Sinf…5 Sana “ ” 201 yil. Mavzu


Dars jarayoni va texnologiyasi



Yüklə 485 Kb.
səhifə14/105
tarix18.03.2022
ölçüsü485 Kb.
#53933
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105
5-sinf Vatan tuyg\'us konspekti(2)

Dars jarayoni va texnologiyasi

Tashkiliy qism 5 daqiqa Yangi mavzu 15 daq Baholash 3 daq

Uyga vazifani so’rash 15 daq Mustahkamlash 5 daq Uyga vazifa 2 daq

I. Tashkiliy qism

O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.



II. Uyga vazifani so’rash. O’quvchilarni bilimini tekshirish va miyyasini charxlash maqsadida bir qancha savollar beriladi. Bunda o’quvchilar bilimi sinaladi va baxolanadi
III. Yangi dars bayoni:

Go‘dak ko‘z ochib dunyoga kelganidan so‘ng avvalo onasini taniydi hamda uning bag‘ridan panoh va rizq topadi. Onaning ko‘ksida tinch va osoyishta uxlaydi, orom oladi. Inson oilada o‘zini erkin va ozod sezadi. «O‘z uyim – o‘lan to‘shagim» degan maqolimiz aynan shuni nazarda tutib aytilgan. Dunyodagi hamma narsaning asosi bo‘lganidek, oilaning ham tayanch ustunlari bo‘ladi. Ular – ota bilan onadir.

Ona mehr-muhabbat, ezgulik va fidoyilik ramzi. Uni Vatanga qiyoslaymiz. Vatanni ta’riflaganda avvalo «Ona Vatan» deymiz. Ona va Vatan haqidagi taassurotlar bir-biriga o‘xshab ketadi. Vatan ham, ona ham farzandining baxti uchun hech narsani ayamaydi. Shuning uchun ham Vatanimizning bosh maydoni bo‘lgan Mustaqillik maydoniga «Baxtiyor ona» haykali o‘rnatilgan. Onaning allasida Vatan tuyg‘usi bosh mavzudir. Allada «katta bo‘lgin», «el-yurtingga xizmat qilgin» deb kuylanishi bejiz emas. Oilaning yana bir ustuni otadir. Ota – oila boshlig‘i, uyda adolat timsoli bo‘lib, barchaga ibrat va namuna ko‘rsatadigan zotdir. Qadimda biror-bir farzand yaxshi yoki yomon xulqi bilan jamoatchilik e’tiborini tortsa, darhol undan: «Otang kim, kimning bolasisan?» – deb so‘raganlar. Chunki, otaning kimligi farzand haqidagi eng muhim

baho hisoblangan. Odatda, o‘g‘il bolalar otaga, qizlar esa onaga taqlid qiladi. Shuning

uchun o‘g‘illar haqida gap ketsa, «Ota o‘g‘il», qizlar haqida gap ketsa, «Ona qiz» deydilar.


Yüklə 485 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin