga qaramay ko'plab o'zbek oilalari rus, ukrain, belorus va boshqa millatga mansub o'nlab ota-onasiz qolgan bolalarni o'z bag'riga oldi. Xalqimiz bir burda nonini ular bilan birga baham ko'rdi. Bu o'zbekona bag'rikenglikning bir ko'rinishi edi.

Yurtimizda yashovchi millatlarning rivojlanishi, madaniyati, tili, dini va urf-odatlari taraqqiy etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bugungi kunda O'zbekistonda 150 ga yaqin milliy madaniy markazlar faoliyat ko'rsatmoqda.

Turli millat vakillari qo'lni-qo'lga berib mehnat qilsa, tinch-totuv yashasa, yurt yanada obod, turmush esa farovon bo'ladi.

Muqaddas kitoblarimizda ham inson aziz va mukarram sanaladi. Shunday ekan, qaysi millatga mansub bo'lmasin, insonni hamisha hurmat qilishimiz, zarur paytda undan yor-damimizni ayamasligimiz darkor.

Millat - tili, madaniyati, tarixi, yashash hududi, san'ati, qadriyatlari umumiy bo'lgan kishilar guruhi.


Yüklə 485 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin