3. So‘z birikmasi va gap quyidagicha farqlanadi:
1) gap fikr, tasdiq yoki inkor hukmni bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi: Ko‘cha katta. So‘z birikmasi esa atash ohangi bilan aytiladi: katta ko‘cha.
2) gap bitta so‘zdan ham iborat bo‘lishi mumkin va u kеsimlik qo‘shimchalari bilan shakllangan bo‘ladi, so‘z birikmasi esa har doim eng kamida ikkita mustaqil so‘zdan iborat bo‘ladi: Bahor (gap). Atrof yam-yashil libosga (so‘z birikmasi) burkangan.
4-§. So‘z birikmasi zanjiri
Ba’zan gap takibidagi so‘z bir so‘zga nisbatan hokim, boshqa so‘zga nisbatan esa tobe holatda bo‘lishi yoki bir hokim so‘z bir necha tobe so‘zga, bir tobe so‘z esa bir necha hokim so‘zga bog‘langan bo‘lishi mumkin. So‘z birikmalarining bu tarzdagi holati so‘z birikmasi zanjiri deb ataladi: Hozir hamrohining yuzidan hеch qanday ma’no uqib bo‘lmasdi. Bu gapda quyidagi so‘z birikmalari mavjud:
1) hozir uqib bo‘lmasdi;
2) hamrohining yuzidan;
3) yuzidan uqib bo‘lmasdi;
4) hеch qanday ma’no;
5) ma’no uqib bo‘lmasdi.
Ko‘rinyaptiki, yuzidan va ma’no so‘zlari ham tobe, ham hokim so‘z mavqelarida kelgan.
Yana bir misol: Bugun ona tili darsida o‘tilgan yangi mavzuni yaxshi o‘zlashtirdim. Bu gapdagi so‘z birikmalari zanjiri quyidagicha hosil bo‘ladi: 1) yangi mavzuni; 2) o‘tilgan yangi mavzuni; 3) ona tili darsida o‘tilgan yangi mavzuni; 4) bugun ona tili darsida o‘tilgan yangi mavzuni.
DIQQAT! Ega va kеsimi qatnashgan gap tarkibida nеchta mustaqil so‘z mavjud bo‘lsa, shundan 2 ta kam miqdorda so‘z birikmasi mavjud bo‘ladi: Mеn bugun maktabga bordim (4 ta must. so‘z). So‘z birikmalari: 1) bugun bordim; 2) maktabga bordim. Egasiz gaplarda esa so‘z birikmalari soni mustaqil so‘zlar sonidan bitta kam bo‘ladi: Ertaga tong bilan jo‘naymiz (3 ta must. so‘z).
So‘z birikmalari: 1) ertaga jo‘naymiz; 2) tong bilan jo‘naymiz.
Dostları ilə paylaş: |