Sinfdan tashqari ishlar mazmuni 1-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni


Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o`quv vositalari zamonaviy pedagogik texnolodiyalardan foydalanish



Yüklə 61,96 Kb.
səhifə4/4
tarix08.02.2023
ölçüsü61,96 Kb.
#83476
1   2   3   4
2-Mavzu STI

Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o`quv vositalari zamonaviy pedagogik texnolodiyalardan foydalanish
Ma’lumki, pedagogikada o‘qitish metodlari, o‘rgatish metodlari bilan birgalikda dars berish metodlari ham mavjud. Ayniqsa, dars berish metodlari o‘zining tuzilish jihatidan o‘qitish yoki o‘rgatish metodlarining samarali ketma-ketligining yig‘indisi sifatida yuzaga kelishi sababli, u har bir o‘qituvchida alohida shakllanadi, yuzaga keladi. Shu bois har bir o‘qituvchining dars berish metodi o‘ziga xos bo‘lganligi sababli ham ikkita bir xil, masalan, muommali metodda dars berayotgan o‘qituvchilarning usullardan ketma-ket foydalanishi va dars orasida o‘rgatish usullaridan foydalanish uslub va yo‘nalishlari o‘ziga xos bo‘lib ular bir-biridan sal bo‘lsa-da farq qiladi. Shu bilan birga, olinayotgan natijalarning har xilligi ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Pedagogikada, asosan, quyidagi usullar mavjud.

O‘qitish usullari




Dars berish metodlari




O‘rgatish metodlari

1.Monologlik




1.Axborotlarni bayon qilish




1.Bajaruvchanlik

2.Dialoglik




2.Tushuntirish




2.Reproduktivlik

3.Ko‘rgazmalilik




3.Stimullashtirish




3Qisman izlanuvchanlik

4.Evrestik




4.Ruhlantirish




4.Izlanuvchanlik

5.Izlanuvchanlik




5.Instiruktaj berish




5.Amaliy ish

6.Algoritmik




6.Muammoli







7.Dasturlashtirish













Bu metodlarning har biridan o‘qitish, o‘rgatish jarayonining u yoki bu bosqichida o‘rni bilan foydalaniladi. Јo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga va uni talab darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflarda matematikani o‘qitishni shunday metodlari mavjudki, bu metodlar o‘zining gnoseologik jihatidan yuqorida keltirilgan metodlarning har birining asosiga qo‘yilishi mumkin, ya’ni: kuzatish va tajriba, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, taqqoslash, analogiya, umumlashtirish, abstraksiyalash va konkretlashtirish metodlari mavjud. Bu metodlar o‘zining tuzilish jihatidan quyilayotgan maqsadni na faqat amalga oshirishga, balki maromiga yetkazishga unumli yordam beradi.O‘qituvchi har bir yangi mavzuni tushuntirishda pedagogik holatdan boshqa metodlardan ham foydalanadi, ya’ni modulli o‘qitish bilan prof. M.G.Davletshin va prof.T.To‘laganov, muammoli o‘qitish bilan prof. R.Mavlonova prof. Z.G.Tadjieva va boshqalar o‘quvchilarning bilish faoliyatini takomillashtirish, rivojlantirish imkoniyatini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich sinflarda tarixiy materiallarni o‘qitish jarayonida metodlar majmuasidan to‘g‘ri foydalanish o‘quvchilarni yaxshi o‘zlashtirishiga muhim omil bo‘la oladi.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda tarixiy materiallarni o‘qitish jarayoni, muammoli metod bilan tushuntirish metodlari orasida bog‘lanish bo‘lib, ular o‘zining tuzilishiga ko‘ra quyidagi tartibda o‘qitish metodlari bilan bog‘lanadi.



O‘qitish metodlari

Muammoli dars berish




Monologik metod




Tushuntirish metodi

Dialogik metod

Ko‘rgazmalilik
Metodi

Evristik metod

Izlanuvchanlik metodi

Algoritmik metodi

Dasturlashtirish
Metodi

Dars berish jarayonida shu tur metodlarni qo‘llash jarayoni o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bu xususiyat berilayotgan o‘quv materialining mazmunini tuzilishiga bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Masalan: o‘quvchilarni "vaqt", "taqvim", "massa", "ulush" kabi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish darslarida tarixiy materiallarni o‘rgatish jarayoni boshqa darslarga nisbatan bir oz farq qiladi. Ma’lumki, darslarning turlaridan, yangi o‘quv materialini o‘rganish, o‘quvchilarning bilim ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish, tizimlarni umumlashtirish, kombinatsiyalangan, bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va tuzatishlarga bo‘linadi. Bu umumiy bo‘linishlar, o‘zining bajaradigan funksiyasiga ko‘ra, har biri o‘ziga xos tuzilishda bo‘lib, pedagogik rivojlanish jarayonida darslarning turlari, ko‘rinishlari olimlar tomonidan turlicha talqin qilib kelinmoqda. Biz o‘qitishning didaktik-metodik tuzilishini ilovada ifodaladik.


Har bir fan tarixiy materiallarga oid tushunchalar tizimini tashkil qiladi. Tushuncha esa narsalarning mohiyatini anglash imkonini beradi va fanlarga oid umumiy muhim xususiyatlar, belgilar va bog‘lanishlarni aks ettiradi.
Bir o‘quvchi bilish vazifasini anglaydi, ikkinchisi o‘rganilayotgan materialni idrok etadi va tushunadi, uchinchisida ko‘nikma va malakalarni takomillashtiradilar. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallarni o‘qitish amaliy jihatga asoslanib hayotiy tajribalar bilan bog‘lab o‘qitishda:

  1. Matematika o‘qitish jarayonida ko‘rgazmalilikka tayangan holda o‘quvchilar ongini shakllantirish,

  2. Tarixiy materiallarni o‘qitishda o‘quvchilarni mavhum fikrlashining o‘sishiga yordam berish bilan birga qo‘llanladigan metodlar, qoidalar, omillar, materiallarning o‘zaro bog‘lanishi, bir-birini to‘ldirishini ta’minlash va o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilishi,

  3. Har bir dars o‘zining uslubiy tuzilishiga ko‘ra texnologiyasiga ega bo‘lishi bilan birga o‘quvchilarning iqtidorlilik qobiliyatini shakllanishiga yordam berishi,

  4. Darsda qo‘llanayotgan tarixiy materiallar o‘zining maqsad va mazmuni bilan tuzilish jihatidan didaktikaning qonun va qoidalariga moslab tadbiq etilishi, matematik mantiq, ko‘nikma va malakalarning shakllanishiga, rivojlanishiga alohida hissa qo‘shibgina qolmay o‘quvchining tarbiyasiga salmoqli ta’sir ko‘rsatishi ham kerak.

Matematika darslarida tarixiy materiallarni o‘rganishning didatik jarayoni quyidagi sxemaga asoslanadi:



O‘quv jarayonining tuzilishi




T
A
R


I
X
I
Y

M
A
T


Ye
R
I
A
L




O‘qituvchining o‘quvchilar diqqati va tafakkurini jalb qilishi, shu orqali ularni o‘quv materialini faol idrok etishga olib borish maqsadida bilish vazifasini o‘rtaga quyish

O‘qituvchi bilim berishning jarayoni va o‘kuvchilarning yangi materialni o‘zlashtirishi







Ilmiy tushunchalarni umumlashtiriish va shakllantirish jarayoni, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish

O‘quvchilarning bilim ko‘nikma va malakalarini tegishli vaziyatda qo‘llash










O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirganligini tekshirish

Tarixiy materiallarni o‘rganishda o‘quv jarayonining tarkibiy qismi umumiy vazifalarni ham, o‘ziga xos funksiyalarni ham bajaradi.
O‘quvchilar bilish faoliyatining muvaffaqiyati quyidagi omillar bilan belgilanadi:
1.Nazariy tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish jarayonida o‘quvchilarning faol bilish faoliyatini oshirishda o‘qituvchi yetakchi o‘rin tutadi.
2. Matematika darslarida tarixiy materallardan foydalanib dars samaradorligini oshirishda bilish faoliyati jarayoni bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish asosida shaxs xususiyatlari, faoliyatning muayyan uslubi, umuman hayotiy uslub shakllanadi.
3.Boshlang‘ich ta’limning dastlabki bosqichlarida faoliyatning barcha turlariga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar modellashadi.
Shu bois bilish faoliyatini shakllantirishga uning tarkibiy qismlari birligida, shuningdek mazkur jarayonning didaktik asosi sifatida ham qaraladi.
Ishlab chiqilgan faollik nazariyasi o‘quv jarayoni bilimlarni o‘zlashtirish, ularni qayta ishlash va qo‘llashning (muammoli va reproduktiv) usullarini o‘rganish yuzasidan tashkil etiladigan faoliyatligidan iboratdir.
Boshlang‘ich sinflarda bolalarning bilimlari kengayganligi, chuqurlashganligi, layoqat va ko‘nikmalari bir qadar mukammallashganligi kuzatiladi.
Mehnatsevarlik, o‘z o‘zini boshqara bilish qobillik va kattalar hamda tengqurlari bilan bilvosita muloqotlar, kichik maktab yoshidagi bolalarga rivojlanish imkonini beradi. Bu yerda gap bolalarning o‘z sevimli mashg‘ulotlari bilan soatlab yolg‘iz shug‘ullana olishlari haqida ketmoqda. Ularning bu xususiyatidan o‘quv-tarbiya jarayonida tarixiy materiallarni qo‘llashda foydalanish mumkin.
Biz tadqiqotimiz jarayonida kichik maktab yoshidagi bolalarning iqtidorini rivojlantirishning psixologik-pedagogik, ilmiy-didaktik shartlarini ko‘rib chiqdik. Boshlang‘ich sinflarga tarixiy materiallardan foydalanish yuzasidan quyidagi xulosalar chiqarish mumkin.
1. Darsda tarixiy materiallarni qo‘llanish bo‘yicha dars materiali 1- 2- sinf o‘quvchilarining ruhiy-bilish va rivojlanish darajasiga qarab ochiq ko‘rgazmali sodda, ya’ni bolaning o‘zlashtirish salohiyati hisobga olingan holda tuzilishi kerak: tarixiy ko‘rgazmali rasmlar asosida hikoya tuzish, maqol, topishmoqlar, she’rlar, qiziqarli boshqotirmalardan foydalanish ma’qul.
3- 4- sinflarda material bir oz murakkablashtiriladi. Bu davrga kelib bolaning bilish qobiliyati ancha rivojlangan, ya’ni o‘zlashtira olishi va atrof-muhitdagi voqea va hodisalarga munosabat bildirishiga ko‘ra tarixiy voqealar , qonun, qoidalar, ularni yaratgan olimlar hayotidan lavhalardan hikoya, suhbat tariqasida foydalanish eng maqbul yo‘ldir.
2.O‘quv materialining tarixiy ahamiyatiga e’tibor berish o‘quvchi shaxsini aqliy, estetik, axloqiy jihatdan rivojlantirishga imkon yaratadi. Shuning uchun o‘qituvchi tarixiy materialning bolalar ongida qanday iz qoldirishini hisobga olishi kerak. Agar o‘qituvchi tajribali bo‘lsa, darsni maktab kichik yoshidagi bolalar aqliga mos keladigan munozara o‘yinlar orqali tashkil etishi ham mumkin.


Nazorat savollari:
1. Hozirgi zamon darslarining mazmuni va o‘tkazish metodlariga qo‘yladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
2. Yangi pedagogik texnologiyalarning tatbig‘i deganda nimalarni tushunasiz?
3. Sinfdan tashqari ishlarning tashkil qilish xususiyatlari va ularning turlari haqida nimalarni bilasiz?
4. Sinfdan tashqari ishlarning turlari bo‘yicha namunaviy mashg‘ulot tayyorlang.
Yüklə 61,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin