Sinf…5 Sana “ ” 201 yil. Mavzu


Dars jarayoni va texnologiyasi



Yüklə 485 Kb.
səhifə16/105
tarix18.03.2022
ölçüsü485 Kb.
#53933
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105
5-sinf Vatan tuyg\'us konspekti(2)

Dars jarayoni va texnologiyasi

Tashkiliy qism 5 daqiqa Yangi mavzu 15 daq Baholash 3 daq

Uyga vazifani so’rash 15 daq Mustahkamlash 5 daq Uyga vazifa 2 daq

I. Tashkiliy qism

O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.



II. Uyga vazifani so’rash. O’quvchilarni bilimini tekshirish va miyyasini charxlash maqsadida bir qancha savollar beriladi. Bunda o’quvchilar bilimi sinaladi va baxolanadi
III. Yangi dars bayoni:

Qadimda bir bolaga onasi: «Bolam, tomga chiqib, o‘tin olib tushsang»,– debdi. Bu paytda bolaning otasi uyda uxlayotgan ekan. Shuning uchun bola: «Otam yotgan uyning tepasiga qanday chiqaman»,– deb, otasining uyqudan uyg‘onishini kutgan ekan.

Bola otasi sezmaydigan darajada sekinlik bilan tomga chiqsa bo‘lmasmidi?

Oilada «ota kasbi» degan tushuncha bor. Farzand ota kasbini egallasa, odamlar «Otasining qo‘lini olibdi», «Otasining davomchisi bo‘-libdi», deb undan xursand bo‘ladi. Ota kasbini davom ettirish asosida mashhur sulolalar paydo bo‘lgan.

Masalan, mamlakatimizda san’at sohasida Yunus Rajabiy asos solgan

rajabiylar sulolasi, sirk sohasida toshkentboyevlar sulolasi va boshqa sulolalar bor.

Bunday sulolalar tarixda ham ko‘p bo‘lgan. Masalan, yurtimizda temuriylar sulolasi, boburiylar sulolasi, Hindistonda gandilar sulolasi nomi ma’lum-u mashhur. Bunday sulolalar oilaviy an’analarini ulug‘lash orqali Vatanni ulug‘lashga xizmat qiladi.

Tarbiya insonning sog‘lom va barkamol bo‘lib o‘sishi, hayotga tayyor bo‘lishi uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarni tushuntirish, o‘rgatish va ibrat asosida singdirib borish

yo‘lidir. Oilada katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan bobolar va momolarning

o‘giti, pand-nasihatlari ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Xalqimiz: «Qush uyasida ko‘rganini qiladi»,– deydi. «Uya» deganda bog‘cha

yoki maktab emas, oila nazarda tutilayotgani uning inson tarbiyasidagi ta’siri

naqadar katta ekanini anglatadi. Jamiyat minglab oilalardan tashkil topadi. Shuning uchun oilani jamiyat negizi, uning asosiy bo‘-g‘ini, deymiz.



Yüklə 485 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin