Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish



Yüklə 172,15 Kb.
səhifə1/52
tarix07.09.2023
ölçüsü172,15 Kb.
#141878
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52


O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi
Samarqand Davlat Univеrsitеti
Pеdagogika fakulteti
Nuriddinova Maysara Ikramovna


Tabiatshunoslikni uqitish metodikasining nazariy asoslari
(sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun)
O`slubiv qo`llanma


Samarqand – 2019
KIRISH
Malumki tabiatshunoslikni o’qitish metodikasini yaxshi bilish boshlang’ich maktab o’qituvchisiga bolalarni o’qitishni to’g’ri tashkil qilish imkonini beradi. Metodika o’qituvchini tabiatshunoslikni o’qitish nazariyasi bilan qurollantirib, o’qitish mahoratini egallab olishga imkon beradi.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun eng muhimi tarbiyalovchi ta’lim sistemasini tushunib olish, tabiatshunoslikni o’qitish asoslarini, uning uchun xos bo’lgan shakl, metod va uslublarni, o’quvchilarning bilish faoliyatlariga rahbarlik qilishni o’rganib olishdir. Shuningdek, o’z o’lkasining tabiati va qishloq xo’jaligi xususiyatlarini yaxshi bilgan bo’lishi, o’quvchilar bilan ish olib borishda o’lkashunoslik materiallaridan muntazam ravishda foydalanib borishi zarur.
O’quvchilarga tabiatshunoslikni o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni ta’limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim, o’quv va ko’nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi, irodasi, xarakterini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi ham. Shunga ko’ra tabiatshunoslikni o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi.
Ushbu uslubiy qullanma sirtqi va maxsus sirtqi bo’lim «5141700- boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish» yo’nalishining talabalariga mo’ljallangan bo’lib, ular uchun asosiy material sifatida taqdim etiladi.


1-MAVZU: Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi – pedagogik fan sifatida.
Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi – boshlang’ich sinf o’quvchilariga tabiatshunoslikni o’qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o’z predmetini o’qitish mazmuni hamda xusuyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi.
O’quvchilarga tabiatshunoslikni o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni ta’limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim, o’quv va ko’nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi, irodasi, xarakterini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi ham. Shunga ko’ra tabiatshunoslikni o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi.
O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’gan qismlarni: predmet mazmuni, o’qituchi va o’quvchilar faoliyatini,ya’ni fanning o’zini, uni o’qitishni va ko’nikmalarni egallab olishni o’z ichiga oladi. Shunga ko’ra tabiatshunoslik metodikasining vazifalari qatoriga o’quv fani sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, o’qitishning metod va uslublarini tadqiq qilish, zarur o’quv jihozlarini ishlab chiqish kiradi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi faqat o’qitish jarayonini ta’riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, ularga asoslanib, o’qituvchi shu fan bo’yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o’qitishi mumkin.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi o’qituvchining tayyorlanishidan tortib, to o’quv materialini o’zlashtirish natijalarini, jumladan sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o’qitish jarayonlarini o’z ichiga oladi. O’qitish amaliyotini har tomonlama o’rgatish va natijalarni keyin ijodiy ravishda umumlashtirish asosida o’qitishning muayyan qonuniyatlari belgilanadi va uni yana ham yaxshilash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o’rganilayotgan narsalarni (o’simlik va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to’g’ri tasavvur hosil bo’lishini ta’minlaydi) qonuniyati asosida predmetli o’qitishni qo’llanish bo’yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi.
Tabiatshunoslik metodikasi o’rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar doirasiga quyidagilar kiradi:

  1. o’quv fani sifatida tabiatshunoslikning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati, uning tarbiya sistemasidagi o’rni;

  2. o’quv materialining mazmuni va uni taqsimlanish sistemasi;

  3. o’qitish metodlari va o’quvchilarni tashkil etish shakllari;

  4. o’quv materialini, o’quvchilarning o’zlashtirish jarayoni va o’qitish natijalarini hisobga olish;

  5. jihozlash va o’quv qurollaridan foydalanish;

  6. darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o’qitishning moddiy bazasi.

Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi tabiat hodisalarini o’zaro bog’lanishda va rivojlanishda o’rganishga imkon beradi. Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi barcha tabiatshunoslikka oid bo’lgan materialni o’rganishning o’ziga xosligiga muvofiq holda barcha maktab fanlari uchun umumiy hisoblangan pedagogika qoidalariga asoslanadi.
Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanining maqsadi boshlang’ich sinf o’qituvchilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o’rgatishga tayyorlashdir. Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Talabalarga tabiatshunoslik haqida eng zarur ilmiy-nazariy bilimlar berish.

  2. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanini ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini yoritib berish.

  3. Talabalarga tabiatshunoslik fani bazasida zamonaviy pedagogik texnologiya haqida bilim berish.

  4. Talabalarni o’quv metodik adabiyotlar, dastur va darsliklarni tahlil qilishga o’rgatish.

  5. Talabalarni boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning turli uslublari va yo’llari bilan tanishtirish.

  6. Talabalarda mazkur fandan o’qitishning turli tashkiliy shakllarini, uslublarini, zarur ko’rgazmali qurollarni to’g’ri tanlash malakalarini hosil qilish.

  7. Tabiatshunoslik muammolariga bag’ishlangan maqolalar, adabiyotlarga taqriz, annotasiya yozishga o’rgatish.

  8. Kuzatilgan dars va darslardan tashqari tadbirlarni mustaqil metodik jihatdan to’g’ri tahlil qilishga o’rgatish.

  9. Fanlararo aloqalar va ta’lim-tarbiya integrasiyasi asosida turli dars tiplari uchun ishlanmalar, reja-konspektlar tuzishga tayyorlash.

  10. Maktab tabiatshunoslik darslarining ekologik va tabiatni muhofaza qilish jihatlarini ko’ra bilishga o’rgatish.

  11. Talabalarni sharq mutafakkirlarining inson va uni o’rab turgan tabiat bilan aloqalariga bag’ishlangan asarlari ularning dunyoqarashlari bilan tanishtirish. Shuningdek, tabiatga bag’ishlangan aforizmlari, ruboyilari, she’rlaridan tabiatshunoslik darslarida foydalanishga o’rgatish.

Bundan tashqari tabiatshunoslik o’qitishning umumpedagogik va xususiy metodlari, darsni to’g’ri tashkil etish tarixi va istiqbolli rejalar tuzish, darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etish usullarini o’rganish kabi masalalar ham, ushbu fanning asosiy masalalaridan hisoblanadi.
Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanining ikkinchi tomoni - bu metodikani yaxshi bilishi jarayoni hisoblanadi.
Metodika o’qituvchi tomonidan o’quv materialni o’qitishning (rasional) muvofiq ravishdagi metod va vositalarni o’quvchilarni tabiat haqidagi eng sodda bilimlarni egallashini, hamda kelajakda hayotda qo’llay olishi o’quvchilar uchun reseptlar va nasihatlar majmuasi emas, balki u ilmiy fan, uning qoidalari tabiatshunoslik o’qitish jarayonining qonuniyatlarini bilishga asoslangan.
Metodika o’quv fanining mazmunini, ta’lim va tarbiya metodlari hamda shakllarini ko’rib chiqadi. Metodikaning ushbu bo’limlari bir butun bo’lib, bir-birini taqozo etadi.
O’quv ishlarining jihozlari hamda vositalari (qo’llanmalar) metodika tomonidan belgilanadi.
Shunday qilib metodika nima uchun tabiatni o’rganish kerak, nimani va qanday o’qitish, nima asosida va qanday tarbiya berish kerak, degan savollarga javob beradi.
Tabiatshunoslik fanlarini o’qitilishini yachshi yo’lga qo’yilishi maxsus o’quv moddiy bazaga: o’quv qurollari bilan jihozlangan kabinetga, tirik tabiat burchagi va o’quv-tajriba maydonchasiga ega bo’lishi kerak. Materialni o’ziga xos bo’lishi faqat tabiatshunoslik o’qitish metodikasining o’ziga xosligini emas, balki uning tarbiyaviy imkoniyatlarini ham belgilaydi.
Tabitashunoslik o’qitishning umumiy metodikasi maktabda hamma tabiat haqidagi kurslarni o’qitishga oid masalalarni: o’qitishning g’oyaviy yo’nalganligini, o’qitishning mazmuni bilan metodlarning birligini, o’quv ishlarining shakllari o’rtasidagi izchillikni va barcha tarbiyalovchi ta’lim elementlarining yaxlitligini va rivojlanishini ko’rib chiqadi. O’qitish sistemsi o’quvchilar bilimining puxta va ongiga yetib borishini ta’minlaydi.
Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi barcha predmetlar uchun umumiy tamoillarga ega bo’lgan didaktik jihatdan va tarbiya jihatidan pedagogika bilan chambarchas bog’langan. Maktabda tarbiyalovchi ta’limni amalga oshiriladi va o’rganiladigan materialning mazmuni, uni bayon qilish mantiqi, o’qitish metodlari barcha shakllardagi butun ta’lim jarayonini, o’qituvchi shaxsining o’zi, uning fanga berilganligini ham tarbiyalaydi.
Metodikaning didaktika yo’li bilan pedagogikaga bevosita bog’lanishini o’rnata turib, bular o’rtasidagi tafovutlarni ham hisobga olish kerak. Didaktika – pedagogikaning barcha maktab predmetlari uchun umumiy bo’lgan ta’lim nazariyasini va o’qitish tamoillarini ishlab chiqadigan bir tarmoqdir. Mustaqil ilmiy predmeti sifatida qaror topgan tabiatshunoslik o’qitish metodikasi tabiat fanlarini o’qitishning o’ziga xosligi bilan taqozo qilingan ta’lim va tarbiyaning mazmuni, shakllari va metodlari to’g’risidagi nazariy hamda amaliy problemelarini ishlab chiqadi.
Pedagogik fan sifatida tabiatshunoslik metodikasi didaktika bilan bog’langan. Faqat ta’lim va tarbiyaning pedagogik maqsadi va vazifalariga asoslangandagina maktab tabiatshunoslik kursini to’g’ri tuzish, boshlang’ich va undan keyingi sinflar o’quv predmetlari sistemasida uning o’rni va rolini aniqlash mumkin bo’ladi. O’quv materialini tanlash va uni sinflar bo’yicha taqsimlashga bo’lgan talablar didaktik tamoillar bilan izohlanadi, ular xususiy metodik masalarni hal qilishda, o’qitish metodlarini tanlashda, shuningdek, o’quvchilarning o’quv faoliyatlarini har xil ko’rinish va shakllarda tashkil qilishda ham yetakchidir. Metodik uslublarni faqat har bir o’quvchi psixologiyasini, yoshi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holdagina to’g’ri tanlash mumkin.
Tabiatshunoslik metodikasi pedagogikada qo’llaniladigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi – metodist maktabda tabiatshunoslikni o’qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan faktlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o’rtasidagi qonuniy bog’lanishlarni aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to’g’riligini amalda tekshiradi va buning natijasida tabiatshunoslikni o’qitish tamoillarini belgilaydi. Kuzatish va tajribatabiatshunoslikni o’qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir.
Hozirgi kunda metodikaning fan sifatida qaror topishida integrasiya (birlashish) sintez barcha to’plangan ilmiy materiallarni muammolar bo’yicha to’planadi, (analiz) tahlil qilinadi, umumlashtiriladi, sistemaga solinadi va yagona ilmiy nazariyaga keltiriladi.
Metodika o’qituvchi ijodi uchun ta’lim va tarbiyaning boy xazinasidagi xilma-xil metodlarni, usullarni va vositalarni bilib olishga keng imkoniyatlar ochib beradi.
Tabitashunoslik metodikasi, shuningdek, fiziologiya, anatomiya, gigiyena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya bilan chambarchas bog’liqdir. Shu fanlar bilan bo’ladigan aloqa o’qituvchining o’sha fanlar asoslarini egallagan bo’lishida, ularning eng muhimlarini ajrata olish, materiallarni o’quvchilarning yosh xususiyatiga mos holda tushuntira olish o’quvlarida namoyon bo’ladi. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlarni, munosabatni, xarakterni o’z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining – o’qish, mehnat, o’yin, muloqotlarning dalillari (motivlari) alohida ahamiyatga egadir. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiy hismi bo’lishi kerak. Uni o’qituvchi hisobga olmasa, tabiat to’g’risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirb yuboradi.
Shunday qilib, tabiat bilan to’g’ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida go’zallikni his etishni boyitadi va chuqurlashtiradi, ularda o’z harakati va ishini o’zi baholay olish qobiliyati rivojlanadi, bu xislatlar xulq-atvorning odobiy hamda axloqiy normalarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas’uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida o’rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr-munosabat vujudga keladi.
Shuningdek, tabiatshunoslikni o’qitish jarayoni faqat o’qituvchinigina emas, balki o’quvchilar faoliyatini ham o’z ichiga oladi. O’qitishning natijasi dasturda mo’ljallangan material puxta o’zlashtirilgan bo’lishi kerak.Shuning uchun ham, o’qitish metodlari va o’quvchilarni tashkil etish shakllarini o’rganish, ularning materialini o’zlashtirib olish jarayonini o’rganish bilan birga boradi.

Yüklə 172,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin