SINFDAN TASHQARI ISHLAR MAZMUNI
1-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni
Reja:
1.Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning maqsadi.
2. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni
3. Matematika fanidan sinfdan tashqari tadbirlar
4. Boshlang‘ich sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodlari mohiyati.
5. Boshlang‘ich sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish vositalari.
Tayanch tushunchalar: o‘qitish metodlari, didaktik o'yinlar, reproduktiv, monologlik, dialoglik,
fakultativ mashg’ulot, chorak, didaktik o'yinlar, olimpiadalar, kechalar, viktorinalar
ADABIYOTLAR
1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo‘latova M.I. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish T.: OOO «Jahon - Print», 2011.
2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (O O‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005 yil.
3. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi. Toshkent. “TDPU” 2005 yil.
Maktabning muhim vazifasi keng ma’lumotli, har tomonlama rivojlangan kishilar tayyorlashdan, o‘quvchilarni o‘quv rejasidagi har bir fanga oid chuqur va puxta bilimlar bilan qurollantirishdan, ularda bilimlarni izchil amalga oshirishga intilish va bu bilimlarni mustaqil to‘ldira borish, ularni amalda qo‘llay olish malakasini tarbiyalashdan iborat.
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni asosiy maqsadi- o‘quvchilarda fanga qiziqishni rivojlantirish, darsda olingan bilimlarni to‘ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Boshlang‘ich sinflarda matematikadan “sinfdan tashqari ish” deyilganda o‘quvchilarning o‘qituvchi rahbarligida darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi.
Sinfdan tashqari ishlarni ikki turini farqlash mumkin. Uning birinchi turiga rejadagi materiallarni o‘zlashtirishda orqada qoladigan bolalar bilan ishlash tushunilsa, ikkinchi turi esa matematikani o‘rganishga qiziquvchi bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kiradi.
Ma’lumki birinchi turdagi mashg‘ulotlar hozirgi kunda mamlakatimizning barcha mamlakatlarida mavjud. Bunday mashg‘ulotlarni bilimlar darajasi bir-biriga yaqin 3-4 o‘quvchidan iborat kichik guruhlarda xaftada 1-2 marta o‘tkazish mumkin.
Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko‘proq ikkinchi turdagi mashg‘ulotlar nazarda tutiladi va ular asosan o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yadi:
O‘quvchilarda matematikaga va uning tadbiqlariga qiziqish uyg‘otish
O‘quvchilarning matematikadan reja bo‘yicha olgan bilimlarini kengaytirish
O‘quvchilarda ilmiy tekshirish xarakteridagi malakalarini oshirish
Matematik fikrlash madaniyatini tarbiyalash
O‘quvchilarga matematikadan ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish
O‘quvchilarda matematik olimlar, tushunchalar va tarixiy materiallar xaqida tasavvurlarini kengaytirishdan iborat.
Bu maqsadlarni bir qismi darsda amalga oshiriladi, ammo dars vaqti chegaralanganligi tufayli qolgan qismini sinfdan tashqari ishlarda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |