163
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
Instruktiv kartochka:
a) bitta o‘simlik bargi, urug‘i, dukkagi va boshoqlarining uzunligi-
ga
qarab ketma-ket terib chiqing; b) barg uzunligini o‘lchang, olingan
ma’lumotlarni daftaringizga yozing. d) o‘zgaruvchanlikni
grafik jihat
-
dan aks ettiruvchi variatsion egri chiziqni chizing.
61 §. mutatsion (genotipik) o‘zgaruvchanlik
organizm genotipining o‘zgarishi bilan boradigan va bir nech-
ta avlodlarda saqlanadigan o‘zgaruvchanlik
irsiy (mutatsion)
o‘zgaruvchanlik
deyiladi. Ba’zan bular aniq ko‘zga tashlanadigan
o‘z garishlar bo‘lib, ularga: kalta oyoqli qo‘ylarning paydo bo‘lishi,
tovuqlarda patning bo‘lmasligi (57- rasmga qarang),
mushuk bar-
moqlarini ayri bo‘lishi, pigmentlarning bo‘lmasligi (albinizm), odam-
larda barmoqlarning kalta bo‘lishi (58- rasm) va ko‘p barmoqlilik
(polidaktiliya) (59- rasm) kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
To‘satdan vujudga keladigan va qat’iy ravishda nasldan-nasl-
ga o‘tadigan o‘zgarishlar natijasida xushbo‘y no‘xatning
kalta
poya li navlari, qat-qat tojibarg hosil qiladigan o‘simliklar va juda
ko‘p boshqa belgilar paydo bo‘lgan. ko‘pincha
ular juda kichik, le-
kin sezilarli o‘zgarishga uchragan o‘zgarishlar hisoblanadi. Gene-
tik materialning irsiy o‘zgarishiga
mutatsiyalar
deyiladi.
Mutatsiyalar gen yoki xromosomaning tuzilmasini o‘zgarishi
tufayli hosil bo‘ladi va tur ichidagi xilma-xillikning birdan-bir man-
bayi bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: