Sinf…5 Sana “ ” 201 yil. Mavzu


Dars jarayoni va texnologiyasi



Yüklə 485 Kb.
səhifə12/105
tarix18.03.2022
ölçüsü485 Kb.
#53933
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105
5-sinf Vatan tuyg\'us konspekti(2)

Dars jarayoni va texnologiyasi

Tashkiliy qism 5 daqiqa Yangi mavzu 15 daq Baholash 3 daq

Uyga vazifani so’rash 15 daq Mustahkamlash 5 daq Uyga vazifa 2 daq

I. Tashkiliy qism

O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.



II. Uyga vazifani so’rash. O’quvchilarni bilimini tekshirish va miyyasini charxlash maqsadida bir qancha savollar beriladi. Bunda o’quvchilar bilimi sinaladi va baxolanadi

III. Yangi dars bayoni:

Biz so‘nggi yetmish yil mobaynida davlatga qaramlik va sig‘inish holatida yashadik. Mamlakatning, undagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat, deb hisoblab keldik. Ana shu masalada ham Konstitutsiyada tub burilish yasalgan.

Ya’ni, Asosiy qonunimizga «davlat, uning idoralari va mansabdor shaxslari jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar», degan modda kiritilgan.

Endilikda inson, uning hayoti, ozodligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi".

Birinchi Prezidentimizning ana shu fikrlari u kishining davlat, jamiyat va inson hayoti bilan bog‘liq har bir masalaga naqadar teran yondashganidan, shu asosda Konstitutsiyamizda eng murakkab savollarga ham javob topish mumkin ekanidan dalolat beradi.

Bugun hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad — inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak. Hozirgi vaqtda odamlar davlat idoralaridan nimani istayapti? Mana, odamlar nimalar haqida murojaat qilmoqda. Avvalo, ular turli sohalardagi byurokratik to‘siqlarni olib tashlash, qonunga zid bo‘lgan ko‘plab idoraviy yo‘riqnomalarni bekor qilish, stavkasi optimal bo‘lgan bank kreditlari ajratish, tadbirkorlik bo‘yicha noqonuniy tekshirishlarga barham berish haqida, huquq-tartibot idoralarining faoliyati haqida murojaat qilmoqda. Shu bilan birga, aholimizdan uy-joy qurilishi, kommunal, transport va savdo xizmati, energiya ta’minotini, yo‘llarning holatini yaxshilash bo‘yicha ham ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Lekin shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: mana shu murojaatlarda ko‘tarilgan hayotiy muammolarni joylardagi hokimlik va idoralar, tegishli mutasaddilar o‘z vaqtida hal etishi zarur emasmidi? Holbuki, bu masalada alohida qonun, ya’ni, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonun qabul qilingan. Lekin, ming afsuski, bu qonunning ijrosini nazorat qilish o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.

Shu sababli ana shu qonun talablarini bajarmayotgan rahbar va mansabdor shaxslarni nafaqat ma’muriy, balki jinoiy javobgarlikka tortish zarur, deb hisoblayman.

Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni avvalo barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur.

Shu munosabat bilan tadbirkorlik faoliyati va xususiy mulkni himoya qilish yuzasidan yaqinda qabul qilingan Farmon talablariga so‘zsiz amal qilishni ta’minlash shart. Nega deganda, xalq boy bo‘lsa, davlat ham albatta boy va qudratli bo‘ladi.




Yüklə 485 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin