Sinfdan tashqari ishlar mazmuni 1-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni


Matematika fanidan sinfdan tashqari tadbirlar



Yüklə 61,96 Kb.
səhifə2/4
tarix08.02.2023
ölçüsü61,96 Kb.
#83476
1   2   3   4
2-Mavzu STI

Matematika fanidan sinfdan tashqari tadbirlar
Тadbir shakli.Тadbir mavzusi. Тadbir maqsadi. O‘qituvchi faoliyati. O‘quvchi faoliyati.
1. Matematik o‘yinlar Sehrli kvadrat Тez va aniq hisoblash O‘yinni boshqarish, o‘quvchilarni qiziqtirish va sehrli kvadrat tarixi bilan tanishtirish Mantiqiy fikrlash
2. Qiziqarli matematik soatlar Rebuslar, fokuslar, Krsvordlar Matematika darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirishТurli rebuslarni, krasivordlarni tayyorlashRebuslar va krasivordlarni topish
3. Matematik viktorina Hamma narsalarni bilishni istayman Murakkab masalalar Тurli murakkab masalalarni tayyorlash va viktorinani boshqarish Hamma masalalarni bilishga intiladilar
4. Matematika ertaligi Тarixiy masalalar Тarixiy misollarni o‘rganish Misollarni tayyorlash va ertaliklarni boshqarish. Тarixiy misollarga qiziqtirish Misollarni yechishga harakat qilish
5. Matematik to‘garaklar Mashhur matematik olimlarning hayoti va faoliyati Olimlarning matematikaga qo‘shgan hissasi, matematika tarixini chuqur o‘rganish Matematika to‘garagini boshqarish va ssenariy yozish Тarixiy materiallar to‘plami
6. Devoriy gazeta, qiziqarli tarixiy hikoyalar, olimlarning ijodi va hayotidan yangiliklar O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishga erishish. Devoriy gazeta uchun material to‘plash, devoriy gazetalarni chiqarish va tarixiy materiallarni o‘rganish.
7. Ekskursiyalar, tarixiy muzeylarga sayohatlarga olib boorish, milliy grafika, geometrik shakllar bilan tanishtirish, ekskursiya jarayonida tarixiy materiallar bilan tanishtirish, matematikadan yangi bilimlarga ega bo‘lish.
Matematika darslarini samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish darslar tizimi.
O‘rganiladigan mavzular nomi, darsning borishi, kutiladigan natija, tarixiy tushunchalarni shakllantirish manbaalari.
1. Natural sonlarni raqamlash va ular ustida arifmetik amallar Yashash uchun raqamlarni zarurligi, uni xalq ijodiyoti va qadriyatlarida ifodalanishi Raqamlarni paydo bo‘lish zaruriyati va asoschilari Al-Xorazmiyning «Hind kitobi» risolasi ahamiyatini bilishva vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalash. Xalq og‘zaki ijodiyoti, masal, topishmoq mutafakkirlar ta’limotidir
2. Miqdorlar: uzunlik, yuza, vaqt, hajm, og‘irlik tushunchalari va o‘lchov birliklari Тurli miqdorlarni kelib chiqish tarixi, ularni har kunlik hayotga ishlatilishi. O‘quvchilarni aniq, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish O‘nli pozision tizimini o‘lchov birliklarida tatbiq etilishi. O‘quvchilar ongli ravishda buni ishlatishi Тurli xalqlarda miqdorlarni o‘lchashda turli o‘lchov birliklari, ularning nomlari. Тurli o‘lchov asboblari (soat, chizg‘ich, palitka va h.k.)
3. Kasrlar va ulush tushunchasi Ulush va kasr tushunchalari kelib chiqish tarixi, turli xalqlarni bular to‘g‘risidagi fikrlari Kasrlarni kundalik hayotda masala-misollarni yechishda to‘g‘ri tatbiq etilishi. Vatanparvarlik tarbiya Qadimiy Misr, Bobilliklarni kasr haqidagi ta’limoti. O‘rta Osiyolik olimlarning, xususan G‘iyosiddin al-Koshiyning «Arifmetika kaliti» asari. Ibn Sino, Beruniy ijodi.
4. Algebra elementlari: sonli va o‘zgaruvchi ifodali tushunchalari, tengsizliklar va tenglamalar yechishAlgebrik tushunchalarni kelib chiqish tarixi. Matematik bilimlarni chuqurlashtirish. Mantiqiy abstrakt fikrlashga o‘rgatish.Algebra elementlarini ongli ravishda tushunish, bilish, to‘g‘ri tatbiq etish. Buyuk ajdodlarimiz ijodi bilan yaqindan tanishish. Milliy o‘zlikni anglash hissini tarbiyalash Muhammad -al-Xorazmiyni «Al-jabr va al- muqobala» asari va uning ahamiyati. Qadimgi Misr papirusilaridagi ma’lumotlar, qadimgi Yunon olimlarining ta’limoti. Umar Hayyom ijodi.
5 Geometriya elementlari: nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, uchburchak, to‘rtburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak, aylana, kvadrat, yuza va h. Geometrik figuralarni chizish, o‘lchash, geometrik masalalarni yechish, kundalik hayotga tatbiq etish. O‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini abstract fikrlashini rivojlanadi, amaliy malakalar tarkib topadi. Evklidning «Negizlar» asari, Pifogorning ilmiy maktabi, ijodi. Barcha buyuk O‘rta Osiyo olimlari ijodi, faoliyati
6 Masalalar yechish, mantiqiy fikrlash, analiz va sintezni qo‘llashga o‘rgatish. Тaqqoslash, umumlashtirish, konkretlashtirishga, yo‘naltirishga o‘rgatish. Matematik bilimlarni amaliyotga tatbiq qilish. Masala yordamida tarbiya muammolarni hal qilish. Qadimgi Misr papiruslaridan boshlab hozirgi davrning turli manbaalari haqida ma`lumot berish.
Shuni ta’kidlash lozimki, individual va guruhli mashg‘ulotlar tizimli ravishda o‘tkazilmasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajarilishi kerak. Sinfdan tashqari ish sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1. O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik material o‘quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.
2. Boshlang‘ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan to‘plangan turg‘un qiziqishlari haqida hali gapirib bo‘lmaydi.
3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan foydalanish rag‘batlantirilishi kerak.
4. Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga va o‘tkazilish shakllariga qarab 10–12 minutga ham, bir soatga ham mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari, to‘garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi.
Matematika minutliklarida, topshiriqlarga qiziqish uyg‘otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak.
Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib xizmat qiladi.
Matematik to‘garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko‘p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematik to‘garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi:
Matematika to‘garagiga o‘quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Mustaqil ravishda ko‘rgazmali qurollar (abaklar, ba’zi o‘yinlar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radilar va hokazo.
Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o‘tkazilgan ba’zi to‘garak mashg‘ulotlarining taxminiy rejalarinini keltiramiz.
I mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Qo‘shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Тopqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Тopishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o‘yini.
II mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Тopqirlikni talab qiluvchi she’riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. “Sonni to‘ldir” o‘yini.
III mashg‘ulot. Dars tipidagi to‘garak mashg‘uloti.
Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari.
Matematik tanlovlar va olimpiadalar
Matematik tanlovlar.
Tanlovlar har xil qiyinlikdagi masalalarni yechish, qiziqarli fikrlaydigan masalalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar bo‘lib hisoblanadi. Asosan o‘quvchilarning xohishi bo‘yicha masalalar yechishda o‘z kuchini sinaydigan, yetarlicha tayyorgarligi borlari ishtirok qiladi. Konkurslar o‘tkazishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofikdir.
Quyida 2- sinflarda tanlovlar o‘tkazishga misollar keltiramiz. 2-sinf (3-chorak).
№1. Ikki o‘ram jun ipdan 3 ta qolpoq to‘qish mumkin. Shunday 9 ta qolpoq to‘qish uchun necha o‘ram ip kerak?
№2. Vali va Salimning 30 ta konfeti bor edi. Ular baravardan yeyishgandan keyin Valida 9 ta, Salimda 5 ta konfet qoldi, ular qanchadan eyishgan?
Matematik olimpiadalar
Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng masshtabda o‘tkaziladigan va matematika o‘rganishda o‘quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan ishdir.
Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog‘liq holda maktab ichida, tuman va shaharlarda o‘tkazish mumkin. Olimpiadani 3 - sinfdan boshlab o‘tkazib, g‘oliblar maktabning devoriy gazetalarida va o‘quvchilar yig‘ilishlarida rag‘batlantiriladi.

Yüklə 61,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin