Dars jarayoni va texnologiyasi
Tashkiliy qism 5 daqiqa Yangi mavzu 15 daq Baholash 3 daq
Uyga vazifani so’rash 15 daq Mustahkamlash 5 daq Uyga vazifa 2 daq
I. Tashkiliy qism
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
II. Uyga vazifani so’rash. O’quvchilarni bilimini tekshirish va miyyasini charxlash maqsadida bir qancha savollar beriladi. Bunda o’quvchilar bilimi sinaladi va baxolanadi
III. Yangi dars bayoni:
Vatan tushunchasi aniq joy bilan bog'liq bo'lgani uchun uning hududida o'ziga xos qadriyatlar, betakror ma'naviyat egasi bo'lgan xalq shakllanadi. Vatan shu xalqning mehnati, yaratuvchilik salohi- yati tufayli rivojlanadi. Vatanning aniq bir hudud bilan bog'liq ekanini tan olmaydigan, biz uchun butun yer yuzi — vatan, degan falsafa bilan yashaydigan odamlar ham bor. Ilm-fanda kosmopolitlar deb ataladigan bunday zotlar aslida vatansizlik g'oyasini targ'ib etadi.Bunday qarashlar zararhdir. Chunki inson o'zi tug'ilib, unib-o'sgan joyga mehr qo'ymasa, uni haqiqiy vatan deb bilib, asrab-avaylamasa, gullatib-yashnatmasa, avlodlariga meros qihb qoldirmasa, men uchun hamma yer vatan, degan tushuncha bilan yashaydigan bo'lsa, hayotda rivojlanish ham, doimiy qadriyat va an'analar ham bo'lmaydi.Ilm-fanda yana bir tushuncha - o'troq hayot degan ibora bor. U Vatan tushunchasi bilan bevosita bog'Uq. Chunki o'troq hayot bir joyda ildiz otib, doimiy muqim, ya'ni boshqa yerga ko'chmay yashashni bildiradi. Tabiiy shart-sharoiti qanday bo'lishidan qat'i nazar, o'z tug'ilib o'sgan zaminiga butun qalbi va vujudi bilan bog'langan inson yoki xalqgina o'troq hayot kechira oladi. Buni tarix necha bor isbotlagan. Aniq bir joyda qo'nim topib, o'troq hayot kechirgan xalqlar dunyo madaniyati rivojiga katta hissa qo'shgan.Bizning xalqimiz azaldan ana shunday o'troq hayot kechirib kelgan qadimiy xalqlardandir. Yurtimiz zaminida bundan uch ming yillar oldin «Avesto» kabi buyuk kitoblar yaratilgani, Samarqand, Buxoro, Xiva,Shahrisabz, Termiz, Qarshi, Marg'ilon, Toshkent kabi shaharlarirniz o'rnida madaniy hayot an'analari shakllana boshlaganidan dalolat beradigan ko'plab ko'hna ashyolar topilayotgani buni tasdiqlab kelmoqda.Vatandagi har qarich yer,har bir hududning o'ziga xos xosiyati, fayz-u tarovati bor. Masalan, yurtimizning hamma joyida ham anor o'sadi. Lekin hechyerning anori Quva yoki Shahrisabz anoriga teng kelmaydi.Yurtimizning hamma joyida ham anjir o'sadi, ammo ularning ichida Samarqand anjirining mazasi beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: |