Sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga tavsif



Yüklə 64,87 Kb.
tarix01.05.2023
ölçüsü64,87 Kb.
#105674
Sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga tavsif




Sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga tavsif

Reja
1. Sinfdan tashqari jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilish va o’tkazish.


2. Maktab darsda darsdan tashqari vaqtda harakatli o’yin
3.Sinfdan tashqari jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilish va o’tkazishda ish rejaning tuzilishi

Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli o‘yinlarning ahamiyati juda katta: tezlik, epchillik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik shu bilan birga, harakatli o‘yinlarda jismoniy sifat kompleks ravishda rivojlanadi.


Ko‘pchilik harakatli o‘yinlarda o‘yin qatnashchilaridan tezlikni (tez qochib ketish, quvlab yetish, tovush, ko‘rish signaliga bir onda javob berish) talab qiladi.
O‘yinda doimiy ravishda o‘zgarib turadigan vaziyat o‘yin qatnash- chilaridan bir harakatdan boshqa harakatga tezda o‘tishni talab qiladi va epchillikni tarbiyalashga yordam beradi. Tezkor-kuch yo‘nalishdagi o‘yinlar kuchni tarbiyalaydi.
Zo‘r g‘ayrat bilan qilingan harakat, ko‘proq kuch va energiyani sarf qilish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar chidamlilikni rivojlantiradi.
Harakat yo‘nalishini tez-tez o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar egiluvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Bolani ma'naviy tarbiyalashda harakatli o‘yinlar juda katta aha- miyatga egadir. Harakatli o‘yinlar jamoa xarakteridagi deb nomlanadi,
shu bilan birga bolalarni jamoa faoliyatiga o‘rgatadi. O‘yin bolalarda o‘rtoqlik hissini, bir-birini qo‘llashni va do‘stlarni bir-birlarining harakatlariga javobgarlikni rivojlantiradi. Bola jamoa o‘yinida qat- nashib, jamoa manfaatini ko‘zlab o‘zlarining qiziqishlari bilan fido qiladilar: yaxshi holatda turgan o‘rtog‘iga to‘pni in'om qilish, «asir»ga tushirgan o‘rtog‘ini qutqarishga harakat qilish va shunga o‘xshash. O‘yin asta-sekin bir-birining harakatini qo‘llashni va do‘stlik tuyg‘u- sini tarbiyalaydi. Maktabgacha tarbiya bolalaridan to kichik maktab yoshidagi bolalargacha bo‘lgan o‘yinda faqat o‘zlarining harakatlarini o‘rtoqlarining harakatlari bilan o‘zaro moslashishini talab qiladi. O‘yinda keyinchalik bir-birlarini qo‘llash, o‘rtog‘iga yordam berish namoyon bo‘ladi va nihoyat oxirida o‘z jamoalari, jamoa shakllanadi. O‘yinda o‘ziga xos bo‘lgan harakat bitta o‘yinchi boshqasiga, bir jamoa boshqa jamoaga qarshi harakatidir. hu bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinchilarning oldida, o‘z vaqtida hal etishni talab qiladigan turli- tuman vazifalar kelib chiqadi. Buning uchun qisqa vaqt ichida kelib chiqqan vaziyatni baholashda turli harakatni tanlash va uni bajarish
zarur. Bu o‘yinchini o‘z-o‘zining kuchini bilishga yordam beradi.
O‘yinchilar o‘rtasidagi o‘zaro aniq munosabat musobaqalashish, kurashish, nafaqat o‘zaro hamkorlikni, psixologik o‘zaro moslash- ganligini umumiy xarakteri bilan ko‘pchilik o‘yin harakatlarini jadallik bilan bajarish xususiyati va kuchlanishni umumiy katta-kichikligi, ayrim kechinmalari o‘tkirligi bilan aniqlanadi.
O‘yin qoidalari ongli intizomni, o‘zini tuta bilishni, kuchli qo‘z- g‘alishdan keyin «o‘zini qo‘lga olishni» bilish, o‘zining birdan egallash, jo‘sh urib ketishini tarbiyalashga yordam beradi.
Harakatli o‘yinlar bolalarni san'atga va badiiylikka tarbiyalashga ham yordam beradi. Bolalarda ijodiy badiiylikni birinchi bor namoyon bo‘lishi o‘yin shaklida qabul qilinadi. Bolalar o‘yinida xususan maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda ijodiy tasavvur etish katta o‘rin egallaydi: oddiy tayoqchani ot qilib minish, velosi- ped, miltiq va qilich bo‘lishi mumkin. G‘o‘la shaklidagi o‘yinlar va syujetli mazmuni bilan tashkil qilingan harakatli o‘yinlarni tasavvur etishni riojlantiradi.
O‘yin atrofidagi muhitning o‘yinchilarga ta'siri, bolalarning rollarni ijro etishda ijodiy tasavvurni shakllantirishga qaratilgan. Bun- day o‘yinlar jarayonida ijodiy tasavvur qilish rivojlanadi va tako- millashib boradi. Ular sezishni va idrok qilishni rivojlantirishga
yordam beradi, atrofni o‘rab turgan buyumlarni va uni barcha o‘zaro aloqasi paydo bo‘lishini qabul qilishni o‘rgatadi, uni o‘rab turgan atrofidagi muhitni bilish va bolalarda yangi taassurot yaratadi, kuzatuvchanlikka, shuningdek, mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi.
Musiqa jo‘rligi bilan tashkil qilinadigan o‘yinlar bolalarning musiqaga bo‘lgan qobiliyatini rivojlantiradi. Pedagog bolalarda mu- siqa qobiliyatini tarbiyalashda o‘yin metodidan foydalanadi: musi- qa sadolari ostida harakat bilan o‘tkaziladigan o‘yinlar musiqa shakllarini va xarakterini yaxshi egallashga yordam beradi.
Xorovod va musiqaga oid o‘yinlarda bola o‘zining birinchi raqsga oid qobiliyatini namoyon qiladi.
Bola o‘yinda o‘zining barcha shaxsiy sifatlari va xususiyatlari ma'lum bo‘ladi. O‘yin jarayonida shaxsiy o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon bo‘lishi har bir bolani yaxshi bilishga yordam beradi va bizga kerakli yo‘nalishda rivojlantirishga ta'sir ko‘rsatadi. Faqatgina bitta faoliyat, o‘yinday ravshan va o‘quvchini shaxsiy xarakter chiziq- larini har tomonlama ochib bermaydi. Bolani o‘yinga berilib yoki qiziqib ketishini o‘zining har tomonlama xarakteridan topib oladi, bolalarga aralashmaydigan bola o‘yinda o‘zini mutlaqo bosh- qacha namoyon qiladi. Bular barchasi g‘oyat muhim bo‘lganligi uchun bolalarga to‘g‘ri shaxsiy yondashish kerak. Harakatli o‘yinlar
«Alpomish» va «Barchinoy» test me'yorlarini topshirish uchun zarur bo‘lgan, u yoki bu sifat va malakalarni takomillashtirishga yordam beradi.

KICHIK MAKTAB YOSHIDATI BOLALAR UCHUN HARAKATLI O¹YINLARNING TASNIFI


7—10 yoshli bolalar (1—4 sinf o‘quvchilari) barcha tabiiy ha- rakatlarni (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish) hali mutlaqo egalla- maganlar, shuning uchun harakatli o‘yinlar tabiiy harakatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularda katta o‘rinni egallashi kerak.


huni esda saqlash kerakki, ya'ni bu yoshda bilim va malakalarni egallash ixtiyoriga nisbatan g‘ayri ixtiyoriy darajada (xususan, o‘yinda) ko‘proq samarali o‘tadi.
Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalarning anatomo-fiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. O‘rab turgan turli- tuman muhitning, organizmga ta'sir etishiga va tez charchab qolishi
ularda ko‘proq ko‘ngilchanlik bilan kuzatiladi. Bu shu bilan bog‘liq bo‘ladiki, bu yoshdagi bolalarda yurak, o‘pka va tomirlar sistema- sining rivojlanishi orqada qoladi, muskullari ayniqsa qorin pressi va orqa mushaklari hali bo‘sh bo‘ladi.
huningdek, tayanch apparatining mustahkamligi yanada katta emas, shunday ekan, uni shikastlanish imkoniyati yuqori darajada bo‘ladi (muskullarining bo‘shlig‘i bo‘g‘inning cho‘zilishining ku- chayishi qaddi-qomatning buzilish imkoniyatini oshiradi).
Yugurish va sakrash bilan o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar vaqti bo‘yicha qisqa bo‘lishi kerak hamda dam olish tez-tez takrorlanishi bilan birga o‘tadi. Xuddi bu vaqtda bu yoshdagi bolalar sakrash bilan o‘ynaladigan (arg‘amchida, do‘ngdan-do‘ngga sakrash va bosh- qalar) o‘yinlarni juda yoqtiradilar.
Bu yoshdagi bolalar uchun ko‘proq qulay o‘yinlar chopib o‘tish o‘yinlari hisoblanadi, masalan, «Chaqqon bolalar», «Bo‘ri zovur- da», «Ikki sovuq», bu yerda bolalar qisqa chopib o‘tishdan keyin dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi yoki o‘ynovchilar harakatda navbati bilan qatnashadigan o‘yinlar, masalan, «Hamma o‘z bayroq- chasiga», «Uysiz quyon», «Bo‘sh o‘rin».
Bu yoshdagi bolalarda mushak va bo‘g‘inlarni yanada yetarli darajada o‘smaganligini hisobga olib, katta kuchli zo‘riqish bilan o‘ynaladigan o‘yinlarni bermaslik kerak.
Bolalarga bu davrda, ya'ni alohida harakatni ajratish va uning alohida parametrlarini aniq boshqarishi qiyin bo‘ladi. Bolalar tez charchaydilar, xuddi shunday harakatga tayyorgarlik tezda tiklanadi. Xususan, ularni harakatning bir xilligi charchatib qo‘yadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning diqqati yetarli darajada barqaror emas. huning uchun bolalar o‘yinlarga e'tiborsiz bo‘ladilar, ya'ni bunday holatda ularga ko‘proq qiziqarsiz tuyiladi. hu sababli, bu harakatli o‘yinlar ularda uzoq vaqt e'tiborni bir yerga to‘plashni talab qilmaslik kerak. Aks holda bolalar qoidaga rioya qilishni to‘xtatadilar, o‘yinning borishi yoki o‘ynalishi buziladi va ularda o‘yinga bo‘lgan qiziqish yo‘qoladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda iroda va tormozlanish qo- biliyati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Pedagogga o‘yin uzoq tushin- tirish va qiyinchilik tug‘diradi, buning oldini olish uchun o‘yinning dastlabki holatiga bolalarni joylashtirib, o‘yin elementlarini ketma- ketlikda o‘ynatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu bilan birga uni qiyin bo‘lmagan o‘yinlarini qoidalari (2—3) bilan o‘ynash foydadan holi bo‘lmaydi. O‘yin qoidasini hammasini birdaniga emas, balki uni o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga qarab asta- sekin berish mumkin.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda fikrlash (ayniqsa 1—2 sinf o‘quvchilarida) asosan, obrazli, predmetli bo‘lib, biroq o‘rgatishning ikkinchi yilida fikrlashni buyumlarni bilishi mumkin bo‘lgan va o‘rab olgan muhitdagi borliq hodisalari haqidagi tushunchalarga bo‘shatib berishni boshlaydi. Kuzatayotganlarni taqqoslash va baravarlash- tirishni bilish namoyon bo‘la boshlaydi. O‘yin harakatlarida ko‘proq ongni (aql) namoyon qilish uchun imkoniyatlar kelib chiqadi. Ularda o‘rtoqlarining muammolariga, qiliqlariga va harakatiga nisbatan tanqidiy munosabatlar namoyon bo‘ladi. Qobiliyatni umumiy ravish- da tanqidiy fikrlash harakatini ongli ravishda nazorat qilishni ko‘p sonli qoidalar bilan ko‘proq murakkab o‘yinlarni o‘zlashtirishga imkon beradi.
Bolalarda obrazli fikrlash bilan bog‘liq maktabda o‘qishning bi- rinchi ikki yilida mazmunli o‘yinlar katta o‘rin egallaydi, u ularni o‘ylab chiqarishga ustalik va ijodidan mamnun bo‘lishiga yordam beradi. huni hisobga olish kerakki, bolalar bu yoshda o‘qish va yozishni biladilar, bu ularning aqliy ong-bilim darajasini birmuncha kengaytiradi. Bunga quyidagi mazmunli o‘yinlar misol bo‘la olishi mumkin, bunga ayniqsa sinfdan tashqari o‘tkaziladigan «Boyo‘g‘li»,
«Bo‘ri zovurda», «Ikki sovuq», «Kosmonavtlar», «Tulki», «Chaqqon- lar» va boshqa o‘yinlar kiradi.
Bu yoshdagi bolalar uchun biror xususiyati bilan ajralib turadigan va sirli, kutilmagan elementlari bo‘lgan o‘yinlar («Ko‘z- bog‘log‘ich»,
«Top, kimning ovozi bu»), bekinish va topa olish yoki aniqlash o‘yinlari («Bekinmachoq», «Qorovullar»).
O‘yinda bu davrda xulqning asosiy poydevori, jamoat tartibini saqlash qoidasini bajarishni bilishni tarbiyalaydi. Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlarda ma'naviy va ma'rifiy, axloqning oddiy me'- yor hamda qoidalari haqida tasavvur qilishni tarbiyalaydi. Jamoa- larga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlar paydo bo‘la boshlaydi, buni har bir o‘yin qatnashchisi o‘zlarining jamoalari obro‘si uchun kurashadilar va «asir»ga tushgan o‘rtoqlarini qutqaradilar. Jamoali o‘yinlarni o‘ynash o‘qishning birinchi yili oxiridan boshlanadi va ayniqsa 3-sinfdan boshlab keng qo‘llaniladi.
Musiqa va ashula xor xarakteridagi o‘yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xos bo‘ladi. Bu o‘yinlar ayniqsa 1—2 sinf o‘quv- chilarining sinfdan tashqari vaqtlarida foydalaniladi. Ular bolalarni birgalikda kelishilgan holda harakat qilishga va ma'lum ritmda harakatni bajarishga o‘rgatadi. Bolalar, shuningdek, alohida so‘z, jumlalari ohang bilan aytiladigan so‘zli o‘yinlarni juda yaxshi ko‘radilar, masalan, «Kosmonavtlar», «Qopqon» va boshqa ashula aytish va ohang bilan aytish bilan o‘yinlar nutqni rivojlantiradi.
Nihoyat, bolalar bu yoshda shunday o‘yinlar bilan qiziqadilarki, ular o‘yinda epchillik va chaqqonlik namoyon qilishlari mumkin. Bunday o‘yinlarning mazmuni ma'lum harakatni faqatgina aniq bajarish bilan chegaralanadi va ularga quyidagilar kiradi: «Arg‘amchi ostida sakrash» aylanayotgan arg‘amchi ostida xilma-xil sakrashlar, qisqa arg‘amchilar bilan turli-tuman sakrashlar. hu yoshdan boshlab bolalar o‘rtasida xalq o‘yinlari yaxshi ommalashib boradi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar hayotida harakatli o‘yinlar katta o‘rin egallashi kerak, chunki bu yosh xususiyatlariga, shuningdek, ma'naviy-ma'rifiy, ahloqiy tarbiya mos keladi.
«Alpomish» va «Barchinoy» harakatli o‘yinlardan test me'yor- larini topshirishga tayyorlashda keng foydalanish mumkin.
O‘yinning davom etishi shug‘ullanuvchilarning tarkibi, mash- g‘ulotning sharti va o‘yinning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. O‘yinni o‘z vaqtida tamomlash juda muhimdir. O‘yinni oldindan tugatib qo‘yish va uni cho‘zib yuborish ham mumkin emas. O‘yinni davom etishi o‘yin qatnashchilari soniga (o‘ynovchilarning soni qancha kam bo‘lsa, o‘yin shuncha qisqa bo‘ladi), ularning yoshiga (kichik maktab yoshidagi bolalar uzoq vaqt davomida zo‘riqishi mumkin emas), o‘yinning mazmuniga (katta zo‘riqishni talab qiladigan o‘yinlar qisqa bo‘lishi kerak) bog‘liq bo‘ladi.
Rahbar o‘yining tamom bo‘lish vaqtini aniqlashi shart. Agar o‘yinda charchashning birinchi alomatlari paydo bo‘lishi bilan (e'tibor bermaydigan bo‘lsa, qoida buzilganda, harakatni to‘g‘ri bajarish, maqsadga erishishda qat'iyatlilikni yetarli darajada namoyon qilmas- lik, qiziqishning pasayishi ko‘pchillik o‘yin qatnashchilarida nafas olishni tez-tez bo‘lishi) o‘yinni to‘xtatish kerak.
Rahbar o‘yin oldidan belgilangan vaqtda, ya'ni o‘yinni ma'lum vaqt davom etgandan keyin to‘xtatishi mumkin. Bularni hisobga olgan holda o‘yin qatnashchilari o‘zlarining kuchlarini mos ravishda taqsimlaydilar, vaqtning tamom bo‘lishiga 1—3 daqiqa qolganda o‘yin qatnashchilari ogohlantiriladi.
Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin oldidan iloji boricha o‘yin qatnashchilariga uni necha marta qaytarishini aytib qo‘yish kerak. Agar o‘yin ma'lum vaqtda tamom qilishni bilmasalar, rahbar uni qachon tamom bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiradi, masalan, «O‘yin- boshi almashmaguncha o‘ynaymiz», «Ya'ni 1—2 daqiqa o‘ynay- miz» va hokazo. O‘yinning tamom bo‘lishi o‘yin qatnashchilari uchun kutilmagan holat bo‘lmasligi kerak, chunki bular bolalar o‘rtasida salbiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. huningdek, o‘yinning davom etishi mashg‘ulotning shakliga bog‘liq. Jismoniy tarbiya darsida o‘tkaziladigan o‘yin vaqti chegaralangan bo‘ladi. Agar o‘yin sinfdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan bo‘lsa, u holda uzoq davom etadi va bolalarda ko‘proq chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi. Bunday o‘yinlar o‘quvchilarni yana ham yuqori kuchlanishlarga o‘rgatadi. Shunday qilib, rahbar o‘yinni shu vaqtda, ya'ni qachonki bolalar ham charchamasdan unga yanada qiziqish ortganda ular tetik, to‘- laqonli harakatda bo‘lgan vaqtda tamom qilish mumkin.
Harakatli o‘yinlar maktabda jismoniy tarbiya metodi va vositasi sifatida jismoniy tarbiya darsida hamda sinfdan tashqari mashg‘u- lotlarda keng qo‘llaniladi.
Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab dasturiga mos ravishda 1—9-sinflarda gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari, kurash va suzish bilan birga qo‘shib olib boriladi.
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar dastur talablariga mos ravishda ta'limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etishi uchun foydalaniladi.
Ta'limiy vazifalarga quyidagilar kiradi: yugurish, sakrash, uloqti- rish malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish, shuningdek, gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari, kurash va suzish mash- g‘ulotlarida egallagan malakalar.
Tarbiyaviy vazifalarga quyidagilar kiradi: jismoniy (tezkorlik, epchillik, kuch, merganlik, chidamlilik) va axloqiy irodaviy sifatlar (jasurlik, halollik, jamoatchilik va hokazo).
og‘lomlashtirish vazifalari o‘quvchilarning organizmini normal rivojlantirishga, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlashga yordam beradi. Yuqorida aytib o‘tilgan vazifalar bir-biri bilan o‘zaro cham- barchas bog‘liqdir. Ularni hal etishda o‘quv tarbiyaviy jarayonning har xil tomonlarini hisobga olish kerak. Xuddi shunday, «Kim chaqqon» o‘yinini o‘tkazishda chap berib yugurish tezligini tako- millashtirish uchun kichik maktab yoshidagi bolalarda bir vaqtning o‘zida dadillikni, ziyraklikni va o‘zining kuchiga ishonishni rivoj-
lantirish mumkin.
Jismoniy tarbiya darslarida o‘tkaziladigan o‘yinlarni boshqa mashg‘ulot shakllaridan farqi shundaki, bunda diqqatni eng muhimi o‘yinning ta'limiy va sog‘lomlashtirish tomoniga, shuningdek, jismo- niy tarbiya sifatiga ham qaratish kerak. Dars uchun o‘yin tanlashda, darsning vazifasini, o‘quv materialini, o‘yinga kiruvchi harakat turlarini, o‘yinning fiziologik yuklamasini, ishlash uchun shart-sharoit- ni hisobga olish zarur.
Har bir o‘yinda o‘yin qatnashchilaridan bilim va malakalarini namoyon qilishni talab qiladi, uni o‘yin jarayonida takomillashtiradi. Elementar o‘yinlarga maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi. Biroq murakkab harakatlardan tashkil topgan o‘yinlar ham bor. Masalan, quyidagi o‘yinlarni («To‘p sardorga», «To‘p o‘rtadagiga») o‘quv- chilarga taklif qilish mumkin emas, agarda ular to‘p oshirishni, uni ilib olishni bilmasa va o‘yin jarayon bilan to‘qnashishda, yaxshi reaksiyaga harakat koordinatsiyasini va boshqa zarur bo‘lgan sifat va malakalarini egalab ololmaydi.
hug‘ullanuvchilar o‘yinga kiritilgan murakkab harakatlarni max- sus mashqlar yordamida o‘zlashtiradilar. Istisno tariqasida avvaldan o‘rgatishni talab qilmaydigan elementar va tabiiy harakatlar bo‘lishi mumkin. Masalan, «Bo‘ri zovurda» o‘yinida yugurib kelib uzunlik- ka sakrash tabiiy chiqadi. Jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari o‘rtasida o‘yinning o‘rni yoki joyi aniqlansa, ular o‘rtasidagi ketma- ketlik metodik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. Bu esa qo‘yilgan vazifani yaxshilab hal etilgan darsning zichligini oshirishga va mashqni to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi. Chaqqonligi bir harakatdan ikkinchi harakatga to‘g‘ri va sifatli o‘tish demakdir. hunday qilib, yugurish, sakrash bilan bajariladigan o‘yindan keyin yoki qarshilik ko‘rsatish bilan mashq o‘tkazish murakkab chaqqonlik, muvozanatni saqlaydi- gan, aniq harakatni talab qiladigan, qarshilik ko‘rsatish bilan mashqni o‘tkazish tavsiya qilinmaydi.
Agar darsning asosiy qismi o‘yinga bag‘ishlangan bo‘lsa, bunda ko‘proq harakatli o‘yinlar bilan kamroq harakatlanadigan o‘yinlar almashlab olib boriladi, shu bilan birga harakatning xarakteri bo‘yicha turli-tuman o‘yinlar tanlab olinadi.
Harakatli o‘yinlarning darsni hamma qismlariga kiritish mumkin. O‘yin mazmuni shug‘ullanuvchilarning tarkibiga va vazifasiga bog‘- liqdir. Darsni tayyorlov qismiga kam harakatli va murakkab bo‘lmagan o‘yinlarni kiritilishi tavsiya qilinadi, bu o‘quvchilarning diqqatini jamlashga («Guruh, tik tur!», «Og‘ma tayoq») yordam beradi, bular o‘rtacha harakatdagi o‘yinlar bilan bajariladigan umumrivojlan- tiruvchi harakterdagi mashqlardir («Taqiqlangan harakat»). Darsni asosiy qismda tez yugurish, chap berish yoki aldab o‘tish, chidamlilik, to‘siqni oshib o‘tish, har xil sakrashlar, qarshilik ko‘rsatish, kurash, qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almaydigan nishonga uloqtirish bilan bajari- ladigan harakatli o‘yinlardan foydalaniladi.
Darsning yakuniy qismida o‘rtacha kam harakatchanlikka oid o‘yinlar o‘tkaziladi, u murakkab bo‘lmagan o‘yin qoidalari bilan diqqatni jamlash uchun o‘tkaziladigan o‘yinlar, darsni asosiy qismdagi tezlik bilan beriladigan yuklamadan keyin faol dam olishga yordam beradi («Kim keldi», «Guruh, tik tur!»).
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodi- kasining o‘ziga xosligi darsning zichligiga to‘g‘ri keladiganlarini saqlab qolish zarurligi va qisqa muddatlilik bilan bog‘liqdir.
Vaqtdan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishda va o‘yinni o‘tkazish metodikasini to‘g‘ri tanlash esa darsda zarur bo‘lgan motor zichlikka erishiladi. hunga erishish uchun barcha o‘yinda qatnashuv- chi o‘yinchilar taxminan bir xil yuklama oladilar. O‘yinda shu bilan bog‘liq bo‘lgan barcha shug‘ullanuvchilarning faol qatnashishlari uchun teng sharoit yaratib berishga harakat qilish kerak.
Odatda, harakatli o‘yinlar frontal metod bilan o‘tkaziladi. O‘yin qatnashchilarining barchasi 2—3 guruhlarga bo‘linadilar va har bir guruhda bitta o‘yin o‘zi mustaqil ravishda o‘tkaziladi.
O‘yinda guruhga oid usul ham qo‘llaniladi. Rahbar o‘yinchilarni ikki guruhga bo‘lib, ularga har xil o‘yinlar beradi. Odatda, 6—8 sinflarda guruhga oid usuldan turli-tuman ta'limiy vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi. Masalan, qiz bolalarga «O‘yinboshiga to‘p berma» o‘yini (basketbol o‘yiniga tayyorlash uchun), o‘g‘il bolalarga «Aylanadan tashqarida» (futbol o‘yiniga tayyorlaydigan) o‘yinni taklif qilishadi.
O‘g‘il bolalarga chidamlilik va kuchni rivojlantirishni tarbiya- laydigan, qizlarga esa koordinatsion qobiliyatni tarbiyalaydigan o‘yin beriladi. O‘yinga ma'lum vaqtni belgilash shartdir. Chunki o‘ynov- chilarning charchashi, o‘yinni yetarli darajada o‘zlashtirilmaganligi va boshqa sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Darsda o‘tkaziladigan o‘yin o‘quvchilarni sog‘lomlashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. huning uchun o‘yinlar imkon qadar maydonchada o‘tkazilgani ma'qul. Agar o‘yin bino ichida o‘tkazi- ladigan bo‘lsa, unda ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan gigiyenik sharoit yaratilishi kerak.
Tibbiy ko‘rikdan keyin asosiy guruhga kiritilgan bolalar sinf uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturda berilgan barcha harakatli o‘yinlarda qatnashishlari mumkin. Maxsus tibbiy guruhga ajratilgan bolalar o‘yinda faol qatnashish istaklarini bildirganliklarini hisobga olmasdan ularning harakatini cheklash zarur. Ularga harakat qilishni talab qilmaydigan yoki o‘yin vaqtini qisqartirish nafsoniyatiga teg- maydigan rollarni berish kerak. huningdek, ularni hakamning yor- damchisi va ochkolarni hisoblaydigan sifatida jalb qilish mumkin.
hu bilan bir vaqtda zaif bolalarning salomatligini mustahkamlash uchun ularni kuchlari yetadigan o‘yinlarga jalb qilish kerak.
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar o‘quv yilining har bir choragiga o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan vazifalarni hisobga olgan holda butun o‘quv yili bo‘yicha rejalashtiradi.
Rejalashtirishda o‘quv yili bo‘yicha tuzilgan dasturda taklif qi- lingan o‘yin ro‘yxatiga amal qilish kerak. O‘qituvchi maktabda ishlash sharoitidan kelib chiqqan holda o‘yin ro‘yxatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritishi mumkin: shug‘ullanuvchilarning milliy tarkibi, geografik sharoiti, tayyorgarligiga, o‘yinda kerakli jihozlarni mavjud- ligiga va boshqalar. O‘yin uchun vaqt dasturda beriladi. Biroq ishning sharoitidan va o‘rgatish vazifalaridan kelib chiqqan holda ayrim o‘zgarishlar kiritish mumkin.
O‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘yinlarni, barcha o‘quv materialini rejalashtirishni hisobga olgan holda choraklar bo‘yicha taqsimlab chiqish kerak. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida maktablarda o‘yinlar 1, 2 va 4-chorakda maktab maydonchasida o‘tkaziladi, shu- ning uchun rejaga koptokni uzoqqa uloqtirish, har xil masofalarga yugurish va o‘yin-estafetalari kiritilishi mumkin.
3—4 sinflardan boshlab 1 va 4-choraklarda o‘quv materialining asosi yengil atletika mashqlaridan tashkil topgan bo‘lib, harakatli o‘yinlar faqat alohida yengil atletika malakalarini mustahkamlaydi va takomillashtirishga yordam beradi. Ana shu maqsadda tez yugurish, to‘siqlardan oshib o‘tish, sakrash va uloqtirish bilan estafetalar o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlar ikkinchi chorakning yarmi va uchinchi chorakda bino ichida yoki sport zalida o‘tkaziladi, shuning uchun ko‘p joyni talab qilmaydigan o‘yinlar rejalashtiriladi. Bu vaqtda o‘quv material- larining asosini gimnastika mashqlari tashkil qiladi, lekin harakat koordinatsiyasini tarbiyalaydigan, fazoni mo‘ljalga oladigan, sezgi ritmi muvozanat saqlash malakalarini rivojlantiradigan va mustah- kamlaydigan o‘yinlarni o‘tkazish foydalidir.
To‘rtinchi chorak va o‘quv yilining oxirida nazorat mashqlari o‘tkaziladi. 1—2 sinf o‘quvchilari uchun nazorat mashqlari o‘quv- chilarning uyushqoqligini, merganligini, harakat reaksiyasi tezligini va boshqa sifat va malakalarni namoyon qiladigan o‘yinlar bo‘lishi mumkin. huningdek, nazorat topshiriqlarini egallashga tayyorlaydigan va mashqlar bilan bajariladigan o‘yinlardan ham foydalanish mumkin. O‘yinlar davom etishi va ular vazifalariga bog‘liq bo‘lgan holda choraklar bo‘yicha taqsimlanadi. Yangi o‘yinlarni asosiy 1, 2—3 cho- raklar oxirida o‘rganib oladilar, 1-chorakning boshida o‘tgan o‘quv yilida o‘rganilgan o‘yinlarni o‘zgartiradilar va mustahkamlaydilar, 4-chorakda esa ushbu o‘quv yilida o‘tilgan o‘yinlar murakkab-
lashtiriladi va mustahkamlanadi.
Choraklar va semestrlar bo‘yicha rejalashtirilganda, xuddi shunday darslar ham o‘yinni o‘tishi va takrorlanishi ketma-ketligini ham na- zarda tutishi kerak. O‘quv yilining boshida har bir sinfda ko‘proq yengil o‘yinlar o‘tkaziladi, oxirida esa u murakkablashtiriladi.
O‘qituvchi o‘quv yilining oxirida o‘quv materialining o‘zlash- tirilish sifatini hisobga oladi va kelgusi o‘quv yilida uni rejalashtirish uchun tegishli xulosalar chiqaradi.

1—4-SINF O’QUVCHILARI UCHUN HARAKATLI O’YINLAR


1—4-sinf darslarida harakatli o‘yinlar katta o‘rin egallaydi. Bolalar o‘sadilar, ularda organizm vazifasini muhim sistemalarini rivojlan- tiradi. Bunday harakatlardan yugurish, emaklab tagidan o‘tish, muvozanat saqlash, emaklash, ritmik yurish va sakrashlarni bolalar o‘yin paytida yaxshi o‘zlashtiradilar. Ular harakatni aniq tushunarli ko‘rinishda yengil qabul qiladi.


Bu yoshdagi bolalarda harakat tajribasi juda kamligi uchun dastlab tuzilishi oddiy va elementar o‘yin qoidalari syujet xarakteriga oid murakkab bo‘lmagan o‘yinlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Oddiy o‘yinlardan ko‘proq murakkabiga o‘tish o‘yin qatnashchilarini har birida tashabbuskorlik namoyon qilish, o‘ynovchilarning xulqi, koordinatsiya harakatlariga bo‘lgan talablari sekin-asta oshib boradi. 1-sinfda o‘quv yilining boshida jamoaga oid o‘yinlarni o‘tkazish tavsiya qilinmaydi. Harakat tajribalarini egallash va jamoa bo‘lib harakat qilish faoliyatida bolalarda qiziqishning ortishi bilan darsga juft-juft bo‘lib musobaqa elementlari bo‘lgan o‘yinlarni kiritish mumkin (yugurish, chambarak orqasidan quvlash, arg‘amchida sakrash, koptokni dumalatish). Keyinchalik bolalarni bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin va har xil oddiy topshiriqlar tipidagi, estafeta musobaqa o‘yinlari o‘tkaziladi.
1—4-sinflarda ko‘p o‘yinlarni o‘tkazish uchun qo‘llanma va as- bob-anjomlar kerak. Bolalarda ko‘rish retseptori bo‘sh rivojlangan va diqqati tarqoqligi uchun rang-barang bo‘yoqli asbob-anjom kerak bo‘ladi. Muhimi shundaki, asbob-anjomlar bolalarning jismoniy im- koniyatlariga mos kelishi kerak. Asbob-anjomlar hajmi bo‘yicha qulay va yengil bo‘lishi shart. Ayniqsa 1 kg og‘irlikdagi to‘ldirma to‘pdan faqat dumalatish va uzatish uchun foydalaniladi, lekin otish uchun ishlatilmaydi, 7—8 yoshli bolalar voleybol to‘pi bilan o‘ynasalar, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
1—4-sinflarda o‘yin o‘tkazish uchun iloji boricha quyidagi asbob- anjomlar bo‘lishi kerak: uncha katta bo‘lmagan 20 ta har xil rangdagi bayroqchalar, 40 ta kichik koptok, 4 ta katta koptok (voleybol), 4—8 chambarak, 40 ta qisqa arg‘amchilar, 2 uzun arg‘amchi, 6—8 ta qum solingan qopchiq, 6—8 ta qog‘ozli qalpoq (silindr shaklida) va 6—8 ta ko‘zboylog‘ichlar kerak bo‘ladi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga o‘yinni qisqa va lo‘nda qilib tushuntirish kerak, chunki ular rahbar tomonidan bayon qilingan barcha harakatlarni tezda xuddi o‘ziday qilib qaytarishga harakat qiladilar. Bolalar tushuntirishni oxirigachan eshitmasdan o‘yindagi u yoki bu rolni bajarishga xohish bildiradilar.
O‘yinni ertak shaklida gapirib berilishini bolalar katta qiziqish bilan qabul qiladilar va o‘yinda rolni ijodiy bajarishga harakat qila- dilar, bular esa tasavvur etishni tarbiyalashga yordam beradi. Bola- lar jismoniy yuklamani olganlaridan keyin ularga dam olish kerak bo‘lganda yoki diqqat-e'tiborsizlikda o‘yinni yaxshi o‘zlashtirish uchun quyidagi usullardan foydalanish tavsiya qilinadi.
1—4-sinf bolalari o‘yinlarda juda faol qatnashadilar. Ularning barchasi o‘zlarining imkoniyatlarini hisobga olmasdan, o‘yinboshi bo‘lishni xohlaydilar. huning uchun bu sinflarda o‘yinboshini shartli songacha sanash yo‘li bilan yoki ularning qobiliyatlarini mos kelti- rishga qarab saylash mumkin. O‘ynovchilar birorta sonni 30 gacha aytadilar va boshliq, sanab uni oldida turgan bolalarni ko‘rsatadi; ko‘rsatilgan son kimga to‘g‘ri kelsa, o‘sha o‘yinboshi bo‘ladi.
Oldingi o‘yinlarda g‘olib chiqqan o‘yinchi o‘yinboshi qilib sayla- nadi, chunki u boshqalarga nisbatan vazifani yaxshi bajarilganligi, chiroyli holatda turganligi va tutilmasdan qolganligi sababli o‘yinchi shu yo‘l bilan rag‘bartlantiriladi va hokazo. O‘yinboshini saylash bolalarda o‘zlari va o‘rtoqlarining kuchlarini to‘g‘ri baholash qo- biliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
O‘yinboshini iloji boricha tez-tez almashtirib turish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki bolalarning faollikka bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ularda topshirilgan vazifaga javobgarlikni his qilishni va elementar notiqlik malakasining rivojlantirishni tarbiyalaydi.
Tormozlash funksiyasini tarbiyalash uchun o‘yinda beriladigan signallar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 1—4-sinf o‘quvchilariga asosan og‘zaki signal berish tavsiya qilinadi, ya'ni bu yoshda yana juda ham takomillashmagan ikkinchi signal sistemalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar o‘yinda ohang bilan aytiladigan so‘zlarni harakat qilish uchun signal sifatida yaxshi ko‘radilar. Xor bo‘lib qofiyaga solib aytiladigan so‘z nutqni rivojlantiradi va shu bilan birga ularni oxirgi so‘zdagi ohangni harakatga tayyorlash imkoniyatini beradi. O‘yinlarda 7—9 yoshli o‘quvchilar o‘yinda bunday signallarni berishda qisqa signal hushtak chalish birmuncha samarali bo‘ladi. Hushtak bilan tez signal berish bolalarda ayrim hollarda tormozla- nishni keltirib chiqaradi va o‘yin davomida mos keladigan harakat- larning reaksiyasi pasayadi. Hushtakchami qisqa buyruq va qo‘lni siltash bilan beriladigan signallar bolalarda reaksiya tezligini rivojla- nishi bilan sekin-asta ta'sir etadi.
Bolalarning ko‘proq harakatchanlik va chaqqonligini ko‘tara olmasligini hisobga olib, bolalarni yo‘l qo‘ygan xatolari uchun o‘yin- dan chiqarish tavsiya qilinmaydi. Agar o‘yinning mazmuniga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan o‘yinchilarni chiqishi talab qilinsa, ular uchun alohida joy ajratish kerak va ularni uzoq muddatga o‘yindan tash- qarida qolib ketishlari man etiladi.
O‘yinda yurish-turish qoidalari buzilganda va o‘yin qoidalariga rioya qilmasalar, unda rahbar chidab bo‘ladigan munosabat bo‘lishi kerak, shuni esda saqlash kerakki, ya'ni qoidalarni buzilishi asosan tajribasizligi, o‘yinda jamoa bo‘lib o‘ynashni bilmasligi, bolalarni umumiy jismoniy tayyorgarligi yetarli darajada bo‘lmasligidan kelib chiqadi.
Jismoniy yuklamani qat'iy ravishda tartibga solish va chegaralash zarurdir. O‘yin uzoq umumiy davom etmasligi shart. Yugurish va sakrash bilan o‘ynaladigan o‘yinlar qisqa-qisqa tanaffus bilan o‘tka- zilishi kerak. O‘yinda to‘siq qo‘yish qo‘lidan kelishi shart. O‘yin natijasini aytishni orqaga surmaslik kerak.
1—4-sinf jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar jamoada o‘quvchilarni faol va ongli xulqini ongli tarbiyalash uchun foydala- niladi: bir-biriga xalaqit bermasdan yugurish, tez harakat qilish belgilangan signal bo‘yicha o‘yinga tezda kirishib ketishi, o‘yinboshini obro‘siga bo‘ysinish, maydonchani chegarasini ko‘rishdir.
Muhimi, bolalarda o‘rnatilgan qonun-qoidani hurmat qilish, uni aniq bilish va sidqidildan rioya qilishni tarbiyalash. Bu vazifalarni o‘yinni ko‘p marta takrorlash bilan hal etish mumkin.
Har bir darsning umumiy vazifasi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar kiritiladi. Darsning asosiy qismida tezlik va epchillikni rivojlantirish uchun hammadan ko‘ra tez-tez chopib boshqa joyga o‘tib olish o‘yinidan («Kim chaqqon», «Ikki sovuq», «Bo‘ri zovurda») so‘ng bolalar aldab o‘tish bilan tez yugurib sakrash, irg‘ishlashdan keyin dam olish mumkin.
Ritmik yurish va qo‘shimcha gimnastik harakatlar bilan o‘ynala- digan o‘yinlar o‘ynovchilardan uyushqoqlik, diqqat va harakatning bir-biriga mosligini talab qiladigan umumiy jismoniy rivojlanishiga yordam beradi. Uning eng yaxshisi darsni tayyorlov va yakuniy qismiga kiritiladi («Kim keldi», «To‘p qo‘shniga», «O‘ylab top, kimning tovushi», «Taqiqlangan harakat»).
1—4-sinflardagi ayrim darslar turli-tuman harakatli o‘yinlardan tashkil topgan bo‘ladi. O‘yinlardan tashkil topgan dars, o‘yin qatnash- chilaridan ba'zi bir o‘yinning malakalarini va hamjihatlik bilan yurish- turishni egallashni talab qiladi. Bunday darslarda bolalarga tanish bo‘lgan 2—3 ta o‘yin kiritiladi va 1—2 tasi yangi o‘yinlar bo‘lishi kerak. Metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan o‘yin darsi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi, lekin uning ta'limiy qimmati ko‘pincha yetarli emas, chunki o‘yinda har xil o‘yin qatnashchi- sining malakalarini to‘g‘ri shakillantirishni kuzatish qiyin bo‘ladi.
O‘yin darslarini har bir chorak oxirida ta'til oldidan o‘tkazish tavsiya qilinadi (asosan 1-sinfda), chunki chorakda o‘quvchilar asosiy harakatlarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini belgilaydi, ularni o‘yindagi uyushqoqligini va intizomini tekshirish, ular o‘tgan o‘yin- larni qanday egallaganligini aniqlash, uni mustaqil o‘tkazishga maslahat beradi. 1—4-sinflar uchun jismoniy tarbiya darslarida o‘tiladigan taxminiy harakat o‘yinlari: «Uzun tayoq bilan estafeta», «Mergan», «Biz quvnoq bolalarmiz», «Kun va tun», «Do‘ngdan-do‘ngga sakrash»,
« akrabodom chumchuqlar», «To‘p qo‘shniga», «Uysiz quyon»,
«Quyonlar polizda», «Petnachi», «Kartoshka ekish», «Kam ochko to‘plash», «Arg‘amchi ustida sakrash», «Zovurdagi bo‘ri», «O‘rtaga to‘p uzat», «Kim quvlab o‘tadi», «Onaboshiga to‘p berish», « inf, tik tur!», «Oq ayiqlar», «Bo‘sh joy», «Ovchilar va o‘rdaklar»,
«Xo‘rozlar jangi» va boshqalar.

Adabiyotlar:



1. Ayrapyans L.P. “Milliy sport turlari va o`yinlarning rivojlantirishning muommolari. Toshkent-1998 yil
2. “1001 o`yin” T.Usmonxo`jayev Toshkent-1995 yil
3. YU. Portnex “Sport va harakatli o`yinlar”. Moskva-1997 yil.
4.Fayzullayeva M. va boshq. “Sog‘ tanda-sog‘lom aql”. T.: 2014
5.Usmonxo‘jayev T. va boshq. “500 harakatli o‘yinlar”. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2014.
6.Abdumalikov R. Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat va sport tarixi. O'quv qo'llanma Toshkent 1993 y.
7.Usmonxo‘jayev T.S., Xo‘jayev F. Harakatli o‘yinlar. Toshkent, 1992.
8.Xo‘jayev F. va boshqalar. Xalq milliy o‘yinlari 1-qism. Toshkent, 2001.
9.Normurodov A.N. O‘zbek milliy o‘yinlari. Toshkent, 1999.
10.Usmonxo‘jayev T.S., Xo‘jayev F. «1001» o‘yin. 1990.
1.1.Быneeвa A. B., Kopomnoв N.M. Moдbижныe иFpы (пocoбия для физ. kyльтype) 1982 F. Mockba.
1.2. Rкoвnaeв T. G. Moдbижныe иFpы. M, 1997.




Yüklə 64,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin